Mavzu: Ayiqtovondoshlar oilasi


Burishgan isfarak — Delphinium rugulosum Boiss



Yüklə 11,81 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü11,81 Kb.
#180987
1   2   3
Ayiqtovondoshlar oilasi

Burishgan isfarak — Delphinium rugulosum Boiss.
Bir yillik terofit o‘simlik. Poyasi 6-30 sm, oddiy yoki asosida kam shoxlangan, quyuq oq va sariq tuklar bilan, asosi esa po‘fanaksimon kengaygan sariq tuklar bilan qoplangan. Ildiz oldi va poyaning pastki barglari kalta bandli, uchta segmentga qirqilgan. Ularning o‘rtadagisi uchta 2-3 mm enlilikdagi qalami bo‘laklarga bo‘lingan, chetkilari o‘rtadagi segmentga o‘xshash yoki ikki parrakli bo‘lakka bo‘lingan. Yuqorigi yondosh barglari bandsiz, qolgan xususiyatlari pastki barglarga o‘xshash, biroq kam qirqilgan, guli va mevasiga nisbatan ancha yirik. Gul oldi barglari juda kichik, gulbandning asosida joylashgan. Gulband 2-4 mm, quyuq oq tuklar bilan qoplangan. Guli och qizg‘ish, yirik, poyaning deyarli asosidan boshlab barg qo‘ltig‘ida bittadan joylashadi. Gulqo‘rg‘on barglari to‘mtoq, pastki yon bargchalari ingichka nashtarsimon, 3-4 mm enlilikda, yuqorigilari ancha keng (5 mm gacha), uchki toq bargcha pastkilari kabidir. Pixi yuqoriga qiya qayrilgan, biroz egilgan, 2 sm uzunlikda. Bargagi silindrsimon, 1,5-2 sm uzunlikda va 3-4 mm qalinlikda, tekis, juda tirish, quyuq oq tuklar bilan qoplangan. Urug‘i 1 mm uzunlikda, och qo‘ng‘ir, tangachali.
Kichik sanchiqo‘t — Thalictrum minus L.
Ko‘p yillik kriptofit o‘simlik. Poyasi 30-100 sm, tuksiz, sillik, tik yoki bo‘g‘inli qayrilgan, bir tekis barglangan. Barglari bandli, faqat eng yuqorigilarigina bandsiz, bandlari kam hollarda yondosh bargli. Barg platinkasi keng uchburchaksimon, uch-to‘rt marta patsimon qirqilgan, chetki bo‘laklari pardali yoki yupqa, nozik 0,8-4 sm uzunlikda va deyarli shu kabi enlilikda, yumaloq, yumaloq tuxumsimon, tuxumsimon yoki teskari tuxumsimon, chetlari, ba’zan, biroz qayrilgan, pastki qismida tomirlari yaqqol bo‘rtib turadi yoki sezilmaydi, asosi yuraksimon yoki ponasimon, uch parrakli. Parraklari to‘mtoq uchli yoki o‘tkir tishchali.
Guli oval, yoki piramida ko‘rinishidagi supurgi to‘pguliga yig‘ilgan, qizg‘ish, ko‘p sonli, nisbatan uzun (1-2 sm, mevalarida 3 sm gacha) gulbandli, odatda pastga egilgan, kam hollarda to‘g‘ri. Gulqo‘rg‘on barglari tuxumsimon, 3-4 mm uzunlikda va 1,5-2 mm enlilikda. Changchisi 7-8 mm uzunlikda, to‘g‘ri, uchli changdonli va undan 2-2,5 marta uzun ingichka inpchali. Tugunchalari 4-8 ta. Mevasi tuxumsimon yoki oval, 4 mm uzunlikda va 2 mm enlilikda, qirrali, to‘g‘ri yoki biroz egilgan tumshuqchali.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 11,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə