Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sodda masalalar yechishga o’rgatish metodikasi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/24
tarix11.12.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#148004
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
BMI



~ 2 ~ 
Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sodda masalalar yechishga 
o’rgatish metodikasi 
REJA: 
I. Kirish. 
II. Asosiy qism:
 I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari.
1.1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar. 
1.2.
 
Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari. 
II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish 
metodikasining umumiy masalalari.
 
2.1. Matematik masalalar va ularning turlari. 
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini
shakllantirish metodikasi. 
 
2.3. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish. 
2.4

Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili.
 
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar. 



~ 3 ~ 
KIRISH 
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: 
Mustaqil huquqiy demokratik 
jamiyat qurish haqida fikr yuritganda bu jamiyatda uning to’laqonli a’zosi shaxs 
qanday bo’lish kerakligi va unda ta’lim jarayoni qanday ro’l o’ynashi haqida jiddiy 
o’ylash lozim bo’ladi. Hurmatli birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 1997-
yil 29-avgustda O’zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida “Ta’lim 
to’g’risida”gi qonunga asoslangan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ qabul 
qilindi.
1
 
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da o’quv 
jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan 
maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilm-
fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab 
chiqish, ilg’or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba 
maydonchalari barpo etish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga 
o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot 
texnologiyalari, kompyuterlashtirish va matematik ta’lim tizimini rivojlanib borishi 
belgilab berilgan. 
«Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi 
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning 
uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, 
umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini 
kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik 
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil 
etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilidi. 
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash 
mazmunini tubdan qayta ko’rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy 
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash 
maqsadida: 
1
I.A.Karimov «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” . 1997-yil Toshkent


~ 4 ~ 
1. Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks 
rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin: 
Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari 
bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim 
standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va 
o’quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o’quv-pedagogik faoliyatga, master-
klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim 
muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, 
ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, 
yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professor-
o’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
2
 
Bugungi kunda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish 
maqsadida bir qator yangi qarorlar qabul qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 2017- yil 20- apreldagi PQ – 2909 – sonli qarori oliy ta’lim tizimini 
tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-
mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy 
malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul 
qilingan. 
Professor-o’qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning 
malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o’quv yurtlarida 
malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi hamda 
respublikamizning tayanch oliy o’quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan 
o’tishi va malaka oshirishi. 
Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasi 
bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, 
Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-ta’lim 
2
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” dagi PQ – 2909 – sonli qarori 2017 -yil 20- 
aprel 


~ 5 ~ 
muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o’rnatilgani o’ta muhim ahamiyat kasb 
etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va 
olimlarning mamlakatimiz oliy o’quv yurtlari o’quv jarayoniga jalb etilishi ko’zda 
tutilmoqda.
3
 
Akademik litseylarda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, 
akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini 
jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va 
mutaxassisliklarni egallab olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-
sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
2017- yil 14- martdagi PQ – 2829 - sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
qarori, umumiy o’rta ta’limga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan 
holda umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi 
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o’rta ta’limning o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash maqsadida 
“Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017- yil 15- 
mart 140 -sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori, “Ta’lim 
to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston 
Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning uzluksizligi 
va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o’rta va 
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy 
yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini 
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida “Umumiy o’rta 
va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash 
to’g’risida”gi 2017- yil 6- apreldagi 187-sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar 
mahkamasining qarori qabul qilindi.
Respublikamizda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, pedagogik 
3
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
qaroriga sharh 


~ 6 ~ 
kadrlarning kasbiy tayyorgarligini tarkib toptirish va orttirish muammosiga 
bag’ishlangan tadqiqot ishlari keng qamrovda olib borilmoqda. 
An’anaviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va 
formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish qilish imkoniyati 
deyarli mavjud emas. Bunday ko’rinishda berilayotgan o’quv materiallarini 
o’quvchi tomonidan o’zlashtirish asosan ketma-ket ravishda amalga oshiriladi, shu 
sababli ularni esda qoldirish va o’zlashtirish juda sust bo’ladi. 
Yangi o’qitish metodikasida o’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta 
kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalalari yuklanmaydi. Bu o’qitish 
metodikasida o’quv materiallari matn va formula ko’rinishi bilan bir qatorda, 
obrazlar ko’rinishida ham taqdim etiladi. Bu ma’noda axborot texnologiyalari 
asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil 
ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning 
o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, 
berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi 
muhim sifatlarni rivojlantiradi. O’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim 
etish uchun ularni axborot texnologiyalaridan foydalanib, elektron-didaktika asosida 
elektron kitob, darslik, kurs va virtual stend ko’rinishida yaratish yuqorida qo’yilgan 
masalalarni ijobiy hal etishga olib keladi. 
Xorij va vatanimizdagi axborot-pedagogik texnologiyalarning pedagogik 
asoslari bo’yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, axborot-
pedagogik texnologiyalar elektron-didaktik (animatsiya) ko’rinishidagi 
funksiyalarga asoslanib ular: 
-
qulay ko’rinishda bo’lgan o’quv materiallarini tushunib yetishga, berilgan 
ma’lumotlar haqida tushuncha va tasavvur hosil qilishga; 
-
ko’p ma’lumotlarni olish, ya’ni ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri olish 
imkoniyati mavjudligiga; 
-
o’quv jarayonini yengillashtirishga, ya’ni kam vaqt sarf qilib ko’p 
ma’lumotlarga ega bo’lishga; 
-
moslashtiruvchanligiga, ya’ni o’quv jarayonini tashkil qilish uchun qulay 


~ 7 ~ 
bo’lgan animatsiyalarni ko’rsatish, mustaqil ishlash uchun kompyuter 
texnologiyalaridan foydalanish va guruh-guruh bo’lib bilim olishni 
tashkillashtirish masalalarining yechimini topishga qaratilganligini va ularda 
ikki turdagi, ya’ni informatsion va pedagogik yondashishlarni ko’rish mumkin. 
Ta’lim tizimida axborot-pedagogik texnologiyadan foydalanish uning yangi sohasi, 
ya’ni ta’limning elektron didaktik shakli paydo bo’lishiga asos solib, unda: o’quv 
fanlarining boblarini ajratib, elektron ko’rinishda tasvirlash, elektron o’quv 
adabiyotning ma’ruza va amaliy darslar qismini ularning vazifalaridan kelib chiqqan 
holda ishlab chiqish, elektron o’quv adabiyotni baholash mexanizmini yaratish va 
tadbiq etish, elektron o’quv adabiyotlar asosida virtual stendlar yaratish va o’quv 
jarayoniga qo’llash, elektron o’quv adabiyotni qo’llash orqali o’qitishning umumiy 
saviyasini aniqlash kabi imkoniyatlar yaratilishi ko’rsatilgan. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darsligida juda ham ko’p 
uchraydigan masalalar va ularning yechimlarini topish haqidagi ma’lumotlarni biz 
1-sinfdayoq ularga o’rgatib, ulardagi bilish va fikrlash qobiliyatini o’stirib 
borishimiz juda ham muhimdir. Masala yechishga o’rgatishning muhimligi 
shundan iboratki, o’qituvchi o’zining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini 
matematika tiliga ko’chirishga qaratmog’i lozim. Avvalo, mukammal matematik 
tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda belgilab berilgan nazariy 
bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulodda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz 
o’quvchilarda qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning 
uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli 
har gal to’plamlarni birlashtirish amalini bajarib borishi lozim.1-sinfda bir va ikki 
amalli masalalar o’rgatiladi. Masalalar yechishdagi hisoblash ishlari sonli 
masalalarni yechish malakalarini shakllantirish mashq qilishga nisbatan kamroq 
vaqtni talab qiladi. Masalan, biz o’quvchilarga masalaning yechimlari haqida to’liq 
tushuncha berganimizdan so’ng, bu yechgan masalamizning o’quvchi tushunib 
yecha olishi uchun biz masalaning eng ratsional qismini aniqlab va shu usulda 
masala yechishga ko’proq o’quvchini jalb qilishimiz kerak. 


~ 8 ~ 
Masalalalarni yechishning jadval usuli, masalalar va ularni taqqoslashni 
ikkinchi sinfda o’rgatiladi. Bu davrda o’quvchilarning fikrlash doirasi yanada 
kengayadi, ularni jadvalga qarab masala tuzishga, o’zaro teskari masalalar tuzishga 
va ularni taqqoslashga undaladi. Bоshlang’ich sinflarda o’rganiladigan masalalar 
yеchishning u yoki bu nazariy matеriallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim 
o’rnini ta’kidlab, dasturda shunday dеyiladi: “Natural sоnlar arifmеtikasi, nоlni 
o’rganish maqsadga muvоfiq masalalar va amaliy ishlar sistеmasi asоsida tuziladi. 
Bu dеgan so’z har bir yangi tushunchani tarkib tоptirish har dоim bu tushuncha 
ahamiyatini tushuntirishga yordam bеradigan, uning qo’llanishini talab qiladigan u 
yoki bu masalani yеchish bilan bоg’lanadi”. Sоdda masalalar o’quvchilarni 
matеmatik munоsabatlar bilan tanishtirishning muhim vоsitalaridan biri bo’lib 
хizmat qiladi. Sоdda masalalardan ulushlar, qatоr gеоmеtrik tushunchalar va 
algеbra elеmеntlarini o’rganishda ham fоydalaniladi. Sоdda masalalar 
o’quvchilarda murakkab masalalarni yеchish uchun zarur bo’ladigan bilimlar, 
malakalar va ko’nikmalarni tarkib tоptirish uchun asоs bo’lib хizmat qiladi. 
Yechilishi uchun bir nеchta o’zarо bоg’liq
 
amallarni bajarish talab qilinadigan 
masalalar murakkab masalalar
 
dеyiladi. 
Boshlang’ich sinflar uchun matematika dasturida bolalarni masalalarni 
yechishga o’rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni 
yechishda ular oldindan o’rgangan arifmetik amallarning xossalaridan foydalanishi 
va o’zlariga ma’lum bo’lgan usullardan eng ratsionalini tanlay olishga o’rgatish 
zarurligi ta’kidlangan. Shunday qilib, masalani yеchish uchun bеrilgan sоnlar va 
izlanayotgan sоn оrasidagi qatоr bоg’lanishlarni aniqlash va ularga muvоfiq 
ravishda arifmеtik amallarni tanlash, so’ngra bu amallarni bajarish zarur. Shuning 
uchun biz ushbu mavzu ya’ni boshlang’ich sinflarda matematikadan sodda 
masalalarni yechishda o’quvchilar qiziqishini shakllantirish yo’llarini ushbu bitiruv 
malakaviy ishimizda ishlab chiqishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. 
Yuqorida aytib o’tilgan fikrlar ushbu mavzuning dolzarbligini ifoda etadi. 

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə