Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari



Yüklə 241,44 Kb.
səhifə17/21
tarix14.02.2023
ölçüsü241,44 Kb.
#100790
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
diplom ishi

3. Taqsimlovchi schotlar. Bu schotlar korxonaning ayrim turdagi xarajatlarini hisobga olish va tannarx obyektlariga taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi. Taqsimlovchi schotlar o‘z navbatida yig‘ib-taqsimlovchi va nazorat-taqsimlovchi (hisobot davrlari oralig‘ida taqsimlovchi) schot-larga bo‘linadi.
Yig‘ib-taqsimlovchi schotlar ishlab chiqarishni boshqarish, tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko‘rsatish sarflarini yig‘ish va ularni keyinchalik tegishli hisob obyektlariga taqsimlash uchun mo‘ljallangandir. Bunday schotlarni qo‘llash zaruriyatining ikkita sababi mavjud. Birinchidan, ayrim xarajatlar qilingan vaqtida ularni hisobga olish uchun tayinlangan hisob obyektlariga bevosita yozish imkoni bo‘lmaydi, ikkinchidan esa bu schotlar (yig‘ib-taqsimlovchi schotlar) xarajatlar normativini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Yig‘ib-taqsimlovchi schotlarda jamlangan xarajatlar hisobot davri tugaganidan so‘ng tegishli hisob obyektlariga taqsimlanadi. Yig‘ib-taqsimlovchi schotlarga «Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» kiradi.
Nazorat-taqsimlovchi (hisobot davri oralig‘ida taqsimlovchi) schotlar ma’lum xo‘jalik jarayonida qilingan xarajatlarni hisobga olish va ularni bir-biriga bog‘liq bo‘lgan hisobot davrlari oralig‘ida taqsimlash uchun hamda keyinchalik sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni qoplash va bu xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga to‘g‘ri qo‘shish uchun qo‘llaniladi. Bunday schotlarga «Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» va «Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlarini hisobga oluvchi schotlar» misol bo‘ladi.
«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» aktiv schotlar bo‘lib, ularning debetida kelgusi hisobot davrlari uchun mazkur hisobot davrida qilingan sarflar, kreditida esa, shu sarflarni ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shish vaqti kelganda, ularning taqsimlanishi aks ettiriladi. Bu schotlarning faqat debetidagina qoldiq qolishi mumkin va u kelgusi hisobot davrlari davomida ishlab chiqarish sarflariga qo‘shilishi kerak bo‘lgan xarajatlar hisoblanadi.
«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar»ning tuzilishi quyidagicha (4 - jadval).

Yüklə 241,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə