Mavzu: elektr toki va ultratovush bilan davolash


Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies



Yüklə 135,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix11.12.2023
ölçüsü135,78 Kb.
#145147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies 
Hosted online from Paris, France. 
Date: 
19
th
June, 2023 
ISSN: 2835-3730
Website:
econferenceseries.com
103 | 
P a g e
 
Past chastotali impuls toklari o‘rganib qolish xususiyatini yuzaga keltirishi mumkin, 
shuning uchun bir muolaja vaqtida tok kattaligini doimiy, keyingilaridan agar 
bemorlarda yomon hissiyotlar bo‘lmasa, uni oshirib borish kerak. Tok kuchi katta 
bo‘lganda bemorlarda chumoli yurish, kichik bo‘lganida mushaklarning yengil 
tortilish hissiyoti seziladi. Elektr uyquda quyidagi sub'ektiv sezgilar seziladi : 
kiprikda og‘irlik, yengil tebranish, yoqimli bosh aylanish, hayolning qochishi
mudrash holatidan asta-sekin uyquga o‘tish. Muolajalar qorong‘ilashtirilgan, 
shovqin kirmaydigan tinch xonada o‘tkaziladi. Elektr uyqu nevroz, gipertoniya
endigina boshlanib kelayotgan miya tomirlarining sklerozida, ekzema, oshqozon 
yara kasalligi va boshqa kasalliklarda tavsiya etiladi. 
Elektr uyqu muolajasini o‘tkazishda “Elektroson - 4”, “Elektroson - 3” 
apparatlaridan keng foydalaniladi. Muolaja 10-30 minutdan 2-4 soatgacha 
o‘tkaziladi, har kuni yoki kun ora.
Sinusoidal modullangan toklar (amplipulsterapiya) 
V.G.Yasnogorodskiy tomonidan taklif etilgan. 
Tovushli chastotasiga ega bo‘lgan 
(5000 Gs) modullangan sinusoidal toklar bilan ta'sir ko‘rsatiladi, u teri orqali 
yaxshi o‘tadi va chuqur joylashgan to‘qimalarga ta'sir ko‘rsatadi.
Bu xilda tok kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta'sir etganligi uchun uning 
10-150 Gs
atrofidagi 
past chastotali, ya'ni mushaklar biotoklarining chastotasiga yaqin keladigan 
chastotali modulyasiyasidan keng foydalaniladi. Shu toklarga organizm tez o‘rganib 
qolmasligi uchun modulyatsiya chastotasi o‘zgartirilib turiladi, ularning 
qo‘zg‘atuvchi ta'sirini kuchaytirish va chuqurroq kirib borishi uchun esa 
modulyatsiya chuqurligi, ya'ni shu tebranishlar amplitudasi o‘zgartirilib boriladi. 
Modullangan sinusoidal toklarining quyidagi turlari tafovut qilinadi : 

Yüklə 135,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə