Mavzu: ahamoniylar va aleksandr makedonskiy davrida o’rta osiyo reja


Miloddan avvalgi 585-yili Kiaksar



Yüklə 38,69 Kb.
səhifə4/12
tarix19.12.2023
ölçüsü38,69 Kb.
#153197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
AHAMONIYLAR VA ALEKSANDR MAKEDONSKIY DAVRIDA O’RTA OSIYO

Miloddan avvalgi 585-yili Kiaksar vafot etib, Midiya taxtini uning o`g`li Astiag egallaydi. Astiag davrida Bobil bilan Midiya o`rtasidagi munosabat buzilib, qonli janglar boshlanadi. Bu urushlar har ikki tomonni zaiflashtiradi. Forslar Kayxusrav boshchiligida qo`zg`olon ko`tarib, miloddan avvalgi 550-yili Astiag qo`shinlarini tor-mor etadilar. Midiya davlati Eronga qo`shib olinadi va barham topadi.
Ahamoniylar davlati
1. Ahamoniylar davlatining tashkil topishi. Qadim zamondan boshlab Urmiya ko`lining janubiy tomonlarida parsua qabilalari yashar edilar. Miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda ular Elamga ko`chib ahamon urug`idan chiqqan sardor atrofida birlashganlar. Ular dastlabki podsholari Kayxusrav I davrida Ossuriyaga, Kambiz davrida (600–559) Midiyaga itoat etganlar. Kambiz bilan Midiya shohi Astiagning qizi o`rtasidagi nikohdan Kayxusrav II dunyoga keladi. Kambiz vafot etgach, Parsua taxtiga Kayxusrav II o`tirib, miloddan avvalgi 559-yilda Pasargada shahrini qurib, uni davlat poytaxtiga aylantiradi. Miloddan avvalgi 553–549-yillar mobaynida olib borilgan urushlarda Kayxusrav bobosi Astiag qo`shiniarini yengib, Midiya va Elamni Parsuaga qo`shib oladi. Shu tariqa ahamoniylar urug`i asos solgan Parsua – ya`ni Eron davlati tashkil topadi. Kayxusrav II g`arbda Lidiya shohi Kraz qo`shinlarini, shimolda armanlarni yengib, butun Kichik Osiyoni bosib oladi. Lidiya poytaxti Sardi talanib, shoh Kraz asir olinadi va o`ldiriladi.
Miloddan avvalgi 545–530-yillar orasida Eron shohi Bobilni ham bosib olib, Hind daryosigacha bo`lgan yerlarni istilo qiladi. Kayxusrav II ning miloddan avvalgi 530–529-yilda Turonga qilgan yurishi eroniylarning massagetlardan yengilishi va «Kayxusrav»ning o`ldirilishi bilan tugaydi.
Kayxusrav II o`ldirilgach, Eron taxtiga uning o`g`li Kambiz II o`tiradi. Kambiz II miloddan avvalgi 529–522-yillardagi faoliyati davrida itoat ettirilgan mamlakatlar va Erondagi isyonlarni shaf-qatsizlik bilan bostiradi. Miloddan avvalgi 522-yili u Misrni bosib oladi. Uning Efiopiyaga uyushtirgan harbiy yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. U Misrda ekanida Gaumata boshliq eroniylar isyon ko`taradilar. Isyonni bostirish uchun Eronga qaytayotgan Kambiz II miloddan avvalgi 522-yili yo`lda o`ldiriladi.

Yüklə 38,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə