Mavzu: Don zaxiralarining zararkunandalar tomonidan ta`sirlanishi va shikastlanishi



Yüklə 0,85 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#141292
Don zaxiralarining zararkunandalar tomonidan ta`sirlanishi va shikastlanishi

TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI MEVA-SABZAVOTCHILIK VA TEXNOLOGIYA FAKULTETI “Sabzavotchilik polizchilik va kartoshkachilik” TA`LIM YO`NALISHI 411-GURUH TALABASI Mamrajabov SobirNING QISHLOQ XO`JALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASH FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Don zaxiralarining zararkunandalar tomonidan ta`sirlanishi va shikastlanishi

Reja:

1. Don zaxiralarining zararkunandalari

2.Don zaxiralarining zararkunandalar tomonidan ta`sirlanishi va shikastlanishi

3. Xulosa

4. Foydalanilgan adaviyotlar

  • Don va don mahsulotlari sifati va vaznining saqlash davridagi kamayishi “don zaxiralari” zararkunandalari deb nomlanuvchi tirik organizm vakillari ta’sirida ham yuzaga kelishi mumkin.
  • Don zararkunandalari qadim-qadimdan ma’lum. Inson qadim zamonlarda ham donni zararkunandalardan saqlash maqsadida turli chora-tadbirlar qo‘llab kelgan. Ilk bora don omborlarining yuzaga kelishi bilan u yerda turli kemiruvchilar va hasharotlar to‘plana boshladi. Ba’zi turlar uchun bu yangi ekologik muhit maqbul bo‘lib, ular asta-sekin faqatgina shu yerlarda yashashga va rivojlanishga moslasha bordi. Natijada “ombor” zararkunandalarining butun bir guruhi vujudga kela boshladi.
  • Ma’lumki donning sifati va miqdoriga turli zararkunandalar katta xavf soladi. Don zaxirasi zararkunandalariga qarshi inson, hatto ibtidoiy jamoa davrida ham zararkunandalardan saqlash yo‘l-yo‘riqlarini qo‘llab kelgan.
  • Dehqonchilikning rivojlanishi, xalqlar o‘rtasida savdo-sotiqning kengayishi, zararkunandalarning yer shari bo‘ylab tarqalishiga zamin bo‘ldi. Natijada zararkunandalarning turli sharoitlarga moslashuvi jarayoni ro‘y berib, ularning ba’zilari butunlay omborxonalarda ko‘payib, rivojlanishga moslashdilar va amalda tashqi tabiatdan butunlay uzildi (ombor uzunburuni, xrushak, ombor kuyasi). Ba’zilari esa tashqi tabiatda ham, omborxonada ham ko‘payib, rivojlana oladi (sholi uzun tumshug‘i, don kuyasi, fasol donxo‘ragi, kanalar) uchinchilari esa faqatgina tabiatda ko‘payib, rivojlanadi va don saqlash inshootlariga yig‘ib olingan hosil bilan birga kelib tushadi (no‘xat donxo‘ri, don to‘plami zararkunandalari va b.q). Don mahsulotlarining qabul qiluvchi korxonalarda bu zararkunandalar rivojlanar ekan donga katta ziyon yetkazadilar.
  • Ularning faoliyati natijasida mahsulot kamayadi, shuningdek o‘limtiklari g‘umbaklari va boshqalar bilan donni ifloslantirib yuboradi, natijada xomashyo sifati pasayadi. Bundan tashqari, ba’zilari donda namlik va issiqlik hosil bo‘lishining manbayi bo‘lib xizmat qiladi, ba’zilari esa ishlab chiqarish moslamalari, idishlar
  • va boshqalarni ishdan chiqaradi (kemiruvchilar) shuningdek, ba’zilari ko‘pgina yuqumli kasalliklarni tarqalishi vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
  • Bundan tashqari, zararkunandalar turli oziq-ovqat sanoati korxonalarida qayta ishlangan donga va unga ham katta ziyon yetkazadilar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra zararkunandalar dunyo bo‘yicha don zaxirasining 5% ni yo‘qolishiga olib kelar ekan.
  • Donlarning zararkunandalar bilan zararlanishi ko‘pgina omillarga bog‘liq.
  • Masalan, don va don mahsulotlarning sifatli saqlanishi geografik mintaqaga, o‘simlikni yetishtirish agrotexnikasiga, yig‘ib- terib olish uslubi va sharoitiga, shuningdek saqlash usuli, sharoitiga, saqlanadigan mahsulot miqdoriga, saqlanish muddatiga, zararkunan- dalarga qarshi kurashish choralariga va boshqalarga bog‘liq.
  • Respublikamizda ham boshqa ko‘pgina mamlakatlar singari har yili zararkunandalarga qarshi kurashish uchun ko‘plab moddiy xarajatlar sarflanadi. Faqatgina donning holatini muntazam nazorat qilib borish, don zaxiralari inshootlarining takomillashtirish, zararkunandalar tushishining oldini oluvchi hamda ularga qarshi keskin kurash chora- tadbirlarini qo‘llash orqaligina mustahkam himoyani tashkil etish mumkin.
  • Dunyo amaliyotida hasharotlarning bir necha yuzlab turi, kana- larning esa o‘nlab turi ma’lum.
  • O‘zbekiston sharoitida bularning bir qismigina uchraydi. Quyida ularning ko‘payishi va rivojlanishi, don uyumlariga keltiradigan zararlari hamda ularga atrof-muhit sharoitining ta’siri tavsiflanadi.
  • Hasharotlar. Hasharotlar umurtqasiz jonivorlar ichida don va don mahsulotlariga eng ko‘p zarar keltiradi. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha hasharotlarning millionlab turlari mavjud bo‘lib, ular zoologiya kursida batafsil o‘rganilib, bitta sinf – Insecta ga birlashtiriladi. Don zaxirasiga ziyon yetkazadigan zararkunandalar ichida eng salmoqlisi bu hasharotlardir. Hozirgi kunda hasharotlarning milliondan ortiq turi aniqlangan bo‘lib, ularning barchasi Ensecta sinfiga mansubdir.
  • Hasharotlar turli-tuman tuzilishga, shakl va kattalikka ega.
  • Umuman olganda, tuzilishi jihatdan hasharotlarni uch qismga ajratish mumkin: bosh qismi, ko‘krak va qorin qismi.
  • Hasharotlar o‘zlarining barcha xossa xususiyatlari yuzasidan sinflar, sinfchalar, oilalar va boshqa bo‘limlarga ajratiladi. Don zaxirasining barcha zararkunandahasharotlari qattiq qanotlilar, qo‘ng‘izlar va parda qanotlilar yoki kapalaklar guruhiga mansubdir.
  • Ma’lumki barcha hasharotlar jinsli hisoblanadi. Ularning erkak va urg‘ochilari bir-biridan katta-kichikligi, shakli, rangi va boshqa belgilari bilan yaqqol ajralib turadi. Hasharotlarning barchasi tuxum qo‘yish orqali ko‘payadi. Urg‘ochi hasharotlar otalangandan so‘ng turiga bog‘liq holda bitta, ikkita yoki to‘p-to‘p qilib tuxum qo‘yadi. Odatda hasharotlar tuxumini ozuqa ichiga yoki unga yaqin bo‘lgan joyga qo‘yadi, negaki undan chiqqan lichinka mana shu ozuqa bilan ovqatlanadi. Bundan tashqari, ko‘pgina tur urg‘ochi hasharotlar tuxumlarini tashqi xavflardan (harorat, namlik, yirtqich hasharotlar va b.q) himoya qilish maqsadida maxsus suyuqlik bilan himoyalaydi yoki don ichiga berkitib qo‘yadi.
  • Tuxumlar hasharotlarning turiga bog‘liq holda turli rang, shakl va kattalikda bo‘ladi. Shuningdek turli vaqt oralig‘ida undan lichinkasi chiqadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalarning rivojlanishi ikki xil bo‘ladi: to‘liq bo‘lmagan va to‘liq. To‘liq bo‘lmagan rivojlanishda hasharotlar uch bosqichni bosib o‘tadi: tuxum, lichinka va yetuk hasharot.
  • Bunda tuxumdan chiqqan lichinka ko‘rinishi jihatdan ota-onasiga o‘xshab ketadi, faqat unda qanotlar bo‘lmaydi va shakli kichik bo‘ladi.
  • Rivojlanishi davomida unda asta-sekin qanot hosil bo‘ladi.
  • Lichinkaligining oxirgi davridagi po‘st tashlashi bilan yetuk hasharotga aylanadi. Bunday ko‘payuvchi hasharotlarga tripslar, dala qandalalari, pichanxo‘rlarni misol qilib olish mumkin.
  • Hasharotlarning to‘liq rivojlanishida to‘rtta bosqich mavjud: tuxum, lichinka, g‘umbak va yetuk hasharot.
  • Tuxumdan chiqqan lichinka ota-onasiga umuman o‘xshamaydi, ya’ni chuvalchangsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Ular o‘sish va rivojlanish davrida kuchli ozuqlanadilar.
  • Lichinkaligining oxirgi davrida o‘ziga qulay joy qidirishadi, chunki g‘umbaklikka o‘tishi bilan ular harakatdan to‘xtaydilar. Ko‘pgina hasharotlar g‘umbaklikka o‘tish davrida o‘zlariga boshpana yasab oladilar, ba’zilari belanchak,ba’zilari esa pillaga o‘ralib oladilar.
  • G‘umbaklikka o‘tishda ularning tanasi kichrayadi, ko‘krak qismi esa qalinlashuvi kuzatiladi, so‘ngra g‘umbak ichida uning asosiy organlari shakllana boshlaydi.
  • Yetuk hasharotga aylangach, ular tashqi qobiqni yorib chiqadi va tarqaladi. Dastavval g‘umbakdan chiqqan hasharotning qanotlari yorqin rangda va yumshoq bo‘ladi. Biroz muddat o‘tgach kattalashadi va rangi to‘qroq tusga kiradi.
  • Qo‘ng‘izlar qulay sharoitda tez ko‘payish xususiyatiga ega.
  • Urg‘ochi qo‘ngizlar mahsuldor bo‘lgandan keyin don zaxirasiga, qoplarga, yog‘ochlarga va boshqa joylarga tuxum qo‘yadilar. Ba’zi turlari don ichini kovlab, shu yerga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan lichin- kalar chiqadi. Chiqqan lichinkalar juda ham ozuqaxo‘rlik xususiyatiga ega bo‘lib, o‘zining rivojlanishi davrida kuchli ozuqlanadi. Ko‘pgina qo‘ngizlarning lichinkalari chuvalchangsimon bo‘ladi va ko‘kragida uch juft oyoqlari bo‘ladi. Qo‘ng‘izlar donga katta zarar yetkazadi. Ular donni o‘suvchi qismini ham zararlab, donning unuvchanlik darajasini pasaytiradi. Shuningdek donni o‘zining eksperimentlari g‘umbaklari, lichinkalari va boshqa chiqindilari bilan ifloslantirib yuboradi.

Xulosa

  • Don zaxirasi qo‘ng‘izlarining bir necha yuz ming turlari mavjud. Ular don elevatorlarida va don omborlarida keng tarqalgan bo‘lib, don zaxirasiga kuchli ziyon yetkazadi. Shularning ba’zi bir turlari bilan quyida tanishib chiqamiz: Uzunburunlar (Sitophilus granarius L).
  • Bu oilaga kiruvchi qo‘ng‘izlarning boshi cho‘zinchoq trubasimon bo‘ladi. Mana shu uzunchoq qismi tumshuq deb ataladi. Ularda mana shu uzun tumshuq bo‘lganligi sababli uzun tumshuqlar yoki filchalar deb ataladi. Don zaxirasida bu turga kiruvchi hasharotlardan ombor, sholi, makkajo‘xori uzun tumshuqlari ko‘p uchraydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Egorov G.A., Mefnikov E.M., Maksimchuk B.M. Texnologiya muki, krupi, kombikormov. M. Kolos, 1984 g.

2. Egorov G.A., Martinenko YA.F., Petrenko T.P. Texnologiya i oborudovanie mukomofnoy, krupyanoy i kombikormovoy promishlennosti. M, MGAPP. 1996 g.

3. Butkovskiy V.A. Texnologiya mukomofnogo, krupyanogo i kombikormovogo proizvodstva. M. Agropromizdat, 1989 g.

4. Merko I.T. Texnologiya mukomoEno-krupyanogo proizvodstva. M. Agropromizdat 1985 g.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə