Mavzu-3: Umumiy yer bilimining maqsad va vazifalari. Tadqiqot usullari. Reja



Yüklə 17,63 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü17,63 Kb.
#160063
1   2   3   4   5
Mavzu-3 Umumiy yer bilimining maqsad va vazifalari. Tadqiqot us-fayllar.org

Ekspeditsiya yoki dala usuli tabiiy geografiyaning asosiy usullaridan biridir.
Geografik nazariyalar asosan dalada to’plangan ma’lumotlar asosida rivojlanadi.
SHuning uchun mazkur usul antik davrdan to hozirgi davrgacha geografik ma’lumotlar
olishning va tabiatni hamda xo’jalikni o’rganishning asosiy usuli bo’lib hisoblanib
kelmoqda. Ekspeditsiyalar kompleks va maxsus qismlarga bo’linadi. Kompleks geografik
ekspeditsiyalarda ma’lum bir hududning tabiiy yoki iqtisodiy geografik sharoiti har
tomonlama to’la o’rganiladi. Masalan, Buyuk shimol ekspeditsiyasi (1733-1743),
akademik ekspeditsiyalar (1768-1774) va boshqalar. Birinchi kompleks ekspeditsiya
natijasida Kamchatka yarim oroli tabiati o’rganildi, Shimoliy Amerikaning shimoli-
g’arbiy qismlari ochildi, SHimoliy Muz okeani qirg’oqlari o’rganildi. Ikkinchi, ya’ni
kompleks akademik ekspeditsiyalarda Rossiyaning turli qismlarini tabiati o’rganildi. 30-
yillardagi Tojik-Pomir kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm ekspeditsiyalari ana shunday
ekspeditsiyalardan bo’lgan.
Mazkur ekspeditsiyalar tabiatni yoki xo’jalikni ayrim tarkiblarini hamda
tarmoqlarini o’rganish uchun uyushtiriladi. Masalan, geologik qidiruv ekspeditsiyalarida
hududning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari, tuproqshunoslik ekspeditsiyalarida
tuproqlar, landshaftshunoslik ekspeditsiyalarida landshaftlar o’rganiladi. Bundan tashqari
muntazam ishlaydigan ekspeditsiyalar ham uyushtiriladi. Masalan, Tyan-Shan statsionari
1945 yilda ochilgan.
Kartografik usul har bir geografik tadqiqot ishlarida qo’llaniladi. Kartografik
usul yordamida tabiiy va iqtisodiy sharoitning umumiy va xususiy tomonlari tavsiflanadi.



Masalan, kompleks xaritalar, tabiiy xaritalar, geologiya, tuproq, o’simlik, landshaft,


qishloq xo’jaligi, sanoat va boshqa xaritalar.
Aerokosmik usullari ham tabiiy geografiyada keng qo’llaniladi, ular turli ilmiy
ishlarda hamda xaritalar tuzishda foydalaniladi.

Yüklə 17,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə