mavzu / soat / juftlik Mediasavodxonlik va kompyuter fanlari amaliyotda Mashg`ulot maqsadi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#145157
1   2   3   4   5   6
2-Ma\'ruza media (1)

Komp'yuterlarning turlari: 
1) Mini komp'yuterlar (MiniComputer) 
2) Shaxsiy komp'yuterlar (Personal Computer) 
3) Server komp'yuterlar (Servers) 
4) Superkomp'yuterlar (Super Computer) 
Mini komp'yuterlar (MiniComputer)
– o‘lchami va bajaradigan amallar hajmi 
jihatidan juda kichik hisoblanadi. Ularga portativ va kichik komp'yuterlar kiradi 
(noutbuk, planshet, bloknot va boshqalar).
Netbuk (angl. Netbook)
- Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash 
uchun mo‘ljallangan kichik noutbukdir. Netbuklar ixcham o‘lchamlari, kichik vazni
kam energiya iste'moli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi.
Noutbuk (angl. Notebook – bloknot)
– mobil ixcham shaxsiy komp'yuter bo‘lib, 
uning asosiy qismi va monitori birlashgan holda bo‘ladi. Bunday komp'yuterlarning 
ko‘pchiligi deyarli standart klaviaturaga, komp'yuter grafikasi vositalariga ega. 
Shaxsiy komp'yuterlar (Personal Computer) 
Shaxsiy komp'yuterlar
- uyda va ish joyida turli masalalarni yechishda 
foydalaniladigan IBM rusumidagi komp'yuterlar. Axborotlarga ishlov berish tezligi va 
xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy masalalarni yechishga yetarli hisoblanadi. 
Server kompyuterlar
– fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni 
yechishga hamda tarmoqdagi komp'yuterlarga o‘z resurslarini taqdim etishga 
mo‘ljallangan komp'yuterlar. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi shaxsiy 
komp'yuterlarnikiga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. 


Superkomp'yuterlar (angl. supercomputer)
– juda katta tezlikni talab qiladigan 
va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Bu komp'yuter 
tizimlari 1 sekundda o‘n trillion amal bajaradi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə