Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja: Kirish


Biznes-fondning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat



Yüklə 51,97 Kb.
səhifə10/13
tarix20.10.2023
ölçüsü51,97 Kb.
#128385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
12 Mavzu Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtis

Biznes-fondning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
-ustuvor yo'nalishlarda kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash yo'li bilan bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish mobaynida davlat siyosatini o'tkazishga ko'maklashishish;
-kichik va o'rta biznesning bozor infrastrukturasini vujudga keltirishga kumaklashuvchi infrastruktura elementlari (bank, axborot, sug'urta, lizing va boshqalar)ni shakllantirish;
-kichik va o'rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni qo'llab-kuvvatlash hamda rivojlantirish uchun o'z mablag'larini ajratish va chet el investitsiyalarni jalb etish
]| ^
masalalarida xalqaro moliya va jamoat tashkilotlari hamda jamg'armalari,
korporatsiyalari, agentliklari, vakolatxonalari, idoralari, xususiy, huquqiy va jismoniy shaxslar tadbirkorlik tuzilmalari bilan o'zaro hamkorlikni ta'minlashdan iboratdir.
Biznes fondning asosiy vazifalari:
- kichik va o'rta tadbirkorlik tuzilmalariga respublika tovar bozorlarini tuldirish, chetdan keltiriladigan tovarlar urnini bosish va chetga chiqariladigan tovarlar urnini kengaytirish, yangi ish urinlarini barpo etish uchun moliyaviy yordam ko'rsatish;
-kichik va o'rta tadbirkorlik tuzilmalari innovatsiya faoliyatini qo'llab kuvvatlash, raqobatga bardoshli tayyor mahsulotning yangi turlarini ishlab chikish va ishlab chiqarishni rag'batlantirish;
-O'zbekiston Respublikasida ma'lumotlar bankini vujudga keltirish va biznesni tashkil etib, rivojlantirish borasida axborot huquqiy xizmatlar ko'rsatish;
-kichik va o'rta biznesning kamyob xalq iste'moli buyumlari ishlab chiqarish va xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan loyihalari hamda, dasturlari uchun moliyaviy mablag'lar ajratishdan iborat.
Biznes fond bilan bevosita hamkorlikda “Madad” sug'urta agentligi ish olib boradi, u har bir valyutada o'z buyumlariga ega bo'ladi. Davlat uning ham muassasasi bo'lib, kichik va o'rta korxonalarning faoliyatini kreditlash bilan bog'liq kattagina xatarning moliyaviy ta'minotini o'z zimmasiga oldi.
Madad” sug’urta agentligi:
-kichik va o'rta biznesning dasturlari va loyihalarini ekpert baholash va tanlab olishni hamda ularni ruebga chiqarish uchun moliyaviy mablag'lar ajratilishi maqsadlarini ko'zlab xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan ishlab chiqish; - tadbirkorlik tuzilmalari Biznes fonddan ajratilgan mablag'lardan samarali foydalanishi ustidan nazorat mexanizmini ishlab chikishni amalga oshiradi; - buyurtmaning fond dasturiy yo'rug'iga muvvofik, darajasini;
-loyihaning dolzarbligi, noyobligi, realligi, raqobatga bardoshligi, loyihaning
]| ^
mintaqa manfaatlariga muvofiq, loyiha byudjeti va grafigi (hayotiy tsikli)
mukammalligi loyihaning moliyaviy asoslanganligini belgilaydi;
-loyihalarni amalga oshirish bilan bog'liq tavvakalchilikni sug'urtalaydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, sug'urtalash sohasida davlatning yakka xokimligi tugatildi va O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorida bugun 24 ta sug'urta kompaniyasi ish olib bormoqda.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-kuvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
-qonuniy-huquqiy ta'minot;
-tashkiliy ta'minot;
-tadbirkorlikni rivojlantirish uchun moddiy -texnikaviy sharoit yaratish;
-moliyaviy kredit ta'minoti;
-tadbirkorlikni sug'urta bilan ta'minlash;
-tadbirkorlik shu' basini kadrlar bilan ta' minlash;
-TIF ishini iqtisodiy qo'llab-kuvvatlash;
-axborot maslaxat ta'minoti;
-tadbirkorlikni ijtimoiy-ruhiy jihatdan ta'minoti va boshqalar.
O'zbekistonda davlatni iqtisodiy siyosatida kichik tadbirkorlik
korxonalarini qo'llab quvvatlash tadbirlari amalda realizatsiya qilinmoqda:
Respublika kichik korxonalarni qo'llab-quvvatlash fondi tashkil etilgan bo'lib, moliyaviy yordam kichik korxonalarga davlat, jamoa, tashkilotlar, yuridik va ajnabiy shaxslarni ixtiyoriy to'laydigan yig'imlari hisobidan qo'llab-
quvvatlanmoqda;
-1991 yildan boshlab kichik korxonalar birinchi yili oladigan foydasidan 25 foiz to'lov belgilandi, ikkinchi yili olinadigan foydadan 50 foizi soliq sifatida to'lanadigan bo'ldi;
-dastlabki ikki yil qishloq xujaligi mahsulotlari ishlab chiqaradigan va bu mahsulotlarni qayta ishlaydigan, keng xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqaruvchi, kurilish, ta'mirlash, kurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, yangiliklarni tadbik etuvchi kichik korxonalar byudjetga soliq to'lashdan ozod etilgan;
]| ^
-o'z foydalarini kurilishga, korxonani qaytadan rekonstrutsiya qilish, asosiy
fondlarni yangilab borishga, yangi texnikani, texnologiyani, ishlovchilarni malakasini oshirishga sarflaydigan kichik korxonalardan soliq solinmaydi;

  • kichik korxonalarda pensionerlar kariligi va nogironligi bo'yicha ishlayotganlarni 50 foizini tashkil kilgan takdirda olngin foydadan davlat byudjetiga tulanadigan soliq 30 foizga kamaytirilgandir;

-kichik korxonalarda ishlovchi karilar va nogiron pensionerlar umumiy ishlovchilarni 30 foizdan to 50 foizgacha tashkil etsa, foydadan olinadigan soliq 20 foizga kamaytiriladi;

  • qonunda kursatilgan kichik korxona mustaqil o'zi xo'jalik faoliyati olib borish huquqiga ega, o'z-o'zini moliyalashtiradi, o'zini boshqaradi, o'z Ustavida kursatilagn qonunlar doirasida ish olib boradi;

-kichik korxonalar yuridik shaxs sifatida korxonalar bilan shu jumladan xorij firmalari bilan ham turli shartnomalar tuzish huquqiga ega;
kichik korxona nomidan direktor belgilangan reja asosida firmani istikboli uchun zarur faoliyat turlarini baholash majburiyatini oladi, moliyaviy natijalar bo'yicha buxgalteriya hisobotlarini to'zib beradi;
-kichik korxonalar o'z mablag'larini o'zi pul, moddiy tushumlar, korxona, tashkilotlarga mahsulot sotishdan kelib tushgan mablag', aktsiyalarni sotishdan, boshqa qimmatli qog'ozlarni sotishdan kelgan mablag'lar, kichik korxona mulkini hakllantirishda shartnoma bo'yicha turli korxonalar pul, moddiy shaklda badal o'tkazish fuqarolar, ishlovchilar ham pul o'tkazishlari mumkin;
-kichik korxonani tashkil etuvchi tashkilot firmani oladigan foydasidan ta'sischiga o'tkaziladigan normani belgilaydi, kichik korxona byudjet va ta'sischi bilan hisob- kitob qilib bo'lgandan so'ng kichik korxonani o'z foydasi tashkil topib, bu foyda korxona Nizomi bo'yicha taksimlanadi.

Yüklə 51,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə