Mavzu-3: Umumiy yer bilimining maqsad va vazifalari. Tadqiqot usullari. Reja



Yüklə 17,63 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü17,63 Kb.
#160063
1   2   3   4   5
Mavzu-3 Umumiy yer bilimining maqsad va vazifalari. Tadqiqot us-fayllar.org

yer bilimining maqsadi tabiiy muhitni yaxshilash va unda sodir bo’ladigan jarayonlarni
va hodisalarni boshqarish tizimini ishlab chiqish hamda Yer tizimini barqaror
rivojlanishini ta’minlash maqsadida geografik qobiqning tuzilishi, shakllanishi va
rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Shuningdek u tabiat va jamiyatda
sodir bo’ladigan narsa va hodisalar to’g’risida, ular orasidagi o’zaro munosabatlar haqida
umumiy xulosalar qiladi, geografik qobiqni bir butun holatda o’rganadi, tabiiy fanlar
yutuqlarini tahlil qilib, yakuniy xulosalar chiqaradi.

Umumiy yer bilimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
- tabiatdan va tabiiy resurslardan foydalanishni sayyoraviy, mintaqaviy va
mahalliy darajalarda oqilona boshqarishni ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
- geografik qobiq hozirgi paytda inson tomonidan muntazam ravishda
o’zgarmoqda. Shuning uchun geografik qobiq jamiyat bilan uzviy ravishda bog’langan.
Natijada geografik qobiq tarkibida tabiiy-texnogen tizimlar shakllangan. Geografik


qobiqni holati o’zgara boshlaydi, bunday yangi holatda geografik qobiq yangi miqdoriy


jihatlarga ega bo’ladi. Tabiiy-texnogen tizimlarni shakllanishini tarkibini va tuzilishini
o’rganish Umumiy Yer bilimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi;
- geografik qobiqni boshqarish juda murakkab muammolardan hisoblanadi.
Shuning uchun geografik qobiqning boshqarishni modelini ishlab chiqish mazkur fanning
asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi;
- geografik qobiqning tuzilishi murakkabdir. Shu sababli umumiy yer bilimining
muxim vazifalaridan biri geografik qobiqning bo’ylama va ko’ndalang tuzilishini asosiy
hususiyatlari va qonuniyatlarini o’rganishdir;
- geografik qobiq doimo rivojlanishda va xarakatdadir. Mazkur xarakatlarni
o’rganish geografik qobiqning asosiy hususiyatlarini ochib berishga imkon beradi.
Umumiy yer bilimining navbatdagi vazifasi geografik qobiqdagi xarakatlar sababini va
oqibatini o’rganishdan iboratdir;
- geografik qobiq murakkab rivojlanish tarixiga ega. Uning rivojlanishining va
murakkablashishining ma’lum bir bosqichida Yerda hayot va odam paydo bo’lgan.
Shuning uchun umumiy yer bilimi geografik qobiqning rivojlanish tarixini alohida
o’rganadi.
- Tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini, ular o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarni o’rganishda quyidagi reja asosida ish olib boradi: dastlab kuzatadi,
so’ngra kuzatish ma’lumotlarini umumlashtirish (tahlil qilish), baholash, takliflar kiritish,
narsa va hodisalarning rivojlanishini bashorat qilish va nihoyat, rivojlanishini maqsadli
yo’nalishlarga qaratish muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Ayrim olimlar endilikda «geograflar uchun ish qolmadi» deb hisoblashmoqda.
Materik va okeanlar kashf qilib bo’lindi, quruqlik yuzasida odam qadami yetmagan joy
qolmadi, hatto okean tublari ham suv osti keamlari, maxsus apparatlar yordamida
tekshirib bo’lindi. Ayni paytda kosmik tasvirlar tahlili asosida nafaqat quruqlik (materik
va orollar), balki okean tublari, Yer osti qazilma boyliklari haqida mukammal ilmiy va
amaliy ahamiyatga molik ma’lumotlar to’plangan. Aniq geografik xaritalar tuzib
bo’lindi. Endilikda hoxlagan ob’ekt (tog’, daryo, g’or, shahar, davlat va b.) haqida
qomusnomalardan yoki maxsus adabiyotlar va Internet orqali xonada ( kutubxona, uyda)
o’tirib bilib olish mumkin. Guyo Yer haqidagi fanlar orasida geografiyaga o’rin
qolmagandek.

Yüklə 17,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə