Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari



Yüklə 241,44 Kb.
səhifə19/21
tarix14.02.2023
ölçüsü241,44 Kb.
#100790
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
diplom ishi

III. Xulosa
“Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” nafaqat byudjet tashkilotlari balki, boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kassa muomalalarini tashkil qilishning asosiy qoidalarini o’zida tashkilot kassasiga kirim qilinadigan va kassadan chiqim naqd pul mablag’larini xujjatlashtirish tartibi beligilangan. Bundan tashqari, tashkilot kassasini jihozlash, undagi shart sharoitlar, kassirning javobgarliklari, majburiyatlari, kassa muomalalari bilan bog’liq rahbar va bosh hisobchining majburiyatlari va javobgarliklari hamda huquqlari aniq belgilab qo’yilgan.
Kassaga kirim qilingan naqd pul mablag’lari bo’yicha rasmiylashtiriladigan kassa kirim orderi, chiqim qiligan naqd pul mablag’i bo’yicha rasmiylashtiriladigan kassa chiqim orderlari va ularga ilova qilinadigan xujjatlar ro’yhati va ularni rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Kassir tomonidan kassa kitobini yuritilishi, kassa hisobotini tuzishi va bosh hisobchiga topshirish tartibi hamda muddatlari belgilangan. Tashkilotlar kassasiga naqd pul mablag’larini qabul qilish bosh hisobchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan KO-1-son shakldagi kirim kassa orderi bo’yicha amalga oshiriladi. Tashkilotlar kassasidan naqd pul mablag’larini berilishi KO-2-son shakldagi chiqim kassa orderi yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish bo’yicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) bo’yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari bo’lgan shtamp qo’yilgan holda amalga oshiriladi. Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki 440-son shakldagi kassa daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el valyutasi mablag’lari bo’yicha alohida kassa daftari yuritiladi. Kassa daftaridagi yozuvlar kassir tomonidan har bir order yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjat bo’yicha pul olingan yoxud berilganidan keyin darhol amalga oshiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun uchun operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassadagi keyingi kun uchun pullar qoldig’ini chiqaradi va keyingi kuni buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida kassa daftarida imzo chektirgan holda kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga ikkinchi yirtma varaqni (kassa daftaridagi bir kun uchun yozuvlar ko’chirma nusxasini) topshiradi. Topshirilgan kassa hisoboti buxgalteriyada tekshiriladi va uning asosida kassa operatsiyalariga doir 381-son shakldagi jamlanma qaydnomaga (1-son memorial order) va analitik hisobning boshqa registrlariga yoziladi. 1-son memorial order bo’yicha oylik aylanmalarning umumiy summasidan byudjetdagi (byudjetdan tashqari) hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar chiqarib tashlanadi.
Buxgalteriya hisobida kassa operatsiyalari hisobi 12 “Kassa” schyotida 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari” va 121 “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari” subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot kassasidagi naqd pul mablag’larining mavjudligi va ularning harakati hisobga olinadi.
Kassa muomalalari nazorati kassadagi naqd pul va unga tenglashtirilgan mablag’lar qoldig’ini inventarizatsiyadan o’tkazish va hisob ma’lumotlari bilan solishtirish tushiniladi. Inventarizatsiya 19-son BHMS “Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish” nomli standart asosida amalga oshiriladi.
kassa muomalalarini tekshirayotganda bu muomalalarni amalga oshirish belgilangan tartibga qanday amal qilinayotganini, kassa intizomini, naqd pul bilan amalga oshirilgan muomalalar konuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim.
Kassa muomalalari hisobini takomillashtirishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

  • byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarini amalga oshiruvchi kassir javobgarligi bo’yicha shaxsan avobgarlik to’g’risida shartnomani qonunuchilik talablari asosida rasmiylashtirish;

  • kassir ustidan nazorat olib boruvchi buxgalterlar kassa nazorati vazifasini o’z vaqtida bajarishlarini ta’minlash;

  • kassa muomalalarini asoslovchi birlamchi va yig’ma xujjatlar ko’rsatkichlarini doimiy nazoratdan o’tkazib borish;

  • kassir toomonidan taqdim qilinadigan kassa hisobotiga birlamchi xujjatlar ilova qilinganligi, ularning to’g’ri rasmiylashtirilganligini ta’minlash.

Yuqorida bildirilgan tavsiyalarni inobatga olinishi byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobi va nazoratini yuritishni yanada takomillashtirish imkonini beradi deb o’ylaymiz.


Yüklə 241,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə