Mavzu dolzarbligi


I.BOB.BIR HUJAYRALILAR FILOGENIYASI



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə3/15
tarix11.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#147702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
UMIRTQASIZ HAYVONLAR DUNYOSINING FILOGENETIK BOG\'LANISHI

I.BOB.BIR HUJAYRALILAR FILOGENIYASI


1.1.Ko’p hujayralilar tipi filogeniyasi
Bir hujayrali hayvonlar haqiqiy ixtisoslashgan organoidlar va yadroga ega bo’lgan eukariot organizmlar. Bu jihatdan ular prokariotlardan farq qiladi. Shuning uchun ularni hujayrani paydo bo’lishiga qadar uzoq davom etgan organik olam evolyutsiyasi natijasida kelib chiqqan.
Hayvonat dunyosi evolyutsiyasida bir hujayrali hayvonlar eng avval paydo bo’lgan tuban tuzilgan hayvonlar hisoblanadi. Evolyutsiya jarayonida bu hayvonlarning tuzilishi tobora murakkablasha borgan. Xilma-xil yashash muhitiga mislanish natijasida turlar soni ham orta borgan. Bir hujayralilarning (masalan, infuzoriyalarning) progressiv rivojlanishi hozir ham davom etmoqda.
A.I Oparinning yerda hayotnnng paydo bolishi haqidagi gipotezasida organik moddalar tirik organizmlar paydo bo’lishidan oldin nobiologik yo’l bilan sintez bo’lganin ta’kidlagan. Dastlabki organizmlar atrof-muhitdagi organik moddalarni diffuziya yo’li bilan qabul qilib oziqlangan bo’lishi kerak. Shunga binoan xivchinlilar va sarkodalilar juda sodda tuzilgan, hozirgacha saqlanib qolmagan eng tuban tuzilishga ega bo’lgan geterotrof eukariot organizmlardan kelib chiqqan.
Xivchinlilar bir hujayrali hayvonlarning bundan keyingi evolyutsiyasida katta ro’l oynaydi. Infuzoriyalar kipriklilarning xichinlilarga o’xshash tuzilganligi ularni xivchinlilardan kelib chiqanligin ko’rsatadi.
Sporalilarning kelib chiqishi ham xivchinlilar bilan bog’liq. Koksidiyalilar va qon sporalilari gametalarning haqiqiy xivchinlilarga o’xshashligi buni isbot qiladi.
Xivchinlilarning qadimgi koloniyasi ko’p hujayralilardan kelib chiqqan. Xivchinlar sinfi filogenetik jihatdan suv o’tlari bilan bog’liq. Yashil xivchinlilardan fitomonandlar, qalqandor xivchinlilar, evglenasimonlar va xrizomonadlarni ayni bir paytning o’zida birr hujayrali hayvonlarga va tuban suv o’tlarga kiritish mumkin. O’simliklar evolyutsiyasi jarayonida shularga o’xshash bir hujayrali suvo’tlardan boshqa birmuncha murakkab tuzilgan suvo’tlari klelib chiqqan. Ko’p hujayrali hayvonlar esa geterotrof oziqlanadigan kolonial xivchinlilardan kelib chiqqan.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə