Mavzu: Boshqaruv jarayoni va vazifalari



Yüklə 289,5 Kb.
səhifə10/13
tarix19.12.2023
ölçüsü289,5 Kb.
#152155
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Boshqaruv va yetakchilik

Fiziologik chegara

Majlisning davomiyligi, daqiqa
rasm. Majlis ishtiroqchila rining holatini uning davomiyligiga bog'liqligi
Vaqti vaqti bilan bo'lsa ham majlis natijalariga qaytish zarur, shu jumladan ishtirokchilari so'rovi yo'li bilan:
Majlisning mavzui va maqsadi yetarlicha aniq bo'ldimi?
Ishtirokchilardan har biri kun tartibi va boshqa materiallarni o'z vaqtida oldimi?
Majlisning maqsadiga erishildimi? Qancha vaqtdan samarasiz foydalanildi?
Bundan tashqari, qabul qilingan qarorlar barcha tegishli bo'lganlar tomonidan bajarilayotibdimi yoki yo'qmi, nazorat qilish kerak. Bajarilmagan vazifalar va hal qilinmagan muommolar keyingi majlis kun tartibining birinchi bandi bo'lishi kerak.
Keluvchilar oqimini boshqarish ham muhim amiyatga ega, u hammadan avval keraksiz va ma'lum qilinmagan keluvchilardan o'zini chetga tartishga qaratilgan. Rahbarlar ishlarni begona masalalarga chalg'itmasdan o'ylab ko'rishlari uchun vaqtga ega bo'lishlari kerak. Agar har kanday kishi va haftaning har qanday kunida va kunning har qanday vaqtida shaxsan yoki telefon bo'yicha menejer bilan muloqat qilishga da'vogarlik qilsa, bu yo'l qo'yib bo'lmaydigan ortiqchalik hisoblanadi. Bu narsa sodir bo'lmasligi uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

• kotibning yozuv stolidan o'ziga xos to'siq sifatida foydalanish, uni hech kim "Men Sizga nima qilishim mumkin?", "U Sizga qo'ng'iroq qilishi mumkinmi?" so'rovlarini olmasdan, chetlab o'ta olmaydi;

    • "osoyishta soat"ni kiritish, masalan, ish kunining boshida, bu vaqtda sizni hech kim bezovta qilmasligi kerak;

    • umumiy qabul soatlarini, hamda alohida rahbarlar uchun qabulning ma'lum qabul soatlarini belgilash;

    • keluvchilarni turgan holda qabul qilish va salomlashish vaqtida kelishning ustivorligi yoki zaruriyatini belgilash.

Ma'lum qilinmagan keluvchilar bilan muloqat qilish usullari sizning yetarliga vaqtga ega bo'lishingiz, keluvchi bilan qanday munosabatda ekanligingiz, uning bilan oldingi muloqotlardan qanday tajriba olganligingizga bog'liq bo'ladi, hammadan avval, uning kelishining sabablari haqida so'rash kerak. Javobga ko'ra u bilan suhbatni o'zingizning xodimingiz yoki boshqa bo'limga topshiring. Agar masalaga kamroq vaqt sarflash bilan hal qilish mumkin bo'lsa, suhbatni davom ettiring yoki uchrashuv haqida kelishib oling. Ammo eng yaxshisi - qat'iy ma'lum qabul soatlariga o'rgatishdir. Qabulga tayyorgarlik ko'rish uchun quyidagilar zarur:
keluvchidan kelishning maqsadini aniqlash;
•suhbatning davomiyligini oldindan belgilash;
•agar mo'ljallangan maqsadga rejalashtirilgan vaqt davomida erishishning iloji botmasa, suhbatni boshqa vaqtga ko'chirish;
•xususiy axborotni qabul oxirida bayon qilish;

  • suhbatga tayyorlanish va kerakli hujjatlarni tayyor holda ushlab turish.

O'z xodimlarini qabul qilish uchun ham qabul saotlarini belgilash zarur. Vujudga kelgan muammolarni aniqlash uchun muntazam ravishda qisqa operativ majlislarni o'tkazish zarur.
Agar majlis cho'zilib ketsa, keluvchi esa uni tugatishni istamasa, quyidagilar maqsadga muvofiqdir:
-umumiy xulosani aytish va suhbatni yakunlash;
-qo'l soatiga qarash;
-turish va keluvchini eshikkacha kuzatish;
-kotib bilan, u suhbatni uzib qo'yishi va keyingi ish haqida eslatishni kelishib olish;
-keluvchini suhbatgacha va uni yakunlashdan oldin sizni boshqa keluvchilar kutayotganligi va sizning vaqtingiz cheklanganligini xabardor qilish;
-oddiygina qilib, siz hozir suhbatni tugatishni istayotganligingizni aytish.

Yüklə 289,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə