Mavzu: Dars – ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari


Dasturiy ta’lim (dasturlashtirilgan ta’lim)



Yüklə 75,28 Kb.
səhifə21/25
tarix12.04.2022
ölçüsü75,28 Kb.
#85369
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
mavzu

Dasturiy ta’lim (dasturlashtirilgan ta’lim) harakat (operatsiya) lar ketma – ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish oldindan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi “dastur” terminidan kelib chiqadi.

Kompyuterli ta’lim. Ma’lumki, oʻqitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi natijasida shaxsiy EHM rivojlanishi negizida kompyuterlashtirilgan ta’lim vujudga keldi.

Kompyuter – (ing. computer - hisoblayman) – oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Ta’lim – tarbiya jarayonlarini kompyuterlashtirishda zamonaviy kompyuterlar universal didaktik vositalar (qurilma) boʻlib hisoblanadi va ularning ta’lim-tarbiya jarayonlarining optimal variantlarini topishdagi roli beqiyos. Shuningdek, kompyuter ta’lim oluvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini takomillashtirishda yangi dasturiy – texnik universal vositasi boʻlib, ularning amaliy tafakkurini kengaytirish va chuqurlashtirib, ulardagi bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishni yuqori darajaga koʻtaradi.

Kompyuterli ta’lim dasturlari, odatda ikki xil, ya’ni axborot ma’lumotli va nazorat ta’limiy tartibda oʻqitish imkoniyatiga ega boʻlgan turlarga boʻlinadi.

Ta’lim oluvchilarni masofadan turib oʻqitish mobaynida kompyuterlar ta’lim oluvchilarning oʻz-oʻzining bilimini sinovida ya’ni joriy va oraliq baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Koʻpchilik mualliflar ta’lim metodini oʻquvchilarning oʻquv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.

Shu qoidani boshlangʻich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil koʻrib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.




Yüklə 75,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə