Mavzu: elektr toki va ultratovush bilan davolash


Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies



Yüklə 135,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix11.12.2023
ölçüsü135,78 Kb.
#145147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies 
Hosted online from Paris, France. 
Date: 
19
th
June, 2023 
ISSN: 2835-3730
Website:
econferenceseries.com
102 | 
P a g e
 
Elektroforezda “qutblar qonuni” yoki “oltin” qonun mavjud. Musbat zaryadlangan 
dori moddasi musbat elektrod ostidan organizmga yuboriladi, manfiy zaryadlangan 
dori moddasi manfiy elektrod ostidan organizmga yuboriladi. Bunga sabab shuki, 
bir xil zaryadlangan yoki bir xil zaryadlar bir-biridan qochadi, shunga asosan dori 
moddalari elektrodlardan qochib, teri orqali organizmga kiradi. 
Agar qutblar qonuni buzilsa, ya'ni musbat zaryadli dori moddasi manfiy elektrod 
ostidan, manfiy zaryadlangan dori moddasi musbat elektrod ostidan yuborilsa, u 
holda dori moddalari prokladkaning o‘zida qolib, organizmga kirmaydi. 
Elektroforez usulida musbat elektrod, anoddan organizm to‘qimalariga metall 
ionlari va musbat zaryadlangan dori moddalari yuboriladi. Masalan : Ca, Magniy, 
Natriy, novokain. Vitamin B 12, lidaza xinin, dimedrol va boshqalar. Manfiy 
elektroddan, katoddan organizmga kislota radikallari va manfiy zaryadlangan dori 
moddalari yuboriladi. Masalan : xlor, brom, yod, penitsillin, geparin, kofein, 
gidrokartizon, nikotin kislotasi va boshqalar. Manfiy va musbat zaryadlangan dori 
moddalarining ro‘yxati alohida jadvallarda ko‘rsatilishi kerak va ular elektroforez 
muolajasini o‘tkazish xonasida bo‘lishi shart.Hozirgi vaqtda dori moddalarini tejash 
maqsadida filtr qog‘ozidan foydalaniladi, ya'ni dori moddasi bilan shimdirilgan filtr 
qog‘ozi namlanib, prokladka ostiga qo‘yiladi va muolaja o‘tkaziladi. 
Impulsli toklar 
Elektr uyqu
Elektr uyquda
organizmga 
past chastotali to‘g‘ri burchakli impuls toklari
bilan 
ta'sir etiladi.
Organizmga ta'sir ko‘rsatish uchun bitta elektrod (katod) yumilgan ko‘zlarga, 
ikkinchisi (anod) so‘rg‘ichsimon o‘simta sohasiga qo‘yiladi. 
Bosh miyada uzoq vaqt va doimo bir xil va ritmik holda qaytariluvchi qisqa vaqtli 
zaif impulslar bosh miya po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlarini kuchaytiradi va 
fiziologik uyquga o‘xshash holatni yuzaga keltiradi. Elektr uyqu tormozlanish 
jarayonlarining kuchi va harakatchanligini trenirovka qildiradi va asosiy jarayonlar 
orasidagi buzilgan o‘zaro aloqalarning tiklanishini yuzaga keltiradi, fiziologik 
uyquni yo‘lga qo‘yuvchi mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Elektr uyquni amalga 
oshirish uchun ko‘z-ensa sohasiga joylashtirilgan elektrodlardan foydalaniladi. 
Bunda tok bosh suyagining tabiiy teshigidan ichkariga kiradi. Uyqu uchun adekvat 
impuls chastotalari muolajaning boshidayoq tanlanib olinishi va uni keyingi 
muolajalarda ushlab turmoq zarur, uni faqat bemor tomonidan yomon qabul qilishda 
o‘zgartiriladi. 



Yüklə 135,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə