Mavzu: Abu Ali ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari


Abu Ali ibn Sinoning musiqa sohasiga qo’shgan hissalari



Yüklə 111,5 Kb.
səhifə4/4
tarix23.12.2023
ölçüsü111,5 Kb.
#156966
1   2   3   4
Abu Ali ibn Sinoning musiqa pedagogikasiga qo’shgan hissasi

Abu Ali ibn Sinoning musiqa sohasiga qo’shgan hissalari.
XI-XV asr musiqa madaniyati qadimiy madaniyat o'choqlaridan biri - O'rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo'shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda bo’y va qadimiy merosga ega. O'rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili bo'ladi va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bo'lganligini tasdiqlaydi. Lekin arab istilosi davrida (VII-IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir yozma manbalar qam kuydirilib, yo'qotib yuborilgan. Shuning uchun O'rta Osiyo xalqlarining so'nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina bizgacha yetib kelgan. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda xalq ozodlik kurashining avj olishi, yerlik xalqlarning istilochilarga qattiq qarshilik ko'rsatishi va qo'zg'olonlari natijasida arab xalifaligi hukmronligi ag'darilib, mahalliy Tohiriylar va so'ngra Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda fan, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun bir qadar sharoit yaratildi. O'rta Osiyodan chikqan qator olimlar xuddi shu davrlarda o'rta asr fani tarixida o'zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo’'ldilar. Fanning boshqa sohalarida ham o'lmas ilmiy asarlar yaratgan al-Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi ko'pgina buyuk olimlar musiqa nazariyasi («Ilmi musiqiy») bo’'yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Shark musiqa fani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlar Sharq xalqlarida qo'llanilgan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etuvchi rol o'ynadilar.
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning serqirra ilmiy merosida musiqa muxim va salmoqli o'rin tutadi. Ibn Sino o'zidan oldin o'tgan yunon faylasuflari Aristotel, Ptolomey, Evklid, shuningdek, Sharq olimlari Xorazmiy, Kindiy va Forobiy asarlarini ijobiy o'zlashtirib, musiqa ilmida mustakil ta’limot yaratdi. qo'yilgan masalalarning kengligi, yoritilishining chuqurligi nuktai nazaridan o'z zamonida beqiyos bo'lgan Ibn Sino ta’limotining axamiyati davr doirasi bilan cheklanmasdan, balki u Shark. va G'arb musiqasining keyingi rivojlanishida ham muxim axamiyat kasb etadi.
Abu Ali ibn Sino musiqa ilmini yoshligidanoq puxta egallagan. Ibi Sino tarjimai xolida yozilishicha, yoshligida riyoziyot (matematika) ilmlarini puxta o'rgangan. Ma’lumki, musiqa ilmi matematikaning tarkibiy qismi bo'lgan. Ibn Sino buyuk matematik va musiqashunoslar Ptolemey va Evklid asarlari bilan tanish bo'lgan.
Ibn Sino, shuningdek, musiqa nazariyasiga oid asarlar ham yozgan boʻlib, ular ijodkorning ensiklopedik ishlarining bir qismidir:
“Davo kitobi”da “Ilmda musiqiy toʻplam”;
“Najot kitobi”da “Musiqa haqida kichik bayon”;
“Bilimlar kitobi” dagi musiqa boʻlimi.
Nazariy nuqtai nazardan Ibn Sino oʻrta asr anʼanalariga koʻra musiqani matematik bilimlar toifasiga kiritgan. U musiqaga tovushlarni oʻrganuvchi, ularning mutanosib joʻrligi natijasida kuy hosil boʻluvchi fan deb qaragan. Pifagor taʼlimotidan kelib chiqqan holda, u musiqa sonlarga tegishli va ular bilan uzviy bogʻliqdir, deb bilgan.
Ibn Sino tarixda birinchi boʻlib musiqaga faqat matematik fan emas, balki jamiyatshunoslik, psixologiya, poetika, etika va fiziologiya nuqtai nazaridan ham qarab, musiqa tarixiga puxta ilmiy tayanchni asoslaydi.
Bilasizmi, Buyuk olim Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan kamonli asbob boʻlmish gʻijjakni ham ixtiro qilgan.
Ibn Sino musiqa bobida Forobiyni ilmiy yoʻnalishini davom ettirgan yirik nazariyotchidir. Musiqa haqidagi „Javomeʼ ilm ul-musiqiy“ („Musiqa ilmiga oid toʻplam“) asari „Kitob ash-shifo“ ning bir qismi boʻlib, har biri bir necha bobli 6 boʻlimdan iborat. „annajot“, „Donishnoma“larda musiqa haqida kichik boʻlimlar mavjud, „Tib qonunlari“, „Risolai ishq“ va boshqa da mu-siqaning ayrim masalalari haqida fikr yuritgan. Oʻz davri musiqasining barcha muammolarini bayon etgan: nagma. boʻd (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa asboblari va hokazo. Yevropada keyinchalik „sof tizma (tovushqator)“ atalgan musiqaviy tuzilmani birinchi boʻlib asoslagan. Ibn Sino musiqiy goʻzallik haqida mukammal taʼlimotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari singari aruz badiiy tizim bilan bogʻliq holda qaraydi. Tabib sifatida u musiqani muhim tibbiy vositalar jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi natijasida musiqa paydo boʻlganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi. Oʻzining barkamol shaxsni tarbiyalash gʻoyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan.
Buyuk Mutafakkir Abu Aliibn Sinoning serqirra ilmiy merosida musiqa muhim va salmoqli o’rin tutadi.Ibn Sino o’zidan oldin o’tgan yunon faylasuflari Aristotel,Ptolemey,Evklid,shuningdek Sharq olimlari Xorazmiy,Kindiy va Forobiy asarlarini ijobiy o’zlashtirib,musiqa ilmida mustaqil ta’limot yaratdi.Qo’yilgan masalalarning kengligi,yoritilishining chuqurligi nuqtai nazaridan o’z zamonida beqiyos bo’lgan Ibn Sino ta’limotining ahamiyati davr doirasi bilan cheklanmasdan balki u Sharq va G’arb musiqasining keying rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Abu Ali ibn Sino musiqa ilmini yoshligidanoq puxta egallagan.Ibn Sino tarjimai holida yozilishicha,yoshligida riyoziyot ilmlarini puxta o’rgangan.Ma’lumki musiqa ilmmi matematikaning tarkibiy qismi bo’lgan.Ibn Sino buyuk matematik va musiqashunoslar Ptolemey va Evklid asarlari bilan tanish bo’lgan.
Ibn Sino asarlari musiqa sohasida bebaho ahamiyat kasb etadi.Musiqa ilmiga oid masalalar Ibn Sinoning ko’plab asarlarida o’z ifodasini topadi.Afsuski,ularning hammasi ham bizgacha yetib kelmagan.Masalan,Ibn Usayba tilga olgan “Madhal san’ati al musiqa”(“Musiqa san’atiga kirish”),Ibn Sinoning o’zi “Shifo”kitobida qayd qilgan “Kitob al lavohiq”(“Qo’shimchalarkitobi”)kabi musiqaga oid asarlar hanuzgacha fanga ma’lum emas.Ibn Sinoning musiqiy merosi asosiy yirik musiqa asarlari orqali bizgacha yetib kelgan”Shifo”kitobining “Javomi ilmal-musiqa”(Musiqa ilmi yig’indisi)deb nomlanuvchi bo’lagi,”Najot”kitobining “Muxtasar ilm-al musiqa (Musiqa ilmi haqida qisqacha ma’lumot)”Donishnoma”ning musiqaga oid qismlari.Bundan tashqari,Ibn Sinoning boshqa fanlarga bag’ishlangan “Tib qonunlar” va “Ishq risolasi”kitoblarida ham musiqaga tegishli ma’lumotlar berilgan.Ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari “Javomi ilm-al musiqa”da to’laroq aks ettirilgan.”Muxtasar ilm-al musiqa”va “Donishnoma”ning musiqa qismari esa o’sha asar asosida tuzilgandir.Ibn Sino o’z musiqa nazariyasini(asosn ilmu ta’rifini)ko’proq tovushning fizik xususiyatlariga qarata tuzishga intiladi.Musiqa inson faoliyatining mahsuloti,aloqa vositasi deb tushunishga asoslangan Ibn Sino estetikasi,O’rta asrlar musiqa tafakkurining eng ilg’or ko’rinishlaridan biridir.Ibn Sino o’zining “Javomi ilm-al musiqa” asarini idealistic qarashlarni to’g’ridan-to’g’ri rad ilishdan boshlaydi:”Biz musiqa pardalarining munosabatini falaksiymolar va ruhning axloqiy xususiyatlariga qiyos qilishga e’tibor bermaymiz,chunki,chunki bu bir ilmni ikkinchisidan ajratib ololmaydiganlrning odatidir”.U musiqani progressive yo’nalishlarini qo’llab-quvvatlash,idealistic qarashlardan muhofaza qilishda O’rta asrlar sharoitida juda katta ilmiy matonat edi.Ibn Sinoning ilmu-ta’lif nazariyasida ham uning barcha kategoriyalari,tovushdan to murakkab tuzilmlargacha ko’rib chiqiladi.
Bu Borada Ibn Sino Aristotel an’analarining davomchisi bo’lib,musiqa va she’riyat masalalarini davom qildirgan donishmanddir.She’riyat va musiqa orasida eng katta ko’prik vazn ekanligini qayd qilgan Ibn Sino,vazn masalalariga,musiqa va she’riyat tabiiy uyg’unlashuvi muammolariga alohida e’tibor bergan.She’riyat va musiqaning vazni ular mazmunii hambarchas bog’lanishi,musiqa asari mukammalligining eng muhim shartlaridan biri deb bilgan.Ibn Sino musiqa cholg’ularini ham keng o’rgangan.E’tiborli tomoni shundaki,odam ovozini olim eng mukammal asbob deb bilgan va boshqa cholg’u asboblarini esa shunga qiyos qilib o’rgangan.Ibn Sinoning eng sevimli asbobi g’ijjak bo’lgan ekan.U g’ijjakni odam ovoziga eng yaqin turadigan tabiiy va qoyilmaqom cholg’u asbobi deb bilgan.Bundan tashqari ud,tanbur,rubob,nay,sunray va qonun asboblari to’g’risida ma’lumotlar berib,ularning ijrochilik xususiyatlari,o’zaro qo’shilishiga tegishli ko’p masalalarda to’xtab o’tgan.
Xulosa
Mazkur kurs ishiga ko’plab ma’lumotlar kiritildi. Mozega nazar tashlasak, mustaqillik yillarida yurtimizda san’atni rivojlanganligi haqida so’z aytdik. Prezidentimiz san’atga qanchalik g’amxo’rlik ko’rsatib kelayotganini ta’kidladik. Endi eng muxim narsa yodimizdan chiqmasligi kerak. Bu san’atkor odobi. San’atkor ma’naviyati, san’atkorning qanchalik odamoxunligi, har bir so’z va harakatda atrofdagilarni beradigan namunasi haqida so’z aytish vaqti keldi. Biz manbaa qidirishga harakat qilmadik. Buning o’rniga O’zbekiston «Adabiyot va san’at» gazetasining 2005 yil 3 iyun sonida bosilib chiqqan gazeta taxririmizning «torning cho’michdan farqi» nomli maqolasini to’laligicha kiritishga qaror qildik. Bu maqola san’atkorning ma’naviy qiyofasi, ichki dunyosi haqida. Biz magistraturada o’qib yurganimizda muxokama qilganimiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. “Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999)

  2. -Donishname, Kniga znaniya, Dushanbe 1957;

  3. -K. Rozenshild. Istoriya zarubejniy muziki Moskva “Muzika” 1973.

  4. -moscsp.ru.

  5. -qomus.info.

  6. -O’zbek musiqa tarixi.

  7. -Petrov. B. D. ”Ibn Sina-velikiy sredniaziatskiyuchenniy ensiklopedist”, Abu Ali ibn Sina. Kanon vrachebnoy nauki. Tashkent, 1981




Yüklə 111,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə