Mavzu: Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari



Yüklə 72,09 Kb.
səhifə11/13
tarix29.11.2023
ölçüsü72,09 Kb.
#139505
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari

abiotik

  • biotik

  • antropogen omillar.

    1. Abiotik omillar – organizmlarga ta'sir qiladigan anorganik muhitning kompleks omillaridir. Bu kimyoviy (atmosfera, suv, tuproq va loyqa), fizik yoki iqlim (harorat, bosim, yorug'lik, namlik, yog'in, shamol) omillariga bo'lishi mumkin. Yer yuzasining tuzilishi (relefi), geologik va iqlim omillari (geomagnit maydoni), kosmik nurlar, radiaktivlik), abiotik omillarning xilma-xilligi, turli tabiiy ofatlar (bo'ron, suv bosishi, erning silkinishi, qo'rg'oqchilik) va ularning tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishi va muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega.
    2. Biotik omillar – muhitda uchraydigan tirik organizmlarning hayot faoliyatida bir-birlariga qiladigan ta'siri va ular o'rtasidagi munosabatlardan iborat bo'lib, ular tirik organizmga, uni o'rab turgan boshqa boshqa tirik jonzotlarga har xil ta'sir qiladi.
    3. Antropogen omillar – inson hayot faoliyatining organik dunyoga ta'siri. Jamiyatning rivojlanishi bilan insonning tabiatga ta'sir qilishining yangi-yangi xillari kelib chiqib, atrof muhitda salbiy ekologik o'zgarishlar seziladi.

    Moslanish.
    Sayoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o’ziga xos to’rtta muhitda tarqalgan ekan, ular ana shu muhitlarga xos moslanishlar hosil qilgan.
    Organizmlarni ma’lum muhitga yashashga moslashishi adaptastiya deyiladi.
    Moslanish asosan uch xil ko’rinishda bo’ladi.
    1.Morfologik moslashish: Organizmlar tana, gavda tuzilishi {shakli} moslashishi masalan. Gidrobiontlar tanasining suv qarshiligini engishiga moslashish va hokazo.
    2.Fiziologik moslashish: Organlar funkstiyasini moslashishi masalan. Cho’lda yashovchi hayvonlarda suvga bo’lgan tanqislikni qondirish uchun yog’larning biokimyobiy oksidlanishidan foydalanish.
    3.Xulqiy-etologik moslashish: Xatti-harakat, xulqi moslashishi masalan. Tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish, qulay haroratli joyni izlab topish, qushlar, sut emizuvchilar va hokazolarning mavsumiy ko’chishi.
    Muhitning ayni bir faktori har xil organizmlar uchun turlicha ta’sir etadi va ahamiyatga ega. Masalan: Suv pardasining sirt tortishish kuchi suvdagi mayda qisqichbaqalar {dafniya, stiklonlar } uchun xavfli, chunki ular bu kuchga bardosh bera olmaydi, chunki ular suv sathiga yopishib qoladi. Suv qandalalari esa bemalol so’zib yuraveradi.
    Har qaysi faktorning organizmga ta’sir etish darajasi uning dozasi (normasi) ga bog’liq. Faktorning yashash mumkin bo’lgan minimal va maksimal ahamiyati organizmning chidamlilik chegarasini belgilaydi. Har bir turning turli faktorlarga o’ziga xos chidamlilik chegarasi bor.
    Faktorning organizmga eng qo’lay ta’sir etadigan chegarasi OPTIMUM zona deyiladi.Optimum faktorning ko’payishi yoki kamayishi o’zgarganda individlarning hayot faoliyati o’zgaradi, yomonlashadi.Eng ko’p ta’sirida organizmlar nobud bo’ladi. Bu esa pessimum deyiladi.


    1. Yüklə 72,09 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə