Mavzu: Auditorlik faoliyatini tartibga solishda professional tashkilotlar roli. Reja: Kirish


Auditorlik faoliyatini tartibga solish



Yüklə 44,2 Kb.
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü44,2 Kb.
#148548
1   2   3   4   5
Auditorlik faoliyatini tartibga solishda professional tashkilotlar

1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish.
Auditorlik tekshiruvi natijalari ko’pchilik iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun asos bo’lganligi sababli barcha davlatlarda audit yetarli darajada qat'iy tartibga solinadi. Ularning ayrimlarida (masalan, Fransiyada) auditning me'yorlari, me'yoriy hujjatlarini belgilab, auditorlar va auditorlik firmalarini ro’yxatga olish va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish yo’li bilan davlat ushbu jarayonga aralashadi. Boshqa davlatlarda (AQSh, Angliya) ushbu jarayon kasbiy ijtimoiy auditorlik tashkilotlar tomonidan tartibga solinadi. Mamlakatimizda shakllangan va rivojlanayotgan auditorlik faoliyatini huquqiy-me'yoriy tartibga solish tizimini uchta pog’onaga bo’lish mumkin. Ushbu tizimning birinchi (yuqori) pog’onasida O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun 29 moddadan iborat.
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog’onasiga kiritish mumkin. Ushbu qarorga muvofiq, “Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to’g’risidagi Nizom”, “Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub'ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risidagi Nizom” va “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risidagi Nizom” tasdiqlangan.
Auditorlik faoliyatini faol rivojlantirish uchun amaliy iqtisodiy rahbarlar va soliq imtiyozlari hamda preferensiyalar yaratildi, litsenziyalar berish tizimi sezilarli darajada soddalashtirildi va liberallashtirildi.
a) Auditorlik tashkilotlari va auditorlarning javobgarligini va ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga yo’naltirilgan qo’shimcha litsenziya talablari va shartlari o’rnatildi;
v) auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bir auditorlik tashkilotida amalga oshirilishi va faqatgina bir auditorlik tashkilotida ta'sischi bo’lish mumkinligi talabi kiritildi;
g) auditorlik tashkilotlari tomonidan bitta xo’jalik yurituvchi sub'ektning auditorlik tekshiruvini uch yildan ortiq ketma-ket o’tkazishni taqiqlash to’g’risidagi talab kiritildi:
e) auditorlik tashkilotlarida auditorlar ish sifatining ichki standartlarining majburiy mavjudligi talabi kiritildi;
f) auditorlarning professional jamoat birlashmalari tomonidan auditorlik tashkilotlarni majburiy reyting baholash tizimi joriy etilmoqda;
j) auditorlik tashkilotining litsenziyasi va auditorning malaka sertifikati amal qilishini tugatish uchun asoslar qayta ko’rib chiqildi;
z) auditorlik tashkiloti rahbari uch yilda bir marotaba attestatsiyadan majburiy o’tishi to’g’risidagi talab kiritildi;
i) tashkilotlar tomonidan auditorlik faoliyati to’g’risidagi ma'lumotlarni har yarim yilda bir marta belgilangan shaklda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga majburiy taqdim etish talabi kiritildi;
k) auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi Moliya vazirligi tomonidan har uch yilda kamida bir marotaba majburiy tekshirib turilishi to’g’risida talab kiritildi va boshqalar.
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
auditor — auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
Auditorlar reyestri — auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlarning auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ro‘yxati, bundan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shakllantiriladigan reyestr mustasno;
auditorlik tashkiloti — auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va turdosh xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti;
Auditorlik tashkilotlarining reyestri — auditorlik tashkilotlarining auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ro‘yxati;
auditorlik faoliyati — auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati;
audit qo‘mitasi — xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv kengashi a’zolaridan iborat bo‘lgan, qoida tariqasida, kamida bir nafar mustaqil a’zoni o‘z ichiga oladigan, moliyaviy hisobotni tuzishning to‘g‘riligi ustidan nazorat o‘rnatilishi, mustaqil auditorlik tashkilotining tanlanishi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonlarini kuzatish, shuningdek ichki va tashqi auditorlik tekshiruvlari natijalarini olish hamda o‘rganish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mita;
renking — auditorlik tashkilotlarining faoliyatini tavsiflovchi muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlarga ajratilgan auditorlik tashkilotlarining tartibga solingan ro‘yxatlarini shakllantirish;
talabgor — malaka sertifikatini olishga yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishga da’vogar bo‘lgan jismoniy shaxs.
4-modda. Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar
Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar mustaqillik, xolislik va halollikdan, kasbiy bilimga egalik hamda axborotning maxfiyligidan iboratdir.
5-modda. Mustaqillik prinsipi
Auditor taxminlarga asoslanib fikr bildirishdan xoli bo‘lishi va o‘zining obro‘sini tushiradigan faktlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Auditorlik tashkiloti mustaqilligiga monelik qiladigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, auditorlik xizmatlari ko‘rsatishni rad etishi kerak.
6-modda. Xolislik va halollik prinsipi
Auditor jamiyat manfaatlari ustuvorligiga rioya etishi, beg‘araz bo‘lishi va taxminlarga asoslanishi, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa shaxslarning bosimlari sababli o‘zining kasbga oid fikr-mulohazasida tavakkalchilik qilmasligi, auditorlik tashkilotining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020 yil 10-noyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisida deputatlar yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda muhokama qildilar.
Mazkur qonun loyihasi avvalgi majlislarda qizgʻin tortishuvlarga sabab boʻlib, deputatlar tomonidan takomiliga yetkazish va Qonunchilik palatasi majlisi muhokamasiga ikkinchi oʻqishda qayta kiritish uchun qoʻmitaga qaytarilgan edi. Shundan beri oʻtgan davr mobaynida Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi loyiha ustida ishlarni davom ettirib xalq vakillari tomonidan kiritilgan takliflarni inobatga olgan holda qayta tayyorlangan loyihani muhokamaga kiritdi.
Qonun loyihasida auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish, auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beradigan tartiblarni soddalashtirish koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, auditorlarning samarali malaka oshirish tizimini tashkil qilish ham belgilanmoqda. Eng asosiysi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qogʻoz shakldagi litsenziya berish tartibini bekor qilgan holda auditorlar va auditorlik tashkilotlarining soddalashtirilgan reyestrini qoʻllash tartibi belgilanyapti.
Auditorlik xizmati sifatini taʼminlash va oshirib borish maqsadida maxsus vakolatli davlat organi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda, auditorlik tashkilotlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, ularning ish sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazib borishi belgilanmoqda. Shuningdek, auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish, auditorlik tashkilotida auditorlarning eng kam sonini amaldagi ikki nafardan kamida toʻrt nafarga oshirish talablari koʻzda tutilgan boʻlib, bu oʻz navbatida, audit sifatini oshirishga imkon beradi.
Xalq vakillarining fikricha qonun loyihasining qabul qilinishi auditorlik faoliyatini tartibga solish, auditning xalqaro standartlari asosida mustaqil audit oʻtkazish amaliyotini tatbiq etish, auditorlik tashkilotlari xizmatlarining sifati va raqobatbardoshligini oshirishda muhim huquqiy asos boʻladi.



Yüklə 44,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə