Mavzu: buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqiqot usullari


Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 122,01 Kb.
səhifə14/35
tarix18.06.2023
ölçüsü122,01 Kb.
#117819
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Mavzu buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqi

Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha



Тurli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o’z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o’tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o’rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag’larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.
Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich- moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko’rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo’shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag’lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o’lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig’ma ko’rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o’lchovlarda ham ko’rsatiladi. Bu o’lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o’z ichiga oladi.
Ko’pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga aylanmaydi. Chunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan mehnat mahsuli sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu vaqtning o’tishi davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’lib turadi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni vujudga keladi. Тaqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona va davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi. Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish tugagandan so’nggina aniqlanadi va qayd qilinadi. Korxonaning mablag’lari boshqa bosqichlarda, ya’ni operatsiya jarayonida sodir bo’ladi. Bu - korxona ta’minoti va tayyor buyumlarni sotish bosqichlari.
Тa’minot doirasida korxona pul mablag’lari hisobiga o’ziga zarur bo’lgan moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo’ladi. Bu bosqichning yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo’ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag’lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko’p bo’ladi.
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan, korxona tomonidan olingan summasi, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, foyda solig’i aniqlanadi va qayd qilinadi.
Sotish jarayoni tugagandan so’ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak bo’lgan summalarni o’tkazish imkoniga ega bo’ladi.
Тovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag’larining aylanish davri uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo’jalik aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh kompaniya bilan unga u yoki bu mablag’larni topshirish yoki olib qo’yish paytida, bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, budjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Хo’jalik aloqalari buxgalteriya hisobida korxona mablag’larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi.
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun qilingan iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir bo’ladi.
Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag’laridan foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog’liqni saqlash va boshqa shu kabi mablag’lari kiradi. Bu mablag’larning holati va ulardan foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag’larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi. Demak, mablag’larning aylanish davri faqat uning xar xil bosqichlari ketma - ket uzluksiz kelib tursagina sodir bo’lishi mumkin.
Mablag’larning aylanish davrini to’g’ri tashkil qilish, ularni har bir bosqichini; bo’lgan muddatlarda bo’lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga keladigan jarayonlar odatda har doim, deyarli uzluksiz sodir bo’ladi. Shuning uchun ham, korxonalar har bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi - pul, ishlab chiqarish va tovar mablag’lariga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga bu mablag’larning miqdori korxona faoliyatining xajmiga to’g’ri kelishi va har bir boskichda normal ishni ta’minlashi kerak.
Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo’jalik operatsiyalaridan iborat. Masalan, ta’minot va sotish qator xarajatlar qilish - sotish hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda amalga oshiradi.
HarHar bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag’larining harakati, ularning shakllari o’zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda korxona pul mablag’lari o’rniga o’zlariga kerak bo’lgan mehnat buyumlarini oladi va ularni sarflashda mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib, tayyor mahsulot olinadi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo’jalik operatsiyalari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirshda korxona mablag’larining harakatidan iborat ekan.
Хo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish obyekti haqida kerakli axborotlarni olish, mablag’lardan samarali foydalanish darajasini baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham ular buxgalteriya hisobining asosiy mazmunini tashkil qiladi.Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt xo‘jalik faoliyati davomida turli xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirib boradi va, buning oqibatida, o‘z mablag‘larining holatini, ulardagi o‘zgarishlarni tartibga soladi. Xo‘jalikda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlar, asosan, mablag‘lar harakati bilan bog‘liq bo‘lib, har bir jarayon mablag‘lar harakatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyati va boshqa hisob turlaridan farqi shundaki, birinchidan, uning uzluksiz olib borilishi bo‘lsa, ikkinchidan, turli o‘lchov birliklarida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining pul o‘lchov birligida ifoda etilishi, uchinchidan, hisob ko‘rsatkichlarida mablag‘larning turlari bo‘yicha alohida-alohida hisobga olinishini ta’minlashdir.Har bir xo‘jalik jarayonida o‘zaro bog‘liqlikning to‘g‘ri tashkil qilinishi korxona faoliyatining bir me’yorda olib borilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Asosiy xo‘jalik jarayonlari yordamida korxona va tashkilotlardagi mablag‘larning holati o‘rganiladi.Asosiy xo‘jalik jarayonlariga uch jarayon, ya’ni ta’minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlari kiradi. Har bir jarayonda mablag‘larning harakati baholanadi. Demak, bu jarayonlarda buxgalteriya hisobida aks ettirilgan korxona va tashkilotlarning asosiy va oborot mablag‘larining holati ko‘rsatiladi. „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“ gi Qonunning 12-moddasida „Oborot aktivlarini baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yicha balans tuzilgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi. Asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar ularning to‘liq boshlang‘ich ishlab chiqarish qiymati bo‘yicha hisobga olinadi“ deb belgilangandir.
Asosiy vositalarni sotib olish, o‘rnatish, tashib kelish bilan bog‘liq xarajatlar bevosita ularning boshlang‘ich qiymatiga o‘tkaziladi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishlatilishi munosabati bilan o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga o‘tkazib beradi. Asosiy vositalarni baholashda ularni sotib olish, tayyorlash yoki boshqa mulk egalaridan qaytarib bermaslik sharti bilan olinishiga alohida ahamiyat berish lozimdir.
Har bir xo‘jalik jarayonida ishtirok etuvchi schotlar tizimi bir-biridan farq qiladi, buning sababi shundaki, jarayonlardagi xo‘jalik operatsiyalari mablag‘lar xarajatidagi o‘zgarishlarni tartibga soladi, ikkinchidan, baholash tartibida ham bir-biridan farq qiladi
Mavzu: ta’minot jarayon xisobini bilish. Ishlab chiqarish jarayonining buxgalteriya xisobi

Har bir korxona va tashkilot tegishli faoliyat yuritish bilan o‘zining ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, bu jarayonning bir me’yorda tashkil qilinishi uchun asosiy mezon bo‘lib ta’minot jarayoni hisoblanadi.


Ishlab chiqarish jarayoni, o‘z navbatida, ta’minot va sotish jarayonlariga o‘z ta’sirini o‘tkazib borishi mumkin.
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish jarayonining to‘g‘ri tashkil qilinishi, birinchidan, mahsulot tannarxini to‘g‘ri hisob-kitob qilish imkoniyatini yaratsa, ikkinchidan, mehnat unumdorligi, mavjud resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni ifoda etadi.
Ishlab chiqarish jarayonida korxonaning tegishli mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq imkoniyatlari to‘liq namoyon bo‘ladi. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish jarayoni quyidagi schotlarda hisobga olinadi:
— asosiy ishlab chiqarish schotida;
— asosiy vositalarning eskirishi schotida;
— nomoddiy aktivlarning eskirishi schotida;
— yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar schotida; — umumishlab chiqarish xarajatlari schotida; — tayyor mahsulot schotida.
Asosiy ishlab chiqarish“ schoti. Schot aktiv hisoblanib, uning uslubiyatida asosiy ishlab chiqarishga chiqarilgan xomashyo va materiallar summasi ko‘rsatilsa, kredit tomonida asosiy ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar summasi ko‘rsatiladi. Bu schotning o‘ziga xos xususiyati shundaki, mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar oy oxirida shu schotga o‘tkaziladi. „Asosiy ishlab chiqarish“ schotida mahsulotning tannarxi aniqlanadi. Demak, „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti tannarx aniqlovchi schot hisoblanadi.

Mavzu: sotish jarayonining xisobi


Ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo’lib tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Тayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to’liq javob beradigan, texnik nazorat bo’limi (ТNB) yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan buyum va mahsulotlardir.Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bozor talabini o’rgangan holda tuzilgan shartnomalarga, assortiment, son va sifat reja topshiriqlariga binoan, doimo ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ko’paytirish, ularning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishga e’tibor berib mahsulot ishlab chiqaradilar.Bozor munosabatlari sharoitida asosiy e’tibor mol yuborish – shartnomalari bo’yicha mol sotishga qaratiladi, chunki bu korxona faoliyatining maqsadga muvofiqligini, uning samaradorligini aniqlovchi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Korxonaning hisob – kitob schyotiga pul tushgan va tushmaganligidan qat’i nazar barcha yuklangan va jo’natilgan mahsulotlar sotish hajmiga qo’shilishi mumkin.Shunday qilib, sotish jarayoni korxona xo’jalik mablag’larining doiraviy aylanishini yakunlaydi. Bu o’z navbatida korxonaga davlat budjeti, ssudalar bo’yicha banklar, ishchi va xizmatchilar, mol yuboruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish, ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash imkoniyatini beradi. Sotish rejasini bajarmaslik aylanma mablag’lar aylanishini sekinlashiga, xaridorlar oldida shartnoma vazifalarini bajarmaganligi uchun jarima to’lashga, to’lovlarni kechikishiga, korxonaning moliyaviy holatini yomonlashishiga olib keladi.Korxona sotish hajmi bilan bir qatorda foyda summasini ham rejalashtiradi. Chunki, mahsulotning sotish (shartnoma) narxi belgilanganda uning tarkibiga ma’lum summada yoki foizda foyda (daromad) summasi ham kiritiladi. Agar shartnoma (reja) bo’yicha sotishga tegishli mahsulotlar miqdorini shartnoma bahosiga ko’paytirsa reja bo’yicha ularni sotish qiymati kelib chiqadi, foyda foiziga qarab esa reja foyda summasi hisoblab chiqiladi. Bu budjetga foydadan bo’nak ajratmasini to’lash uchun baza bo’lib hisoblanadi.Korxona aylanma mablag’ining tarkibiy qismi hisoblangan tayyor mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxida yoki sof sotish qiymatida29.Тayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisobot davri tugagandan so’ng aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning harakati har kuni sodir bo’ladi, uning uchun joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Тayyor mahsulotlar harakatining kundalik hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki korxonaning shartnoma baholarida yoki hisob bahosi deb nomlanadigan chakana jo’natish baholarida yuritiladi.Chunonchi, mahsulot birligining reja tannarxi korxonada ishlab chiqiladi. U oy oxirida tayyor mahsulotlarning guruhlari bo’yicha farq summasini yoki foizini hisoblash yo’li bilan haqiqiy tannarxga yetkazib qo’yiladi. Farq summasi va foizi mahsulotning oy boshiga qoldig’i hamda uning oy davomidagi kirimiga qarab hisoblab chiqiladi. Farqi tejalganligini yoki korxona tomonidan ortiqcha xarajatga yo’l qo’yilganligini ko’rsatadi va shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi uning ish natijalarini ta’riflaydi. Тayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga olingan bo’lsa, farqlar ham shu schyotlarda tejalgan bo’lsa qizil siyohda storno (qayta yozuv) qilib, ortiqcha xarajat bo’lsa - oddiy siyohda aks ettiriladi. Farq foizi va jo’natilgan mahsulotning reja tannarxi sotilgan hamda ombordagi oy oxiriga qolgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.Hisobda tayyor mahsulotlarga boshqa baholar qo’llanilsa ham farq summasi va foizi shu tartibda hisoblanadi.Тayyor mahsulotlar harakati hisobini to’g’ri tashkil etishda ularning nomenklaturalarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Mahsulotlar nomenklaturasi – ushbu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar turlari nomlarining ro’yxatidir. Mahsulotlar nomenklaturasini tuzishda bir buyumni ikkinchisidan ajratib olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarni ma’lum belgilariga qarab qilingan tasnif asos bo’ladi. Nomenklatura raqami turli miqdordagi raqamlar bilan belgilanishi mumkin. Korxona nomenklaturalaridan quyidagi xizmatlarda:

  • dispecherlar – mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qilish uchun;

  • sexlar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini nazorat qilish uchun va tayyor mahsulotlarni omborga topshirishda nakladnoylar yozish uchun;

  • marketing bo’limi – mahsulot jo’natish shartnomasining bajarish imkoniyati ustidan nazorat qilish uchun;

  • buxgalteriya – analitik hisob, svodkalar va hisobotlar tuzish uchun foydalanishi mumkin.

Shuning uchun korxonalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulotlar ularni yuklash va sotish hisobi alohida o’rin tutib, uning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning zaxiralari holati hamda omborda saqlanishi, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar ustidan uzluksiz nazorat qilish;

  • yuklangan va jo’natilgan mahsulot (ish, xizmat) larni o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirish, xaridorlar bilan olib boriladigan hisob– kitoblarni aniq tashkil etish;

  • sotilgan mahsulotlarning hajmi va assortimenti bo’yicha mol jo’natish shartnoma rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilish;

  • sotilgan mahsulot uchun olinadigan mablag’lar summasini, mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni, foyda summasini o’z vaqtida va aniq hisoblab chiqish.Bu vazifalarning bajarilishi korxonaning bir tekisda ishlashi, sotish hamda ombor xo’jaligini to’g’ri tashkil qilish, xo’jalik operatsiyalarini o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirishga bog’liq.

Mavzu: xujjatlashtirish va ashyoviy ro’yxatdan o’tkazish




Yüklə 122,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə