Mavzu dolzarbligi


Ko’pchilik nematodalarning hayot siklida nasl gallanishi kuzatilmaydi. Umuman, nematodalar ikki xil usulda rivojlanadi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə14/15
tarix11.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#147702
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
UMIRTQASIZ HAYVONLAR DUNYOSINING FILOGENETIK BOG\'LANISHI

Ko’pchilik nematodalarning hayot siklida nasl gallanishi kuzatilmaydi. Umuman, nematodalar ikki xil usulda rivojlanadi:
1. Rivojlanish davrida oraliq xo’jayin ishtirok etadi (filiariatlar). Bunday rivojlanish bilan boradigan nematodalarni bionematodalar deyiladi (masalan, rishta, gongilonema, telyaziya, protostrongilidlar va bosh.).
2. Rivojlanish siklida oraliq xo’jayin qatnashmaydi (masalan, askaridalar, bolalar gijjasi(ostrisalar), qilboshli nematodalar, trixostrongilidlar). Bunday rivojlanish bilan boradigan nematodalarni geonematodalar deb aytiladi.
Xozirgi vaqtda parazit nematodalar K.M.Rijikov, M.D.Sonin (1981 y) sistematikasiga ko’ra 2 ta kenja sinfga va 19 ta turkumga bo’lib o’rganiladi. Nematodalar keltirib chiqaradigan kasalliklar nematodozlar deb aytiladi va ular chorvachilikka katta iqtisodiy zarar etkazishi bilan birga, inson salomatligi uchun ham eng xavfli xisoblanadi. Parazit nematodalarni har tomonlama chuqur o’rganishda rus olimlaridan K.I.Skryabin, N.P.SHixobalova, R.S.SHul’s, V.M.Ivashkin, A.A.Mozgovoy, M.D.Sonin, K.M.Rijikov, A.A.Paramonov, o’zbek olimlaridan A.T.To’laganov, M.A.Sultonov, E.Ergashev, J.A.Azimov, Z.N.Norboev, A.O.Oripov, T.K.qobilov, O.M.Mavlonovlarning xizmatlari nihoyatda kattadir. Xozirgi vaqtda MDX mamlakatlarida olimlar tomonidan parazit nematodalar bo’yicha 28 jildlik "Nematologiya asoslari" kapital asarlar to’plami yaratilgan. Bu kitoblarga dunyo miqyosida nematodalarga oid ma’lumotlar kiritilgan. Quyida odam, hayvon va o’simliklarda parazitlik qiladigan eng muhim nematodalar to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.
Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides).
Odam askaridasi er yuzida deyarli barcha mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda, masalan, Yaponiyada axolining deyarli hammasi askarida bilan zararlangan. Chunki, Yaponiyada qishloq xo’jaligida odam ekskerementidan organik o’g’it sifatida sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan maydonlarda keng miqyosda foydalaniladi. Askarida ayrim jinsli, erkagi urg’ochisidan ancha kalta, ya’ni erkagining uzunligi 15-25 sm, urg’ochisiniki esa 25-40 sm bo’ladi. Bundan tashqari erkak askarida xipcha va dumi qorin tomoniga spiral kabi buralgan bo’ladi. Urg’ochisining esa tanasi yo’g’on va dumi to’g’ri. Chuvalchangning oldingi uchida uchta labli og’iz, unda juda mayda ko’z ilg’amaydigan so’rg’ichlar bo’ladi. Gavdasining keyingi uchiga etmasdan, qorin tomonida orqa chiqaruv teshigi joylashgan. Bu teshikdan keyingi qismi dumi xisoblanadi. Jinsiy organlari sodda tuzilishga ega. Erkaklarida jinsiy teshik tananing orqa uchiga yaqin joyida joylashgan. U ichkarisiga cho’zilib ketgan bittagina naydan iborat. Urg’ochilarning jinsiy teshigi tananing oldingi yarim qismida, qorin tomonidan tashqariga ochiladi. Bu teshikdan bitta nay ketgan bo’lib, u uzoqqa cho’zilmay, ikkita shoxchaga ajraladi. SHoxchalarning ingichka ipsimon uchi tuxumdon, asta yo’g’onlashib borgan qismi tuxum yo’li, eng yo’g’on qismi esa bachadon deb ataladi. Askarida odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ichagida askarida bo’lgan kishi parazitni yuqtiradigan va tarqatadigan manba bo’lib xisoblanadi. Bitta urg’ochi askarida bir kecha-kunduzda 200-250 mingtagacha tuxum qo’yadi (bitta askarida kamida 200 kun yashaydi), hayoti davomida esa bir necha 10 mln. tuxum qo’yadi (250000x200q50000000).
Tuxum ustidan uch qavat po’st bilan o’ralgan bo’ladi, ammo yangi qo’yilgan, ya’ni kasal kishidan endi chiqqan askarida tuxumi zararlash imkoniga ega emas, u zararlash imkoniga ega bo’lishi uchun tashqarida nam muhitda 15-25 kun bo’lishi zarur, shu muddat ichida zararlash qobiliyatiga ega bo’lgan lichinka etiladi. Odam askaridasi oraliq xo’jayinsiz rivojlanadi, ya’ni yagona xo’jayini odam xisoblanadi. Tashqi muhitda askarida tuxumi 10 yilgacha hayotchanligini saqlashi mumkin. Ichida lichinkasi bo’lgan bunday tuxumni qaynatilmagan suv, yuvilmagan sabzavot-meva, ayniqsa qulupnay, usti ochiq qolgan ovqatlarni iste’mol qilish orqali odam o’ziga yuqtiradi. Oshqozonga tushgan tuxumning pardasi oshqozon shiralari (fermentlari) ta’sirida erib ketadi, lichinka esa ichak devori orqali qonga o’tib, 10 kun davomida migrasiya qilib jigar, yurak, o’pkaga borib aylanib yuradi.


Xulosa
Bir hujayrali hayvonlar haqiqiy ixtisoslashgan organlar va yadroga ega bo’lgan eukariot organizmlardir. Bu jihatda ular prokariotlardan farq qiladi. Shuning uchun ularni hujayraning paydo bo’lishiga qadar uzoq davom etgan organik olam evolutsiyasi natijasida kelib chiqqan deyish lozim.
Bir hujayralilar kenja olamiga mansub bo’lgan tiplar o’rtasidagi filogenetik munosabatlar hamda ular orasida eng qadimgi tuban tuzilishga eg bo’lgan vakillari to’g’risida turli xil fikrlar mavjud. Infuzoriyalar bir hujayralilar orasida eng murakkab tuzilgani bo’lsa, sporalilar, miksosporadiyalar va mikrosporadiyalar parazit hayot kechiradi. Shuning uchun bu 4 tipga mansub bo’lgan organizmlarni eng qadimiy hayvonlarga kiritish lozim emas.
G‘ovaktanlilarning parenximula lichinkasi Mechnikov ko'rsatib o‘tgan i jtsitellagajuda o‘xshash bo'ladi. Fagotsitellani o‘troq yashashga o‘tishi tufayli g'ovaktanlilar paydo bo‘lgan deyish mumkin. Lekin g‘ovaktanlilar embrion yaproqlarining teskari ag‘darilishi tufayli, ulaming tashqi qavatidagi xivchinli hujayralari botib kirib, ichki yoqachali xivcliinli qavat - xoan- otsitlami, ichki hujayralar esa tashqi dermal qavatni hosil qiladi. Bu dalil- lar g‘ovaktanlilar hayvonot olami evolyutsiyasining dastlabki bosqichida, ya’ ni embrion varaqlari shakllanishining boshlang ‘ich davrlarida hay von- larning umumiy shajarasidan ajralib, mustaqil rivojlanishga o‘tgan hayvon- larekanligini isbot etadi.
Barcha ko’p hujayralilarning bitta urug’langan tuxum hujayradan boshlanadi. Bu hol ko’p hujayralilarning bir hujayralilar bilan qarindosh ekanligini ko’rsatadi. Dastlabki ko’p hujayralilar volvoksga o’xshash bo’lgan. Lekin tayyor oziq bilan oziqlanadigan kaloniya bo’lib yashovchi hayvonlardan kelib chiqqan. Dastlabki ko’p hujayralilar tanasi ikki qavat hujayradan iborat bo’lgan. Keyinchalik hujayralar har xil vazifalarni bajarishga moslasha borishi bilan ularning tuzilishida farq paydo bo’lgan. Darxaqiqat, bo’shliqichlilar ektodermasida xivchinli hujayraning bo’lishi ularning kaloniya bo’lib yashovchi xivchinlilardan kelib chiqqanligiga dalil bo’ladi.
Hayvonot dunyosining bundan keyingi taraqqiyoti uch qavatli hayvonlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Dastlabki uch qavatli hayvonlar hozirgi sodda tuzilgan kiprikli chuvalchanglarga o’xshash bo’lgan. Evolutsiya davomida hujayralar toboro ixtisoslasha borishi natijasida to’qimalar kelib chiqqan.
Hayvonlarning bundan keyingi tarixiy taraqqiyoti tana bo’shlig’ning paydo bo’lishi va ichki organlar rivojlanishiga olib kelgan. Kiprikli chivalchanglardan to’garak chuvalchanglar va halqali chuvalchanglar, ulardan esa molyuskalar va bo’g’imoyoqlilar kelib chiqqan. Nafas olish va qon aylnish sistemasining paydo bo’lishi ovqat hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining takomillashib borishi bilan hayvonlarning tanasi ham yiriklashgan.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə