Mavzu: Algoritmning asosiy turlari Tekshirdi: Topshirdi: yil 2


Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar



Yüklə 38,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü38,03 Kb.
#182878
1   2   3
6.Algoritmning-asosiy-turlari

Takrorlanuvchi (siklik) algoritmlar.
Masalalarni tahlil etish 
jarayonida algoritmdagi ba’zi ko`rsatmalar takroran bajarilishini kuzatish 
mumkin. Masalan, eng katta kvadratlar kesib olish masalasi (4-dars 5-misol), 
Evklid algoritmi (5-dars 2-misol). Hayotimizda ham juda ko`p jarayonlar 
takrorlanadi. 
Masalan, darslarning har hafta takrorlanishi, har kuni nonushta qilish 
yoki maktabga borish va hokazo. Ko`rsatmalari takroriy bajariladigan 
algoritmlar
 takrorlanuvchi algoritmlar
deb ataladi. 
T
akrorlanuvchi algoritmlar «I := I + 1», «S := S + I» yoki «Р := P * I» 
ko‘rinishidagi ko`rsatmalarning ishtiroki bilan ajralib turadi (* - ko`paytirish 
amali). 
Bunday 
ko`rsatmalarning 
mazmunini 
tushunish 
uchun 
takrorlanishning bir nechta qadamini ko`rib chiqish lozim.
Odatda, yig`indi uchun boshlang`ich qiymat (inglizchadan SUM, 
ya’niyig‘indi ma’noli so`zning bosh harfi) S:=0 va ko`paytma uchun 
(inglizchadan PRODUCT, ya’ni ko`paytma ma’noli so`zning bosh harfi) P= 
1 deb olinadi, chunki bu qiymatlar, ya’ni 0 va 1 lar, mos ravishda, yig‘indi 
va ko`paytmaning natijasiga ta’sir etmaydi: 
1 -qadam: I := 1 bo`lsin, u holda S : = S + I = 0 + 1 = 1 , P : = P * I
= 1 * 1 = 1 ;
2- qadam: I := I + 1 = 1 + 1 = 2, S := S + I = 1 + 2 = 3, P :=P * I 
=1 * 2 = 2 ;
3-qadam: I := 1 + 1 = 2 + 1 = 3 , S : = S + I = 3 + 3 = 6 , P : =
P * I = 2 * 3 = 6; 
4- qadam: I := I + 1 = 3 + 1 = 4, S:= S + I = 6 + 4 = 10, P := P * I = 6 
* 4 = 24. 
3-misol. 1 dan 1000 gacha bo`lgan sonlar yig`indisini, ya’ni S= 1 
+2+3+... +1000 ni hisoblash algoritmini tuzing.
1)
boshlansin; 
2)
S=0 deb olinsin (ya’ni S:=0); 
3)
I ning qiymatini 1 deb olinsin (ya’ni I:=l); 
4)
S ga I qo`shilib S deb olinsin (ya’ni S:=S+I); 
5)
I ga 1 qo`shilib I deb olinsin (ya’ni I:=I+1); 
6)
agar I ≤ 1000 bo`lsa 4-bandga o`tilsin; 
7)
javob S deb olinsin; 
8)
tugallansin. 
So`zlar bilan ifodalangan algoritmda blok-sxema bilan mutanosiblikni 
ko`rsatish uchun qavslar ichida izohlar berib bordik. Odatda, takrorlanuvchi 



algoritmlarda «I:=I+1» kabi ifoda sanagich deb yuritiladi. Bu misol 
yechimini chiziqli algoritm shaklida ham tashkil etish mumkin. Buning 
uchun har qanday natural
 N
son uchun o`rinli bo`lgan 1+2+3 + ...+ N = N* 
(N+1):2 ayniyatdan foydalanish kifoya (algoritmini mustaqil tuzing). 
Quyidagi misollarda bu kabi ish anchagina qiyin. 

Yüklə 38,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə