Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sodda masalalar yechishga o’rgatish metodikasi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


 Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/24
tarix11.12.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#148004
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
BMI

2.3.
 Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Ma’lumki, 1-sinf o’quvchilari darsda yechiladigan masala mazmunini 
to’g’ridan-to’g’ri tushunmaydilar, chunki ular hamma narsaga qiziquvchan 
bo’lganligi uchun ham ularning fikrlari tarqoq bo’ladi. Shuning uchun ham 
masalalar yechish jarayonida o’quvchilar fikrini to’la qila olish va masala 
mazmunini yanada tushunarliroq bayon qilish kerak bo’ladi. 
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalgam oshirish yo’llaridan biri darsda 
ko’rsatilgan qurollardan o’rinli foydalanish bilan birga yaxshi tashkil etilgan 
og’zaki suhbat hisoblanadi. Fikrimizning dalili uchun bir necha masalaning 
yechilishi namunasini ko’rib o’tamiz: 
1.
Simyog’ochga 4 ta qaldirg’och qo’ngan edi. Yana 3 ta qaldirg’och kelib 
qo’ndi, so’ngra 2 ta qaldirg’och uchib ketdi. Simyog’ochda nechta qaldirg’och 
qoldi? 
O’qituvchi kartochkani ko’rsatib suhbat o’tkaziladi. 
Simyog’ochga qo’nib turgan qaldirg’ochlar 4 ta 
Bor edi-4 ta q. 
Qo’ndi- 3 ta q 
Uchdi -2 ta q. 
Qoldi – 2 ta q. 
- Bolalar simyog’ochda avval nechta qaldirg’och bor edi? 
- 4 ta qaldirg’och bor edi. 
- Yana nechta qaldirg’och kelib qo’ndi? 
- 3 ta qaldirg’och kelib qo’ndi. 
- Simyog’ochda hammasi bo’lib nechta qaldirg’och bo’ldi? 
- 7 ta qaldirg’och bo’ldi. 
- Shundan nechtasi uchib ketdi. 


~ 44 ~ 
- 2 ta qaldirg’och uchib ketdi. 
- Simyog’ochda nechta qaldirg’och qoldi. 
Kartochkadagi qaldirg’ochning usti qog’oz bilan berkitiladi. Bunday 
tushuntirish orqali o’quvchilar faqat masala mazmuniga tushunibgina qolmasdan 
balki, o’gzaki yechishga ham yetib boradilar. Shundan so’ng masala sharti yana 
bir marta o’quvchilar bilan birgalikda takrorlanadi va shartiga ko’ra quyidagi 
tartibda ifoda tuzib yechiladi. 
Simyog’ochda 4 ta qaldirg’och bor edi. Yana 3 ta qaldirg’och kelib qo’ndi: 
3+4. Shundan 2 tasi uchib ketdi: 4+3-2 
Endi bu ifoda osonlikcha yechiladi. Ya’ni avval 4 va 3 sonlari qo’shiladi. 
Yig’indi(7) hosil bo’ladi. Yig’indidan 2 soni ayriladi. Natijada izlangan son (5) 
hosil bo’ladi. 
Javob: 5 ta qaldirg’och qoldi. 
Shundan so’ng o’quvchilar yuqoridagilarni daftarlariga yozib oladilar. 
2.
Nasibada 4 ta olma bor edi. Onasi unga yana 3 ta olma berdi. U 2 ta olmani 
yedi. Uning nechta olmasi qoldi? 
Bor edi-4 ta 
Onasi berdi- 3ta 
O’zi yedi – 2 ta 
Qoldi-? 
Kartochkani bolalarga ko’rsatib, suhbat o’tkaziladi. 
- Bolalar siz kartochkadan nimani ko’ryapsiz? 
- 2 qator olmalarni. 
- Nechta olma rasmini ko’rdingiz? 
- 4 ta olma va 3 ta olmani 
- Nasibaga onasi nechta olma berdi? 
- 3 ta olma berdi. 


~ 45 ~ 
- Nasiba nechta olma yedi? 
- U olmalardan 2 tasini yedi. 
- Uning nechta olmasi qoldi? 
- O’zida 4 ta, onasi 3 ta olma bergan edi. Jami 4+3=7 ta olma bo’ldi. 2 ta olmani 
yeganidan keyin 4 + 3 = 7 – 2 = 5 ta olma qoldi. 
O’quvchilar o’qituvchilar yordamida ifoda tuzib masalani boshqa usulda 
yechishlari ham mumkin. 4+3-2=4-2+3=2+3=5. Javob: 5 ta olma qoldi.
Bu safar masala ayirmaga sonni qo’shish usuli bilan yechiladi. 
3.
Akvariumning bir tomonida 4 ta baliq yuribdi, 2-tomonida 3 ta baliq 
yuribdi. Nodira 2-tomondagi baliqlardan 2 tasini oldi. Akvariumda nechta baliq 
qoldi? 
Masala sharti o’qib tushuntiriladi va akvarium haqida tushuncha beriladi. 
- Akvarium bu – baliqchalar solib qo’yilgan idish. Ko’rgazma bolalarga 
ko’rsatiladi va og’zaki yechiladi. 
- Bolalar akvariumning bir tomonida nechta baliq bor ekan? 
- 4 ta baliq bor ekan. 
- Ikkinchi tomonida-chi? 
- 3 ta baliq. 
- Nodira nechta baliq oldi, qaysi tomondagidan? 
- 2 ta baliq oldi, ikkinchi tomondagidan. 
- Akvariumda nechta baliq qoldi? 
Shundan keyin bironta o’quvchini darstaxtaga chiqarib, ifoda tuzdiriladi va 
hosil bo’lgan ifodaning son qiymati topiladi. 
(4+3)-2=4+(3-2)=4+1=5 ta Javob: 5 ta baliq qoldi. 


~ 46 ~ 
4.
Gulnorada 4 ta lola bor edi. Nigora unga yana 2 ta lola sovg’a qildi.
Shundan keyin bolalardan birining guli to’kildi. Gulnorada nechta lola qoldi? 
O’qituvchi ko’rgazmani bolalarga ko’rsatadi. So’ngra masala shartini o’qib 
tushuntiradi. 
Bor edi- 4 ta 
Berildi – 2 ta 
Qoldi-? 
O’quvchilar savol-javob orqali masalani og’zaki yechadilar.
- Gulnorada nechta lola bor edi? 
- To’rtta lola bor edi. 
- Nigora unga nechta lola berdi? 
- Ikkita lola berdi. 
- Qani, Baxtiyor ifodani tuzchi? 
- Baxtiyor darstaxtaga chiqib ifodanituzadi: 4+2 
- Gulnoraning lolasi nechta bo’ldi? 
- Oltita bo’ldi 
- Nechta lolaning guli to’kildi? 
- Baxtiyor: ,,Bittasining” deb javob beradi va (4+2)-1 ifodani tuzib, uning 
qiymatini hisoblaydi. Bolalar daftarlariga yozadilar. 
Javob: Gulnorada 5 ta lola qoldi. 
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, shunday rasmli qog’oz lavhachalar orqali 
masalalar ifodasini tuzish va yechish oson bo’ladi. Oz vaqt ichida ko’p masala 
yechiladi. O’quvchilar qog’oz lavhalardagi masalaga mos rasmli o’z ko’zlari bilan 
ko’rib, masalaning mazmunini tez tushunadilar va uni oson yechadilar, fanga 
qizqadilar, dars jarayonida o’quvchilarning faolligi ortadi. 

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə