Mavzu: elektr toki va ultratovush bilan davolash


Bu yuqori kuchlanishli (50-60 kV gacha) doimiy elektr maydoni bilan



Yüklə 135,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix11.12.2023
ölçüsü135,78 Kb.
#145147
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bu yuqori kuchlanishli (50-60 kV gacha) doimiy elektr maydoni bilan 
davolashdir.
Hosil bo‘lgan maydonda, elektr zaryadlarining joyini o‘zgartirishi hisobiga
havodagi gazli molekulalarning parchalanishi hosil bo‘ladi. Havo tok o‘tkzuvchan 
bo‘lib qoladi, aeroionlar oqimi hosil bo‘ladi, natijada muolaja olayotgan bemor 
kuchli bo‘lmagan “elektr shaboda”ni sezadi. Franklinizatsiya yuqori kuchlanishli 
doimiy elektr maydonining aeroionlar va havo ionizatsiyasi mahsulotlarining – 
ozon, azot okisidi ta'siriga asoslangan. 
Elektr maydoni ta'sirida to‘qimalarda elektr zaryadlangan dipol molekulalar 
harakatining o‘zgarishi hosil bo‘ladi, shuningdek zaif doimiy tok hosil bo‘ladi. 
Ozon va azot okisidi teri retseptorlarini va yuqori nafas yo‘llarining shilliq 
pardalarini qo‘zg‘atadi, bu esa afferent yo‘llari bo‘yicha impulslarni MNSga 
yetkazadi, u yerda tormozlovchi jarayonlarni stimullaydi va bu bilan vegetativ nerv 
sistemasining funksiyasini oshiradi. Retseptorlarning qo‘zg‘alishi yuzaki 
kapillyarlarning qisqa vaqtli torayishini hosil qiladi va mahalliy haroratni 
pasaytiradi, keyinchalik kapillyarlarning kengayishi kuzatiladi va mahalliy harorat 
oshadi. Bunday reaksiyalar faqat yuzaki emas, balki chuqur to‘qimalarda ham qon 
serkulyatsiyasining o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Bu MNSning funksional holatida 
o‘zgarishga olib keladi, u tormozlanish jarayonlarining ortishi, kayfiyatning va 
uyquning yaxshilanishi, ishtahaning ortishi bilan yuzaga chiqadi. Shuningdek 
vegetativ nerv sistemasini normallashtiruvchi ta'sir kuzatiladi, u og‘riqning 
kamayishi, teri qichishishida retseptorlar sezuv-chanligining pasayishi, modda 


Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies 
Hosted online from Paris, France. 
Date: 
19
th
June, 2023 
ISSN: 2835-3730

Yüklə 135,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə