Mavzu: elektr toki va ultratovush bilan davolash


Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies



Yüklə 135,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix11.12.2023
ölçüsü135,78 Kb.
#145147
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies 
Hosted online from Paris, France. 
Date: 
19
th
June, 2023 
ISSN: 2835-3730
Website:
econferenceseries.com
109 | 
P a g e
 
 
Magnitoterapiya
Organizmga past chastotali o‘zgaruvchan magnit maydoni va doimiy magnit 
maydoni ta'siriga asoslangan fizioterapevtik usul magnitoterapiya deb ataladi. 
Magnit maydoni – uning yordamida harakatlanuvchi elektr zaryadlar yoki toklarning 
o‘zaro ta'siri va bog‘lanishi orqali amalga oshadi. Magnit maydoni tabiiy va sun'iy 
bo‘ladi. Tabiiy magnit maydonlar tashqi va ichki, sun'iy magnit maydonlar esa 
kuchaytirilgan va kuchsizlantirilganga bo‘linadi. Tabiiy magnit maydon odamzot 
mavjudligini ta'minlaydi. 
Biz doimiy magnit maydonida yashaymiz – gemamagnitli, hamda odam organizmi 
faqat musbat yo‘nalishdagi shimoldan janubga oquvchi magnit oqim ta'siriga javob 
beradi. 
Sun'iy magnit maydon tokli g‘altak cho‘lg‘amlari atrofida paydo bo‘ladi. Magnit 
maydonining eng ko‘p zichligi qutblar atrofida bo‘ladi (metallar qutblar atrofiga 
tortiladi). Magnit maydon kuch chiziqlari yo‘nalishi bo‘yicha doimiy va 
o‘zgaruvchan, uzluksiz va impulsli tartibda har xil chastotadagi, shakldagi va 
uzunlikdagi impulslar generatsiya qilishi mumkin. 
Magnit maydoni maxsus va nomaxsus ta'siriga ega

Nomaxsus ta'siriga
sedativ, 
analgetik, o‘rtacha gipotenziv ta'sir kiradi. 
Maxsus ta'siri
faqat magnit maydoniga 
xosdir. Bunga mikrotsirkulyatsiyani tezlashtirish, degidratatsiya, osmatik va 
metabolik hodisalarga ta'sir ko‘rsatish kiradi.
Magnit maydoni terapevtik dozalarda qon elementlariga ta'sir ko‘r-satmaydi. U 
tashqi nafas jarayonini yaxshilaydi, balg‘am miqdorini kamaytirib, kavernalar 
bitishini tezlashtiradi (sil kasalligida). Magnitlashtirilgan suvni bir kunda 1 litrgacha 
ichish mumkin. Diurez reabsorbsiya pasayishi hisobiga ko‘payadi, o‘t pufagidagi va 
buyrakdagi toshlar yemiriladi. Qon magnitlanganida desensibilizatsiya kuchaygani 
kuzatiladi. Magnit maydoni radiatsiyadan himoya qilishda qo‘llaniladi. Hozirda 
magnitlangan dorilar rakka qarshi keng qo‘llanilmoqda. Magnitoterapiyani fono, 



Yüklə 135,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə