Mavzu: Ayiqtovondoshlar oilasi


Yurtimizda keng tarqalgan ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasiga mansub ayrim o‘simliklarining bioekologik xususiyatlari



Yüklə 11,81 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü11,81 Kb.
#180987
1   2   3
Ayiqtovondoshlar oilasi

 

2 Yurtimizda keng tarqalgan ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasiga mansub ayrim o‘simliklarining bioekologik xususiyatlari 
Mayda gulli suvuro‘t (mushuko‘t, sassiq matal) — Adonis parviflora
Bir yillik terofit o‘simlik. Poyasi 5-60 sm, oddiy yoki asosi yonida shoxlangan, pastki qismi ingichka tukchali, yuqori qismi tuksiz. Barglari tuksiz, bandsiz, 2-3 marta patsimon qirqilgan, bo‘laklari chiziqli-lansetsimon, o‘tkir uchli. Faqatgina pastki barglari 2-3 sm uzunlikdagi bandga ega. Gultojiga yopishgan kosachasi oqish yoki binafsha rangda. Kosachabarglari tuxumsimon-lansetsimon yokt oval tuxumsimon, o‘tmas yoki o‘tkir uchli, tojbarglaridan biroz kaltaroq.
3.2-rasm. Bandsimon po‘fanak — Anemone petiolulosa Juz.
Bandsimon po‘fanak (qarg‘atuyoq)
Ko‘p yillik kriptofit o‘simlik. Poyasi 5-25 sm, tuksiz yoki siyrak yotiq oq tuklar bilan qoplangan. Ildiz oldi barglari bandli, tuksiz, uchta 4-20 sm uzunlikdagi segmentga bo‘lingan, segmentlar ham o‘z navbatida 2-3 bo‘lakka ajralgan, bandsiz yoki, ayrim hollarda qisqa bandli, bo‘laklari o‘rtasigacha yoki undan ham chuqurroq 2-3 bo‘lakchaga qirqilgan, tekis yoki 2-3 bo‘lmachali. O‘rama barglarining soni 2-3 ta bo‘lib, asosi bandsimon qanotchasimon, 2-3 qismli, tuksiz yoki siyrak tukli.
Cho‘ziq po‘fanak — Anemone protacta (Ulbr.) Juz.
Ko‘p yillik kriptofit o‘simlik. Poyasi 60 sm gacha uzunlikda, oddiy, yumaloq, uncha zich bo‘lmagan yoki yotiq uzun oq tuklar bilan qoplangan. Ildiz oldi barglari ancha uzun, tukli bandlarda joylashgan, plastinkasi tuxumsimon, ustki tomoni deyarli tuksiz yoki siyrak tukli, ostki tomoni quyuq yotiq tukli, uchta keng, rombsimon segmentga bo‘lingan.
3.4-rasm. Iloncho‘p — Clematis asplenifolia Schrenk
Iloncho‘p — Clematis asplenifolia Schrenk
Fanerofit, butasimon o‘simlik. Poyasi to‘g‘ri, qirrali, ko‘pincha oq, tugunlari siyrak tukli. Pastki va o‘rta barglari butun, gashtarsimon, tekis qirrali yoki notekis arratish qirrali, asosiga tomon tig‘simon ingichkalashgan, uzun bandli. Yuqorigi va ayrim o‘rta barglari patsimon qirqilgan, bo‘laklari teskari tuxumsimon yoki uzunchoq tuxumsimon, notekis tishchali qirrali, bandsiz yoki qisqa bandli. Uchidagi bo‘lagi ancha uzun, deyarli butun, yirik va notekis tishchali qirrali yoki arratish qirrali, asosiga tomon bandga yoki yuqorigi bo‘laklariga qo‘shilib ketadi.

Yüklə 11,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə