Mavzu. Birinchi jahon urushidan keyin Turkiya, Eron, Afg`oniston



Yüklə 2,35 Mb.
səhifə4/5
tarix07.10.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#125968
1   2   3   4   5
Mavzu 5

Jahon urushlari oralig’ida Eron


1905-1911 yillardagi inqilob yakunlanmay qoldi. Kojarlar sulolasi hokimiyatini saqlab qoldi, xonlar va feodallarning imtiyozlari ham saqlanib qoldi.
1911 yili chor Rossiyasi Eronning shimoliy provinsiyalariga qo‘shin kiritdi. Majlis yana tarqatib yuborildi.
Birinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda Eron. Eron o‘z neytralitetini e’lon qilib, Birinchi jahon urushi jang- larida bevosita qatnashmadi.
1915 yili turk qo‘shinlari Eronning Turkiya bilan chegaradosh bir qator viloyatlarini egalladi, ammo bu frontda kuchlarning umumiy nisbati ruslar va inglizlar foydasiga hal bo‘ldi.
Buyuk Britaniya 1918 yil boshidan Sovet Rossiyasiga qarshi harbiy intervensiyada foydalanish va ko‘tarilib kelayotgan aksilmustamlaka harakatini bostirish maqsadida Eron hududini bosib oldi.
1918 yil avgustda tuzilgan inglizparast hukumat boshlig‘i Vogus-et-Dovul konstitutsiyani buzib
majlisning ruxsatisiz 1919 yil 9 avgustda «Forsni taraqqiy ettirishga yordam ko‘rsatish uchun Britaniya yordami to‘g‘risida kelishuv» degan hujjatni imzoladi.
1920 yil 7 aprelda Tabrizda reaksion shoh xukumati va inglizlar ta’siriga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi. Qo‘zg‘olonga Ozarbayjon demokratlari yetakchisi shayx Mahammad Xiyoboniy boshchilik qildi.
Qo‘zg‘olonchilar 1919 yilgi ingliz- eron kelishuvini bekor qilishni, demokratik islohot o‘tkazishni va Ozarbayjonga avtonomiya berishni talab qildi.
Qo‘zg‘olon 1920 yil avgustgacha davom etib, shoh va ingliz qo‘shinlari tomonidan bostirildi.
1920 yil Eronning boshqa bir shimoliy viloyati G‘ilonda milliy-ozodlik harakati boshlandi.
Qo‘zg‘olonchilar 1920 yil 5 iyunda G‘ilon respublikasini e’lon qildi va Eron kommunistik partiyasi tuzilidi.
1922 yil boshida Eron hukumati qo‘shinlari Xuroson, Garden, Tabriz va boshqa viloyatlardagi inqilobiy chiqishlarni tor-mor qildi.
1921 yil 21 fevralda (davlat to‘ntarishi musulmon taqvimi bo‘yicha 1299 yil xut oyining 3 kuni- da yuz bergani uchun 3 hut to‘ntarishi nomini oldi) Texronda davlat to‘ntarishi yuz berdi.
Fitna inglizlar bilan aloqada bo‘lgan Said Ziyo-id-Din Tabatabaiy tomonidan tashkil kilindi va Rizoxon boshchiligidagi kazaklar brigadasi tomonidan amalga oshirildi.
1921 yil bahorda ingliz okkupatsion qo‘shinlari ham Erondan olib chiqib ketildi.
Yakin va O‘rta Sharqqa ta’sir o‘tkazish usullarini endi o‘zlashtirayotgan AQSh vujudga kelgan holatdan zudlik bilan foy- dalanib koldi.
1922 yili A. Milspo boshchiligida amerikalik moliya maslahatchilari Eron xukumati taklifiga binoan Texronga keldi.
Eron hukumati RSFSR bilan diplomatik munosabatlarni tikladi va yangi shartnomalar imzoladi. Shunday shartnoma 1921 yil 26 fevralda Moskvada imzolanli.
Shartnomaning 6-bandiga binoan agar Eron xududi «Sovet Rossiyasiga qarshi harbiy harakatlar uchun bazaga aylansa» va agar Eron hukumatining «o‘zi xavfni bartaraf qilish imkoniyati- ga ega bo‘lmasa», Rossiya hukumati zudlik bilan Eron xududiga o‘z qo‘shinlarini kiritish majburiyatini oldi.
1936 yildan Eronda yangi ma’muriy-xududiy bo‘linish joriy qilindi.
Rizoxon tomonidan chaqirilgan Ta’sis majlisi 1925 yil 12 dekabr kuni uni yangi, Pahlaviylar sulolasining shohi deb e’lon qildi.
1925 yil 31 oktyabrda Eron Majlisi Kojarlar sulolasini taxtdan mahrum qildi va hokimiyatni vaqtincha Rizo xonga topshirdi.
Harbiy vazir bo‘lib turgan Rizoxon 1923 yil bosh vazir lavozimini egalladi.
Mamlakat 10 provinsiyaga bo‘linib, gu- bernatorlar mahalliy obro‘li kishilardan tayinlanadigan bo‘ldi.
1926 yili mamlakatda umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi.
Qo‘shinlar soni 150 ming kishi- gacha oshirildi, qo‘shinning yangi turlari: aviatsiya va tank qismlari paydo bo‘ldi.
Rizoshoh davrida davlat byudjetining 1/3 qismi armiyaga sarflandi.
Eronda 1928 yildan yevropacha libos joriy kildi, feodal unvon va murojaat shakllari bekor kilindi, nasab joriy qilindi.
1935 yildan mamlakatning nomi o‘zgartirildi: ilgarigi Fors o‘rniga Eron deb ataladigan bo‘ldi.
1935 yili chodra o‘rab yurishni bekor qilish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
1927-1934 yillardagi islohotlar davrida bepul majburiy boshlang‘ich ta’lim hamda pullik o‘rta va oliy ta’lim to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi.
1934 yili Tehron universiteti ochildi. Yuzlab eronlik yoshlar har yili chet ellarga, dunyoning eng yaxshi uni- versitetlariga o‘qishga jo‘natildi.
2,5 mln ga yer qayta taqsimlandi. Ammo dehqonlar uchun sharoit o‘zgarmadi,
ular avvalgiday juda yuqori (hosilning 1/2 qismidan 4/5 qismigacha) ijara haqi to‘layverdi.
1929 yili yerga xususiy mulkchilik to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan so‘ng davlat yerlarini sotish jarayoni boshlandi.
1930 yili xususiy yerlarning daxlsizligi to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
1938 yili Eron (Turkiya, Irok, Afg‘oniston bilan birga) Soadobod paktini imzolagandan so‘ng SSSR bilan munosabatlar sovuqlashdi.
Tashqi savdoning 38%i SSSRga to‘g‘ri kelsada, Eron u bilan yangi hamkorlikdan voz kechdi.
Tashqi savdoda SSSRning o‘rnini Germaniya egalladi: 1939 yili tashqi savdoda Germaniya ulushi 41%, 1940 yili esa 45% ni tashkil qildi.

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə