Mavzu : Fe'llardagi nisbat kategoriyasi Reja : Fe'llarning nisbat asoslari Nisbat kategoriyasi turlanishi



Yüklə 25,78 Kb.
səhifə2/3
tarix19.09.2023
ölçüsü25,78 Kb.
#122519
1   2   3
samatova

Majhullik nisbati
Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi sub’ekt (ega) emas, ob’ekt (to`ldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi.
Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.G`.) gapida olib kirildi harakatining bajaruvchi sub’ekti noma’lum, ot-aravalar so`zi ega vazifasida kelsa-da, ob’ekt vazifasini bajargan.
Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi tilshunoslikda passiv konstruktsiya deb yuritiladi.
Majhullik nisbati quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il affiksini qo`shish bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in affiksini qo`shish bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi.
Majhullik nisbatdagi fe’lni hosil qilishda –l (-il) affiksi ko`proq qo`llaniladi. Ba’zan ayni bir fe’l negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o`zlik, ham majhullik nisbati yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l negizining o`zlik yoki majhullik nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: Zulfiya darsga tayyorlandi. Operatsiyaga meditsina uskunalari tayyorlandi.
Birgalik nisbat
Bu nisbatdagi fe’lda ish-harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko`z tegmasligi uchun qilinadigan irim-sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi (O`.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi fe’llari anglatgan harakatning bir necha sub’ekt, ya’ni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi.
Birgalik nisbatdagi fe’l quyidagicha yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –sh, undoshdan so`ng –ish affiksini qo`shish bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi;
b) so`z o`zagiga –lash (-la+-sh qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: yordam-lash(di), bahs-lash(di) kabi.
Orttirma nisbat
Bu nisbat shaklida harakat grammatik sub’ekt (ega)ning boshqa bir sub’ekt yoki ob’ektga ta’siri, tazyiqi bilan bajariladi.
Masalan: Biz Hamid Olimjon bilan bunday oydin, musaffo kechalarni ko`p o`tkazganmiz (G`.G`.) gapida ikkita sub’ekt mavjud bo`lib, asosiy sub’ekt vositali to`ldiruvchi (Hamid Olimjon bilan), ikkinchi darajali sub’ekt esa ega (Biz) vazifasida qo`llangan bo`lib, o`tkazganmiz harakati sub’ektning sub’ektga ta’siri natijasida bajarilgan.
SHuningdek, orttirma nisbatdagi fe’lda faqat bir sub’ekt mavjud bo`ladi. Bunday holda harakat ob’ektga (to`ldiruvchiga) o`tadi. Masalan: U kitob keltirdi kabi.
Orttirma nisbat fe’l negiziga quyidagi affikslarni qo`shish bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga –t affiksini qo`shish bilan: qisqart, boyit kabi;
b) fe’l negiziga –tir (-dir) affikslarini qo`shish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir, buzdir kabi;
v) sh, ch, t, undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –ir affiksini qo`shish bilan: shoshir, ichir, botir kabi;
g) oxiri undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe’l negizlariga –ar affiksini qo`shish bilan: chiqar, qaytar kabi;
d) oxiri undosh bilan tugagan fe’l negizlariga -g`iz, -giz, -qaz, -g`az, -kaz, -qiz, -kiz affikslarini qo`shish bilan: turg`iz, egiz, o`tkaz, qutqaz, yutqiz, etkiz kabi;
e) oxiri m, q undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –iz affiksini qo`shish bilan: tomiz, oqiz, boqiz kabi;
yo) fe’l negiziga –sat (-sa+-t qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: ko`rsat (faqat ko`r fe’l negiziga qo`shiladi) kabi.

Yüklə 25,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə