Mavzu: elektr toki va ultratovush bilan davolash


Website: econferenceseries.com 107 |



Yüklə 135,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix11.12.2023
ölçüsü135,78 Kb.
#145147
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Website:
econferenceseries.com
107 | 
P a g e
 
almashinuvining tezlashishi, bakteriotsid ta'siri, yaralarning tez bitishi holida amalga 
oshadi. 
Muolajani o‘tkazishda AF-3, AF-2 apparatlaridan foydalaniladi. Muolaja umumiy 
va mahalliy holda qabul qilinadi. Mahalliy franklinizatsiyada 3ta darajali 
kuchlanishdan foydalaniladi, bu darajalarning har biri kuchlanishni 5 kV ga oshirib 
beradi. Umumiy franklinizatsiyada bemorlar yechinmasdan stulda o‘tirgan holatda 
qabul qiladilar. Sochlardagi metalli buyumlar olib qo‘yilganidan keyin boshdan 15-
20 sm balandlikda elektrod qo‘yiladi. 
Ko‘rsatmalar : 
umumiy franklinizatsiyaga – MNSning funksional kasalliklari 
(ayniqsa bosh og‘riqlari va uyqusizlik bilan kechadigan kuchli asabiylashish), I- va 
II-darajali gipertoniya kasalligi, aqliy va jismoniy charchash holatlari; mahalliy 
franklinizatsiya – teri qichishi, teri sezuvchanligining pasayishi, trofik yara, sekin 
bituvchi infeksiya tushgan jarohatlar. 
Qarshi ko‘rsatmalar :
yomon sifatli o‘smalar, arterial bosimning pasayishi, qon 
ketishga moyillik, tana haroratining ko‘tarilishi, o‘pka silining faol shakli, nerv 
sistemasining organik kasalliklari, II- va III-darajali yurak yetishmovchiligi
kaxeksiya.
UYuCh (UVCh)-terapiya
Davolash maqsadida ultra yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr maydonidan 
foydalaniladi. Ultra yuqori chastotali elektr maydoni uzluksiz va impulsli 
rejimda qo‘llaniladi.
Impulsli rejimda elektr maydonining kuchli impuls seriyalari va ular o‘rtasidagi 
pauza almashinib turadi. Ultra yuqori chastotali impulsli elektr maydonining 
organizmga ta'siri MNSga kuchli “urishlar” hosil qilish bilan namoyon bo‘ladi, bu 
vaqtincha parabiozga olib keladi. Bunday mexanizm MNSda dimlanish 
jarayonlarini bartaraf etishga qaratilgan. 
UYuCh elektr maydonining fiziologik ta'siri uning dozasiga bog‘liqdir : kuchsiz 
dozalari to‘qimalar va organlar funksiyasini oshiradi, kuchli dozalari aksincha 



Yüklə 135,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə