Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari


«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar»



Yüklə 241,44 Kb.
səhifə18/21
tarix14.02.2023
ölçüsü241,44 Kb.
#100790
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
diplom ishi

«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar»

D-t

K-t

Boshlang‘ich qoldiq – o‘tgan hisobot davrlarida mazkur va kelgusi hisobot davrlari hisobiga qilingan xarajatlar




Oborot – mazkur hisobot davri xarajatlariga yozilgan o‘tgan hisobot davrlari xarajatlari

Oborot – kelgusi hisobot davrlari uchun mazkur hisobot davrida qilingan xarajatlar

Oxirgi qoldiq – kelgusi davr xarajatlari

«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlarini hisobga oluvchi schotlar» passiv schotlar bo‘lib, u har oy hisoblanib, ishlab chiqarish sarflariga qo‘shib borish yo‘li bilan kelgusida qilinadigan xarajat va to‘lovlarni qoplash uchun mablag‘ yig‘ish va yuqorida ko‘rsatilgan xarajat va to‘lovlar sodir bo‘lganda shu rezerv hisobidan qoplashni hisobga olish uchun xizmat qiladi. Bu schotning kreditida har oyda ishlab chiqarish sarflariga qo‘shish yo‘li bilan tashkil etilgan rezerv summasi aks ettirilsa, debetida esa shu rezerv hisobidan qilingan xarajatlar va to‘lovlar hisobga olinadi. «Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlarni hisobga oluvchi schotlar» schotining qoldig‘i faqat kreditda bo‘lib, foydalanilmagan rezerv summani bildiradi.


4. Kalkulatsiya schotlari xarajatlarni hisobga olish va ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxini aniqlashga xizmat qiladi. Bu schotlarning debetida ishlab chiqarishga qilingan turli-tuman xarajatlar yozib borilsa, kreditida ishlab chiqarishdan olingan mahsulot, ish va xizmatlarning reja tannarxi bo‘yicha qiymati, ishlab chiqarishda foydalanilmagan moddiy boyliklarning omborga qaytarib olinishi va boshqalar aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxiriga qoladigan qoldiq kalkulatsiya schotlarining faqat debetida bo‘ladi. Bu qoldiq buxgalteriya balansida tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida ko‘rsatiladi. Kalkulatsion schotlarga «Asosiy ishlab chiqarish», «Yordamchi ishlab chiqarish» va boshqa schotlar misol bo‘ladi.
5. Tranzit (taqqoslovchi) schotlar. Bu schotlar korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini va yakuniy moliyaviy natijani aniqlashda ishlatiladi. Bularga «daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar» misol bo‘la oladi. Korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining natijalari xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarning debetida aks ettiriladigan sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxini, «daromadlarni hisobga oluvchi schotlar»ning kreditida hisobga olingan shu mahsulot, ish va xizmatlarning sotish bahosi bo‘yicha qiymati taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunday taqqoslash «Yakuniy moliyaviy natija» schotida amalga oshiriladi. Aniqlangan natija (qoldiq) kreditda (sotilgan mahsulot, ish yoki xizmatlarning sotish bahosi bo‘yicha qiymati reja tannarxidan yuqori bo‘lsa) xo‘jalikning foyda ko‘rishini bildiradi, agar qoldiq debetda qolsa, aksincha, zarar ko‘rganligini bildiradi.
Schotlar rejasi xos raqam (kod) belgilaridan foydalangan holda nazoratni amalga oshirish va moliyaviy hisobotni tuzish maqsadlarida korxona mulklari va kapitalining joriy buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ishlatiladigan, ilmiy asosda guruhlangan va bir tizimga solingan schotlar ro‘yxatidir. Schotlar rejasining tuzilishi schotlarni iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turkumlashga asoslanadi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi xo‘jalik yurituvchi subyekt-lar moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida axborotlarni shakllantirish jarayonlariga yangicha talablar qo‘ymoqda. Buxgalteriya hisobi natija-viy axborotlarining foydaliligini ta’minlash muammolari mutaxas-sislarning diqqat markazida turibdi. Bu manfaatdor axborotdan foydalanuvchilar nuqtayi nazaridan xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi va obyektivligida ifodalanadi. Biroq yangi vazifalarni hal etish uchun axborotlarni to‘plash va bir tizimga keltirish tartibini maqbullashtirish, ya’ni xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirishni takomillashtirish talab qilinadi.
Schotlar rejasini qayta ko‘rib chiqish zarurati quyidagi asosiy omillar bilan bog‘liq:
— iqtisodiyotda bozor munosabatlarini qaror toptirish;
— buxgalteriya hisobining uslublarini rivojlantirish;
— buxgalteriya hisobi qoidalarini xalqaro tan olingan buxgalteriya amaliyoti bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlash.
Eski schotlar rejasida moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini hisobga olish tartibi mulkdorlar, aksiyadorlar va boshqa investorlar uchun zarur bo‘ladigan, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni tizimli tarzda shakllantirishni ta’minlamaydi. Xususan, eski schotlar rejasidagi foyda va zararlar schotining qoldig‘i na hisobot yilining sof foydasini, na taqsimlanmagan foydani bildiradi. Taqsimlanadigan haqiqiy sof foyda summasi to‘g‘risida aksiyadorlar va investorlarning talablarini qondirish uchun ko‘plab tuzatish yozuvlari qilinar edi.
Yangi schotlar rejasini qabul qilish va amaliyotda qo‘llash mamlakatimizda buxgalteriya hisobini xalqaro tan olingan hisob amaliyoti bilan yaqinlashtirish bo‘yicha faol va aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish alohida dolzarb hisoblanadi.
Hukumat tomonidan O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi moliyaviy axborotlarni shakllantirish jarayonlarini sezilarli darajada o‘zgartirish zaruratini belgilab berdi. Buning natijasida milliy buxgalteriya hisobi tizimi moliyaviy hisobot xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish uchun yaroqli ma’lumotlarni tayyorlash, eng kamida ushbu standartlar asosida olingan ma’lumotlar bilan taqqoslashni ta’minlaydi.
Schotlar rejasini qayta ko‘rib chiqishga asosiy yondashuvlar eski schotlar rejasini va yangi schotlar rejasining loyihasini chuqur tahlil qilish natijasida shakllandi. Shuningdek, yangi schotlar rejasi amaliyotga bosqichma-bosqich tatbiq qilindi. Yangi schotlar rejasini tuzilish negizida quyidagi yondashuvlar yotadi:

  • buxgalteriya hisobida shakllanadigan moliyaviy axborotlar mazmunining schotlar rejasi tuzilmasiga bog‘liq emasligi;

  • xo‘jalik faktlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantirish va bir tizimga solish jarayonining soliqqa tortish maqsadlari uchun ma’lumot-larni shakllantirishdan nisbatan mustaqilligi;

  • hisob jarayonining buxgalteriya hisobotlarining qandaydir ma’lum turidan nisbatan mustaqilligi;

  • buxgalteriya hisobining umumuslubiy tamoyillariga rioya qilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ishchi schotlari rejasini mustaqil tuzishlarini ta’minlash;

  • yangi schotlar rejasi bilan ishlashning amaliy jihatdan qulayligi;

  • schotlar rejasi tuzilishidagi qulaylik.

Schotlar rejasida schotlarning nomlari va xos raqamlari berilgan. Schotlarning xos raqamlari to‘rt xonali, balansdan tashqari schotlarniki esa uch xonali.
Schotlarga xos raqam berilishi (kodlashtirilishi) dastlabki hujjatlarga ishlov berishni tezlashtiradi. Hujjatlarga belgi qo‘yishda ularga debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlarning nomlari o‘rniga korrespondensiyalanuvchi schotlarning xos raqAnalitik schotlar schotlar rejasiga kiritilmagan. Chunki bu uni foydalanuvchi uchun qo‘pol va noqulay shaklga keltiradi. Schotlar rejasiga uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma ilova qilingan. Unda schotlarning iqtisodiy tavsifi va ularning o‘zaro korrespondensiyalanishi berilgan. Schotlar rejasining yo‘riqnomasida keltirilgan schotlarning namunaviy korrespondensiyalanishi schotlar korrespondensiyalani-shining barcha variantlarini to‘liq qamrab olmaydi. Xo‘jalik faktlari bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda namunaviy schotlar korrespondensiyasida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, korxonaning o‘zi ularni to‘ldirishi mumkin. Bunda buxgalteriya hisobini yuritishning qoidalari va asosiy uslubiy tamoyillariga rioya qilinishi lozim. Schotlar rejasidagi barcha schotlar oltita qism va to‘qqiz bo‘limga guruhlangan.
Buxgalteriya hisobining namunaviy schotlar rejasiga muvofiq har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt faqat mazkur subyektda qo‘llaniladigan schotlardan iborat ishchi schotlar rejasini ishlab chiqadi. Ishchi schotlar rejasi korxona hisob siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Zarur hollarda namunaviy schotlar rejasiga, schotlarning bo‘sh turgan xos raqam belgilaridan foydalanib, O‘zR Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qo‘shimcha schotlar kiritish mumkin.
Yagona schotlar rejasi buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish va yo‘lga qo‘yish uchun ulkan ahamiyatga ega. U buxgalteriya hisobining bir xilligini ta’minlaydi, uni tartibga solish va soddalashtirishga yordam beradi.
Schotlar rejasidan foydalanish amaliyotda buxgalter ishini ancha tezlashtiradi. Chunki schotlarning nomlari o‘rniga faqat ularning xos raqamlari va ular asosida tuziladigan buxgalteriya provodkalari ko‘rsatiladi.amlari ko‘rsatiladi.
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ning (№21-BHMSning 1-ilovasi) «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar rejasi» 6ta qism va 9ta bo‘limdan iborat bo‘lib,1-8-bo‘limlar doimiy yoki balans schotlari so‘ngra 9-bo‘lim tranzit (vaqtinchalik) schotlar va alohida 6-qism balansdan tashqari schotlardan iborat.
Doimiy schotlar deb nomlanishiga sabab, ular har hisobot davrining oxirida yopiladigan tranzit schotlardan farqli hamma vaqt qoldiqqa ega bo‘ladi. Doimiy schotlar balansda ko‘rsatiladi va shuning uchun ular balans schotlari deb ham ataladi. Bularga aktivlarni, majburiyatlarni va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schotlar kiradi. Doimiy schotlarga aktiv, passiv va kontrar (kontr-aktiv va kontr-passiv) kiradi.
Aktiv schotlar har xil aktivlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning qoldig‘i va ko‘payishi debet tomonida, kamayishi esa kredit tomonida aks ettiriladi.
Passiv schotlar majburiyatlar va kapitalni aks ettirish uchun mo‘l-jallangan bo‘lib, ularning qoldig‘i va ko‘payishi kredit tomonida, kamayishi esa debet tomonida aks ettiriladi.
Kontrar schotlar – bu qoldig‘i o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy schotlar qoldig‘idan ayirilib, moliyaviy hisobotda aktivlar yoki majbu-riyatlarning sof qiymatini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Masalan, 0200- «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schotlar»( 0211-0299) kontr-aktiv bo‘lib, ularning qoldig‘i tegishli asosiy vositani hisobga oluvchi schot qoldig‘idan chegirilib, balansda asosiy vositaning sof qiymatini aks ettirish uchun qo‘llaniladi. 8600- «Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schotlar» (8610,8620) kontr-passiv bo‘lib, ularning qoldig‘i 8300 «Ustav kapitalini hisobga oluvchi schotlar» (8310,8320) qoldig‘idan chegirilib, balansda ustav kapitalining real qiymatini aks ettirish uchun qo‘llaniladi.


Yüklə 241,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə