Mavzu: Ayiqtovondoshlar oilasi



Yüklə 11,81 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü11,81 Kb.
#180987
  1   2   3
Ayiqtovondoshlar oilasi


MAVZU: Ayiqtovondoshlar oilasi
REJA
1. Ayiqtovondoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumot
2. Yurtimizda keng tarqalgan ayiqtovondoshlar oilasi vakillar
3. Yurtimizda keng tarqalgan ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasiga mansub ayrim o‘simliklarining bioekologik xususiyatlari
Ayiqtovondoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumot.
Ayiqtovondoshlar oilasi o‘z ichiga 50 turkum va 2000 dan ortiq turlarni oladi. Ularning aksariyati yer sharining mo‘tadil va sovuq mintaqalarida o‘sadi. Ayiqtovondoshlar barcha qit’alarda, shimoldagi tropiklardan tashqari yerlarda ayniqsa keng tarqalgan. Golarktik floristik viloyatda ularning eng ko‘p turkum va turlari uchraydi. Uning hududidagi Sharqiy Osiyo floristik viloyatining o‘zida barcha turkumlarning uchdan ikki qismi (36 turkum, shulardan 11 turkum faqat shu viloyatda) mujassamlangan, 28 turkum esa Sirkumboreal floristik viloyatda uchraydi. Arktikada turlar va turkumlar unchalik ko‘p emas, biroq ular mahalliy floraning muhim qismi hisoblanadi. Tropik va subtropiklarda ayiqtovonlar undan ham kamroq bo‘lib, asosan tog‘larda o‘sadi. Shu yerlarda endem turkumlar ham tarqalgan.
Ayiqtovondoshlarning barglari poyada ko‘pincha ketma-ket, kam hollarda qarama-qarshi, joylashadi. Ular oddiy, bo‘lingan yoki bo‘lmali, yaprog‘i barmoqsimon, kam hollarda patsimon qirqilgan, ba’zan butun bo‘ladi. Ildiz oldi barglarining bandi ko‘pincha uzun, poyadagilariniki kalta.
Gullari shingildan tortib supurgisimongacha bo‘lgan uchki to‘pgullarga yig‘ilgan, kam hollarda yakka. Ular ikki jinsli, ayrim hollarda bir jinsli, spiralsimon, spirotsiklik yoki siklik, aktinomorf yoki kam hollarda zigomorf (Delphinium, Consolida, Aconitum).
Tibbiyotda qo‘llaniladigan qimmatli moddalarning boshqa guruhi, ya’ni yurak-qon tomir tizimi glikozidlari ham ayiqtovondoshlarda uchraydi va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bunday turlarga birinchi navbatda bahorgi sug‘uro‘tni (Adonis vernalis) misol qilish mumkin. Helleborus va Pulsatilla ham glikozidlarga boy.
Ayrim ayiqtovondoshlarning ekstrakti turli mevalarda (behi, shaftoli, anor, anjir) uchraydigan saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi patogen zamburug‘larga qarshi kurashda qo‘llaniladi. Ayiqtovon va ilono‘tning bir necha turlarida olib borilgan tadqiqotlar ularning fungitsid xususiyatini ma’lum qildi.
1 Yurtimizda keng tarqalgan ayiqtovondoshlar oilasi vakillari 
Qashqadaryo viloyatining tog‘ mintaqasida Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning 31 turi borligi aniqlangan. Biz quyida ularning umumiy ro‘yxatini keltiramiz:
  • Adonis parviflora Fisch. ex DC. — Mayda gulli suvuro‘t (mushuko‘t, sassiq matal)
  • Anemone petiolulosa Juz. — Bandsimon po‘fanak (qarg‘atuyoq)
  • Anemone protacta (Ulbr.) Juz. — Cho‘ziq po‘fanak
  • Anemone zeravschanica Kom. — Zarafshon po‘fanagi
  • Aquilegia vicaria Nevski — Suvyig‘ar (akvilegiya)
  • Ceratocephalus falcatus (L.) Pers. — O‘roqsimon uchmao‘t (otashak)
  • Ceratocephalus ortoceras DC. — Qo‘ytikan (uchmao‘t)
  • Clematis asplenifolia Schrenk — Iloncho‘p
  • Clematis orientalis L. — Sharq klematisi (ilono‘t, ilonpechak)
  • Delphinium barbatum Bge. — Soqolli isfarak
  • Delphinium Batalinii Huth. — Batalin isfaragi
  • Delphinium biternatum — Qo‘sh uchbargli isfarak
  • Delphinium longipedunculatum Rgl. et Schmalh — Uzun gulbandli isfarak
  • Delphinium rotundifolium Afan. — Yumaloq bargli isfarak (ovcho‘p)
  • Delphinium rugulosum Boiss. — Burishgan isfarak
  • Delphinium semibarbatum Bienert. ex Boiss. — Sariq gulli isfarak
  • Delphinium ternatum Huth. — Uchburgli isfarak
  • Eranthis longistipitata Rgl. — Uzunoyoq ayiqtovon
  • Nigella integrifolia Rgl. — Butun bargli sedana
  • Paraquilegia anemonoides (Willd.) Ulbr. — Soxta suvyig‘ar
  • Ranunculus afganicus Aitch. — Afg‘on ayiqtovoni
  • Ranunculus baldshuanicus Rgl. ex Kom. — Baldjuan ayiqtovoni
  • Ranunculus muricatus L. — Yumshoq tikanli ayiqtovon
  • Ranunculus paucidentatus Schrenk. — Mayda tishchali ayiqtovon
  • Ranunculus sceleratus L. — Zaharli ayiqtovon (tugmabosh, quyono‘t)
  • Ranunculus Sewertzovii Rgl. — Seversov ayiqtovoni (olmoso‘t, ingichka tumshuqchali ayiqtovon)
  • Ranunculus tenuilobus Rgl. ex Kom. — Ingichka bo‘lmali ayiqtovon
  • Thalictrum alpinum L. — Alp sanchiqo‘ti
  • Thalictrum isopyroides CAM. — Teng mevali sanchiqo‘t
  • Thalictrum minus L. — Kichik sanchiqo‘t
  • Thalictrum sultanabadense Stapf. — Sultonobod sanchiqo‘ti


  • Yüklə 11,81 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə