Mavzu: ahamoniylar va aleksandr makedonskiy davrida o’rta osiyo reja


Miloddan avvalgi VIII asr oxirida



Yüklə 38,69 Kb.
səhifə3/12
tarix19.12.2023
ölçüsü38,69 Kb.
#153197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
AHAMONIYLAR VA ALEKSANDR MAKEDONSKIY DAVRIDA O’RTA OSIYO

Miloddan avvalgi VIII asr oxirida Midiyaga kimmeriylar, VII asr boshlarida esa skif qabilalari bostirib kirganlar. Ular Urmiya ko`li atrofidagi Sakasana viloyatiga kelib o`rnashadilar. Skiflar shu yerdan turib Ossuriya va Urartu ustiga bosqinlar uyushtirib turganlar. Skiflar va kimmeriylar mohir chavandoz, usta merganlar bo`lib, otlari katta tezlikda ketayotgan vaqtda ham dushmanlari ustiga o`q yog`dirib borar edilar.
Miloddan avvalgi 672-yili midiyaliklar Kashtariti rahbarligida ossurlarga qarshi kurash boshlab, ularni Midiyadan haydab chiqaradilar. Kashtariti Midiyadagi mayda davlatchalarni birlashtirib yagona davlat tuzishga bel bog`laydi.
Miloddan avvalgi VII asr o`rtalariga kelib Midiya Qadimgi Sharqdagi qudratli davlatga aylanadi. Miloddan avvalgi 753-yili Midiya shohi Kashtariti ossurlar ustiga qo`shin tortadi. Ossurlar skiflarni midiyaliklarga qarshi kurashga ko`ndiradilar. Midiya qo`shinlari ossur va skiflarning ikki tomondan bergan zarbalariga bardosh bera olmay yengiladi. Bu jangda Kashtariti halok bo`lib, Midiya miloddan avvalgi 653–625-yillar orasida skiflar ta`sirida qoladi.
4. Kiaksar va Astiag davrida Midiya. Miloddan avvalgi 625-yili Kashtaritining o`g`li Kiaksar Midiya podshosi bo`lgach, skiflarni mamlakatdan quvib chiqaradi. Kiaksar Midiyadagi mayda davlatlarni birlashtirib, uni kuchli saltanatga aylantiradi.
Miloddan avvalgi 614-yili Kiaksar qo`shinlari Ossuriyaga bostirib kirib uning poytaxti Ashshurni vayron qiladilar va talaydilar. Midiyaliklar Ossuriyadan behisob boylik va asirlar olib qaytadilar. Kiaksar Bobil podshosi Nabopalasar bilan harbiy ittifoq tuzib ossurlarga qarshi jang boshlaydi. Miloddan avvalgi 612, 609-yillarda Bobil va Midiya qo`shinlari ossur qo`shinlarini yengib Ossuriyaning Nineviya va Ashshur shaharlarini yana vayron qiladilar. Bu mag`lu-biyatdan so`ng ossur qo`shinlari g`arbga chekinadilar.
Miloddan avvalgi 605-yilda Misr-Ossur qo`shinlari bilan Midiya-Bobil qo`shinlari o`rtasida Karxemish yonida jang boladi. Jangda ossur-misr qo`shinlari tor-mor etilib, shu bilan Ossuriya davlati ham barham topadi.
Bu janglardan so`ng shimoliy Mesopotamiyada Ossuriya yerlari Midiya ixtiyoriga o`tadi. Kiaksar Bobil bilan do`stlikni mustahkamlash uchun qizini Bobil podshosi Nabopalasarning o`g`li Navuxodonosor II ga nikohlab beradi. Ikki davlat o`rtasida yaqin do`stlik hukm suradi.
Kiaksar janubda Persuani, sharqda Parfiyani, g`arbda esa Kichik Osiyoning Galis daryosigacha bo`lgan yerlarni Midiyaga qo`shib oladi. Miloddan avvalgi 590–585-yillar orasida Lidiya – Midiya urushi sodir bo`ladi. Rivoyatga ko`ra miloddan avvalgi 585-yil 28 may kuni quyosh tutiladi. Bu hodisadan ikki tomon lashkarlari vahimaga tushib qurollarini tashlab jang maydonidan qochadilar. Shundan keyin urush to`xtab, tinchlikka asoslangan sulh shartnomasi tuziladi. o`rtadagi gina-kuduratga chek qo`yish maqsadida Midiya shahzodasi Astiag Lidiya shohi Alittaning qiziga uylanadi.

Yüklə 38,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə