Mavzu: ahamoniylar va aleksandr makedonskiy davrida o’rta osiyo reja


Qadimgi Eronning xo`jaligi va madaniyati



Yüklə 38,69 Kb.
səhifə8/12
tarix19.12.2023
ölçüsü38,69 Kb.
#153197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
AHAMONIYLAR VA ALEKSANDR MAKEDONSKIY DAVRIDA O’RTA OSIYO

Qadimgi Eronning xo`jaligi va madaniyati
1. Dehqonchilik va chorvachilik. Miloddan avvalgi VIII–VI mingyilliklar orasida Eronning ibtidoiy qabilalari termachilikdan dehqonchilikka, ovchilikdan esa chorvachilikka o`ta boshlaganlar. Miloddan avvalgi IV mingyillikdan boshlab esa Kamn, Kerxa va boshqa daryo vodiylarida yashovchi aholi sug`orma dehqonchilik bilan shug`ullana boshlaganlar. Dehqonlar omoch bilan yer haydab, motiga – ketmonchalar bilan ekinlarga ishlov berganlar. Dehqon va bog`bonlar arpa, bug`doy, tariq, sabzavot, olma, nok, olxo`ri, uzum kabi mevalar ekib, ulardan mo`1 hosil olganlar.
Miloddan avvalgi III–II mingyilliklarda Eron, xususan Elam va Midiyada dehqonchilik va chorvachilik yanada rivoj topgan. Dehqonlar tog` va soy daralariga to`g`on, suv omborlari, korizlar qurib, kanallar qazib, ularning suvidan tejab-tergab foydalanganlar.
Qadimgi Eronda chorvachilik ham yaxshi rivoj topgan edi. Chorvadorlar ot va tuya sutidan shifobaxsh ichimlik qimiz va qimron tayyorlaganlar. Eron qo`shinlarining asosiy qismini ot va tuya mingan suvoriylar tashkil etgan. Eron qo`shinlari tarkibida ot qo`shilgan jang aravalari alohida ahamiyatga ega bo`lgan.
Shuni ta`kidlamoq kerakki eron qo`shinlari qismlarida o`rgatilgan jangovar fil minib urushga kiradigan jangchilar ham bo`lgan. Shunday qilib, dehqonchilik va chorvachilik Qadimgi Eron xalqlari xo`jalik hayotida alohida ahamiyatga ega edi.
2. Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Qadimgi Eronda deh-qonchilik va chorvachilik bilan bir qatorda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan edi. Chunki dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan chambarchas bog`liq bo`lgan.
Eron hunarmandchiligining eng qadimgi tarmoqlaridan biri kulolchilikdir. Qadimgi kulollar loyni pishitib undan har xil sopol buyumlar – ko`za, xum, xumcha, qozon, tovoq, xurmacha, piyola va tog`ora yasaganlar. Ulami ustini jimjimador naqshlar bilan bezaganlar. Ichi va sirtini har turli bo`yoqlarga bo`yaganlar. Idish-larning sirtiga odam, hayvon, parranda va barglaming tasvirlarini ishlaganlar. To`qimachilik ham Qadimgi Eron hunarmand-chiligining muhim tarmoqlaridan biri bo`lgan. To`quvchilar zig`ir poyasi, jun va ipakqurti pillasidan ip yigirib maxsus dastgohlarda har xil matolar to`qiganlar. Bu matolardan esa yengil-bosh, uy jihozlari va ro`zg`or buyumlari tikkanlar.
Eron togiaridan mis, qalay, qo`rg`oshin, temir va oltin qazib olish ham uzoq o`tmishga borib taqaladi. Temirchi ustalar temirdan omoch tishi, o`roq, pichoq, xanjar, ketmon, qalqon, nayza, nayza uchlari, kamon o`qi paykonlari, qalqon kabi urush qurollari yasashgan.
Qadimgi Eronda dehqonchilik, chorvachilik va hunarmand-chilikning rivojlana borishi natijasida ortiqcha mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu ortiqcha mahsulotlar mamlakatning ichki bozorida sotilgan yoki buyumlarga almashtirilgan.

Yüklə 38,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə