Mavzu : Motivatsiya nazariyalari. Motivatsion sohani tekshirish metodlari Reja


Motivatsiya nazariyalari. Motivatsion sohani tekshirish metodlari



Yüklə 27,06 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü27,06 Kb.
#146284
1   2   3   4   5   6
Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari Motivatsiya nazariyal-hozir.org

Motivatsiya nazariyalari. Motivatsion sohani tekshirish metodlari.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Evropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 (o`ttiz)dan ortiq ilmiy kontseptsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz, strukturaviy psixologiya, assotsianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar.
Bixeviorizmning asoschisi Dj.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya`ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o`zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog`liq ekanligini ta`kidlab o`tadi. Bixeviorizm uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o`tilgandir.
Shunga qaramasdan, ba`zi bixevioristlar, jumladan E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xoll, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muayyan darajada e`tibor qilganlar. Ular o`zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari»ni o`rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaktsiya tezligiga nisbatan namoyon bo`lish xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to`g`risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar.
Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo`zg`atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo`zg`atuvchilar, drayvalar paydo bo`lishiga
asoslangan bo`lib, ular insonning organik ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg`unlashuvi tariqasida tahlil etiladi.
Ularning ta`kidlashiga ko`ra, ikkilamchi qo`zg`ovchilar organik qo`zg`atuvchilarning go`yoki qobig`iga o`xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871-1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug`ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni bog`lab tushuntirishga harakat qilgan.
Uning fikricha, tug`ma instinktlar ham insonlarga, ham hayvonlarga bir tekis taalluqli bo`lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm surishi mumkin. Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o`ziga xoslikka ega:
    1. Bixeviorizm motivatsiya modelini topish bilan shug`ullanib va xulq printsiplarini vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq motivatsiyasi qonuniyatlariga asoslanib insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan xulosa chiqarishga harakat qiladi.


    2. Bixeviorizm insonni biologik mavjudot sifatida qarab, unga biologik jabhada yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy mohiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi.


    3. Bixeviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo`lgan xulqning umumiy printsiplarini topishga intiladi.


    4. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi o`ziga xosligini yo chetlab o`tadilar yoki o`ta sodda tarzda izohlashga moyildirlar.


    5. Hayvonlarning xulq motivatsiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat bosqichidagi motivatsiyasiga ko`chirish ishonchli dalillarga ega emas.


    6. Inson motivatsiyasini o`rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug`ma ehtiyojlar kabilar odamning motivatsiya doirasi tuzilishi mohiyatini juda yuzaki ocha oladi, xolos.


Psixoanalitik kontseptsiyalar negizida motivatsiya ortganlik ravishda inson mayllariga xosdir, degan g`oya yotadi. Ularning manbai maylni aks ettiruvchi qaysidir organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi.


Z.Freydning kontseptsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o`rtasida hech qanday tafovut yo`qdir. Ongsizlik ta`limotining asoschisi Z.Freyd xulq motivlari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotib, motivatsiyaning manbai instinkt, u tur va individning saqlanish shartidir deb taqdirlaydi.
Mazkur holatni muallif individning energetik potentsiyasi sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbai sifatida «u» tushunchasiga qanday ma`no yuklamoqchi? Uningcha, «u» tushunchasining mazmuni tug`ma va o`zgarmasdir.
Huddi shu bois mantiq qonunlari va aql darajalari, ko`rsatkichlari unga hech qanday ahamiyat kasb etmaydi Z.Freyd affektiv, impulsiv shakldagi mutlaqlashgan qo`zg`ovchilarni nazarda tutgan bo`lsa ajab emas. Ushbu qo`zg`atuvchilar (turtkilar) ning impulsivlik, tahminiylikning affektiv mohiyati, notanqiydiylik, ongli va irodaviy nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik xususiyatlarini mutlaqlashtirish bo`lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy darajadagi qo`zg`atuvchilar yotadi. Z.Freyd ta`kidlab o`tgan dinamik xususiyatlar va xossalari mohiyatida motivatsiyaning chuqur asosiy manbasini ko`radi. Uning kontseptsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning transformatsiyasi ustuvor o`rin egallaydi.

Yüklə 27,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə