Mavzu: diqqatning funksiyalari, turlari, asosiy xususiyatlari


Diqqatning kuchi va barqarorligi



Yüklə 432,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.04.2023
ölçüsü432,41 Kb.
#107718
1   2   3   4
9-Mavzu

Diqqatning kuchi va barqarorligi
. Diqqatning kuchi va barqarorligi uning 
muhim xossalaridan hisoblanadi. Diqqatning kuchi turli darajada bo‘lishi diqqat 
kuchli va kuchsiz bo‘lishi mumkin. Diqqat qanchalik kuchli bo‘lsa, u diqqat 
obektiga shunchalik ko‘p to‘planadi, boshqa, ayni vaqtda keraksiz bo‘lgan 
narsalarga shunchalik kam chalg‘iydi. O‘quvchining diqqati har xil, hatto kuchsiz 
darajadagi chetki qo‘zg‘ovchilardan, chunonchi, qalamning tushib ketishiga, 
qo‘shni partadagi o‘rtoqlarining pichirlashganiga, koridorda bo‘layotgan gaplarga 
chalg‘ib ketaversa bu ayni vaqtda o‘quvchining diqqati kuchsizligidan dalolat 
beradi. Agar o‘quvchi bunday chetki qo‘zg‘ovchilar (ba’zan hatto kuchli 
qo‘zg‘ovchilar) ta’sirini ham go‘yo «sezmay», balki muayyan bir ishga berilib qunt 
bilan ishlasa, bu ayni vaqtda o‘quvchi diqqatining kuchliligidir. 
Eng kuchsiz diqqat, odatda, tarqoq diqqat, parishon diqqat yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri 
parishonlik deyiladi.
Diqqatning barqarorligi. 
Diqqat Ma’lum darajada barqaror va beqaror 
bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatgacha bir narsaning o‘ziga qaratilib tura oladigan 
diqqat 
barqaror 
diqqat deyiladi. Agar diqqat biron-bir faoliyat jarayonida boshqa 
narsalarga, kcraksiz narsalarga chalg‘iyversa yoki tez sustlashib va so‘nib qolsa, 
bunday diqqat 
beqaror 
diqqat deyiladi.
Diqqatning taraqqiy etishi.
Bolalar diqqati juda erta hayotlarining birinchi oylaridayoq ko‘rina boshlaydi. 


Dastaval ixtiyorsiz diqqat namoyon bo‘ladi. Bola o‘z diqqatini biron jihati bilan
rang-barangligi, ohangdorligi, harakatchanligi bilan ajralib turuvchi Ma’lum bir 
narsalarga qaratadi. Bolalarning yoshlari ulg‘aygan sari, o‘yin faoliyatlari 
davomida, tarbiya ta’siri bilan ixtiyorsiz diqqatlari taraqqiy qila boradi. Ixtiyorsiz 
diqqatning taraqqiysi o‘sib borayotgan hissiyot, ehtiyoj va qiziqishlar bilan 
bog‘liqdir. Ixtiyorsiz diqqatning taraqqiysi shundan iboratki, bunda ixtiyorsiz 
diqqatni tug‘diruvchi narsalar doirasi orta boradi. Bundan tashqari, ixtiyorsiz 
diqqat anchagina kuchli va barqaror bo‘la boradi. 
Bola diqqatining to‘planishi va bir qadar barqarorligini saqlab turishi uchun 
yoshlik paytidan boshlab beixtiyor o‘ziga jalb qiladigan qo‘zg‘atuvchilarning 
taassurotini engishga to‘g‘ri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartibli, yakka, 
intizomli bo‘lishga va jamiyat ichida yashash qoidalariga o‘rgatadilar. Bularning 
hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. Keyinchalik, 3-5 yoshlardan 
boshlab, ixtiyoriy diqqat bolaning o‘z tashabbusi bilan ham o‘sa boshlaydi. 
Bolalardagi ixtiyoriy diqqat, maktab yoshidan boshlab, xususan tez o‘sa 
boshlaydi. O‘qish ishida darsni eshitish, kitob o‘qish, masalalarni echishda, 
asosan, ixtiyoriy diqqat talab qilinadi. Shuning bilan birga, o‘qish jarayonining o‘zi 
ixtiyoriy diqqatning hamda uning turishi va barqarorligining o‘sishiga yordam 
beradi. 

Yüklə 432,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə