mavzu / soat / juftlik Mediasavodxonlik va kompyuter fanlari amaliyotda Mashg`ulot maqsadi


Xotira kompyuterda dasturlar va berilganl amallar natijalarini



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#145157
1   2   3   4   5   6
2-Ma\'ruza media (1)

Xotira kompyuterda dasturlar va berilganl amallar natijalarini 
saqlovchi qurilma. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, 
kesh, video va boshqalar. 
Tezkor xotira 
kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni 
bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni 
bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida 
ta'kidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada 
saqlanayotgan programmalar va berilganlar yo`q bo`lib 
ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki 
disketalarda aqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab 
turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o`chirish, 
umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. 
Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning 
hajmidir. 
Doimiy xotira. 
Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan 
doimiy xotira 
(BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy 
sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham u 
ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda 
bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemasini 


boshlanQich yuklanishini ta'minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy 
funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.

Mikroprotsessor - 
kompyuterning amal 
bajaradigan qismi bo`lib, u ma'lumotlarni 
berilgan programma asosida qayta ishlaydi. 
Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va 
mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli 
kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma 
ishlab chiqqan) mikroprotsessorlar ishlatiladi. 
Bu firma o`z faoliyati mobaynida Intel-8080, 
80286, 80386, 80486, Pentium, Pentium 
Pro(professional) mikroprotsessorlari ishlab chiqargan bo`lib, hozirda faqat 
zamon talablariga javob beradigan Pentium-4 protsessorlarinigina bozorga 
chiqarmoqda. 
Bundan tashqari, IBM kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan 
boshqa firmalar: AMD, Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan 
mikroprotsessorlar ham keng qo`llaniladi. Ammo boshqa firmalar ishlab 
chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan umuman aytganda 
kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng 
qo`llaniladi. Protsessorlarning tezligi megagerslar (Mgs) sekundda 
o`lchanadi. 
Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini mikroprotsessor, 
ya`ni o'ta katta integral sxemalar bajarmoqda, u 10 mm kvadratdan ham 
kichik yuzada joylashgan yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy yoki 
germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topadi. Misol 
sifatida ko'radigan bo'lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o'z ichida 5,5 
milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi. 
Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va 
razryadlar soni bilan belgilanadi Tezlik protsessorni 1 sekundda bajargan 
amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 
protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo'lsa 
Pentium protsessori uchun bu ko'rsatkich 850 MGsga teng. Protsessorning 


razryadlari soni uning bir vaqtning o'zida baravariga ishlash mumkin 
bo'lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 
razryadli prssessorlar keng qo'llanmoqda. Protsessorning tezligini oshirish 
uchun hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik hamprotsessorlar kabi 
vositalardan foydalanish yo'lga qo'yilgan. 
Komppyuter qurilmalari orasidagi axborot almashinuvi sistema 
magistrali - shinalar (elektr simlarining bog'lamlari) ko'magida amalga 
oshiriladi. Shinadagi simlar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel 
holda ulanadi. Kompyuter ishi uchun uch xil shina xizmat ko'rsatadi: 
berilganlar (berilgan malumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish 
shinasi. Bog'lamdagi simlarning miqdori, shinaning razryadlari sonini 
belgilaydi. Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 
16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega 
ekanligini, ya`ni bir vaqtning o'zida 16 bit axborot va 2^32= 4 Gbayt 
hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyatini mavjudligini 
bildiradi. Protsessor va asosiy xotira kompyuterning sistema bloki 
ichidagi asosiy platada joylashadi. Unga diskyurituvchi, printer kabi 
qo'shimcha qurilmalarni ulash uchun kontrollerlardan, ya`ni maxsus 
platalardan foydalaniladi. Ular ona platadagi maxsus qirqimlarga joylanadi, 
portlar deb yuritiluvchi ikkinchi uchlariga qo'shimcha qurilmalar bevosita 
ulanadilar. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə