Mavzu: elektr toki va ultratovush bilan davolash


Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies



Yüklə 135,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix11.12.2023
ölçüsü135,78 Kb.
#145147
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies 
Hosted online from Paris, France. 
Date: 
19
th
June, 2023 
ISSN: 2835-3730
Website:
econferenceseries.com
108 | 
P a g e
 
ularning funksiyalarini susaytirib qo‘yadi. Masalan : kuchsiz dozalar o‘t (safro) 
ishlab chiqishini kuchaytirsa, kuchli dozalari susaytiradi; kuchsiz dozalari nerv 
regeneratsiyasini tezlashtiradi, kuchlilari susaytiradi UYuCh elektr maydoni ta'siriga 
bosh miya bilan orqa miyadagi vegetativ markazlarning hujayralari, shuningdek 
vegetativ tugunlarining hujayralari sezgirdir. Bu maydon ta'siri ostida organizmda 
moddalar almashinuvi kuchayadi va faollashadi, immunologik jarayonlar 
kuchayadi, u yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, antispazmatik ta'sir 
ko‘rsatadi. Yallig‘lnish o‘chog‘ida kalsiy ionlari sonini oshiradi, u yerdan zaharli 
mahsulotlarining so‘rilishini sekinlashtiradi, bakteriyalarning hayot faoliyatini 
pasaytiradi. 
Muolaja o‘tkazish uchun partotiv “UVCh-4”, “UVCh-30”, “UVCh-62”, “UVCh-
66” va statsionar “Ekran-1”, “Ekran-2”, “UVCh-300”, “Impuls-2”, “Impuls-3”, 
“UVCh-54” apparatlaridan foydalanib, elektr maydon kondensator plastinalar 
yordamida havo bo‘shlig‘i orqali uzatiladi. 
UYuCh-terapiya tavsiya etilganda quyidagi holatlarni esda tutish zarur: 
1.Kondensator plastinalar yaqinlashganda maydon zichligi oshadi, ular orasidagi 
masofa uzoqlashganda maydon zichligi kamayadi va tarqalishi ortadi. 
2.Agar maydonga yod metall buyumlar tushsa, u o‘ziga elektr maydonini qaratadi, 
ya'ni metall buyum atrofida maydon yig‘ilishi kuzatiladi. 
3.Kondensator plastinalarining burchak ostida joylashishida elektr maydoni bir 
me'yorda bo‘lmaydi va bir-biriga juda yaqin tursa issiqlik ta'siri ko‘p bo‘lmaydi. 
4.Kondensator plastinalarining yuzasi bir xil bo‘lmasa, u holda kichik yuzalida 
maydon zichligi ko‘payadi va bu yerda biofizik jarayonlar va organizm reaksiyasi 
yaqqolroq bo‘ladi. 
5.Kondensator plastinalar joyidan qo‘zg‘atilsa maydonning bir xilligi o‘zgaradi. 
UYuCh-terapiya kasalliklarining hamma davrida qo‘llanilishi bilan boshqa 
usullardan afzalroq hisoblanadi,
Ko’rsatmalar:
o‘tkir yiringli kasalliklarda, yallig‘lanish jarayonlarida, 
atoniyalarda, spazmlarda, nevrit, nevralgiyalarda va h.z. tavsiya etiladi. 
Mone’liklar:
Qon ketishga moyillik, yomon sifatli o‘sma, II – III darajali yurak 
yetishmovchiligi, aorta anevrizmi, gipotoniya, miokard infarkti bo‘lsa tavsiya 
etilmaydi. 
Muolaja maxsus tayyorlangan xonalarda o‘tkaziladi. Bu xonalarda metall 
buyumlarning bo‘lishi mumkin emas, devorlari ichkaridan qo‘rg‘oshinli rezina bilan 
qoplanadi.



Yüklə 135,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə