Mavzu: ahamoniylar va aleksandr makedonskiy davrida o’rta osiyo reja



Yüklə 38,69 Kb.
səhifə5/12
tarix19.12.2023
ölçüsü38,69 Kb.
#153197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
AHAMONIYLAR VA ALEKSANDR MAKEDONSKIY DAVRIDA O’RTA OSIYO

2. Doro I davrida Eron. Kambiz II o`ldirilgach, Gaumata Eron taxtiga o`tirib, yetti oy podsholik qiladi. Lekin ko`p o`tmay miloddan avvalgi 522-yil 29-sentabrda fitnachilar tomonidan o`ldiriladi. Gaumata o`ldirilgach, Eron taxtiga ahamoniylar urug`idan bo`lgan Doro I o`tiradi (miloddan avvalgi 522–486-yillar).
Doro I podsholigining dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, Turon va boshqa mamlakatlarda boshlangan qo`zg`olonlarni shaf-qatsizlik bilan bostiradi. Doro I itoat ettirilgan mamlakatlarda biroz osoyishtalik o`rnatgach, bir qator islohotlar o`tkazishga kirishadi. U mamlakatni 20 ta satraplikka – viloyatga bo`lib, ularning har biriga alohida noib tayinlaydi. Viloyatlardagi qo`shinga harbiy sarkardalar boshchilik qilib, davlat amaldorlari ular ustidan kuchli nazorat o`rnatganlar. Butun mamlakat satrapliklarida «podshoning ko`zi va qulog`i» deb nom olgan nazoratchilar faoliyat ko`rsatganlar. Har bir shubhali kishi qattiq nazorat qilinib, jinoyatiga yarasha jazolangan, hatto o`ldirilgan ham.
Mamlakat viloyatlari o`rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun tosh yotqizilgan «shoh yo`llari» qurilgan. Bu yo`llar Pasargadadan mamlakatning turli burchaklariga tarmoqlanib ketgan edi, yo`llarda, bekatlar, karvonsaroylar, korizlar qurilib, ularni otliq soqchilar qo`riqlab turgan. Erondan tashqaridagi tobe mamlakatlardan xiroj solig`i undirilgan. Doro T Misr, Milet, Bobil, Elam, Turon va boshqa joylarda ko`tarilgan isyonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan va isyonchilarni jazolagan.
Doro I podsholigining so`nggi yillarida eroniylar Frakiya va Makedoniyani bosib olganlar, Yunonistondagi Afina va Sparta eroniylarga qattiq qarshilik ko`rsatgan. Sharqda eroniylar Hind daryosining o`rta va quyi oqimidagi yerlarni bosib olganlar.
Doro I ntng Turon va Qora dengiz shimolidagi skiflar yurtiga, Yunonistonga uyushtirgan istilochilik yurishlari eroniylarning mag`lubiyati bilan tugagan.
Miloddan avvalgi 486-yili Misrda eroniylarga qarshi qo`zg`olon boshlanadi. Doro I qo`zg`olonni bostirishga ulgurmay miloddan avvalgi 486-yili 64 yoshida vafot etadi.

Yüklə 38,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə