Mavzu: elektr toki va ultratovush bilan davolash


Date:  19 th June, 2023  ISSN: 2835-3730 Website



Yüklə 135,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix11.12.2023
ölçüsü135,78 Kb.
#145147
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Date: 
19
th
June, 2023 
ISSN: 2835-3730
Website:
econferenceseries.com
111 | 
P a g e
 
to‘qima ichiga kam kiradi. Masalan: chastotasi 1600-2600 kg bo‘lgan ultra tovush 
faqatgina 1 sm chuqurlikka kiradi, chastotasi 800-900 kg bo‘lgan ultra tovush 4-5 
sm ichkariga kiradi. Ultra tovushlarning ta'siri asosida mexanik va issiqlik omillari 
hamda shular tufayli organizmda kelib chiqadigan fizik-kimyoviy o‘zgarishlar 
yotadi. Mexanik ta'siri asosan chaqiralayotgan mikrovibratsiya bilan tushuntiriladi, 
bu esa to‘qimalarda mikromassaj holatini hosil qiladi. Buning natijasida 
to‘qimalarning funksional holati o‘zgaradi, membranalarning o‘tkazuvchanligi 
oshadi, diffuziya va osmos jarayonlari kuchayadi, to‘qimalardagi har xil 
tuzilmalarning bir-biriga bog‘liqligi oshadi. Issiqlik ta'siri ultra tovushning bir 
tomondan mexanik energiyasining issiqlikka aylanishi bilan, ikkinchi tomondan 
biokimyoviy jarayonlarning oshishi bilan tushuntiriladi. To‘qimalarda haroratning 
ortishi qon va limfa tomirlarining kengayishiga olib keladi, mikrotsirkulyatsiya 
oshadi, modda almashinuvi jarayonlari yaxshilanadi. Fizik-kimyoviy ta'siri 
to‘qimalarning molekulyar kompleksining qayta qurilishi bilan tushuntiriladi. 
Bunda bir qator fermentlarning faolligi ortadi, oksidlanish-tiklanish jarayonlari 
yaxshilanadi, to‘qimalarda biologik aktiv moddalar (geparin, gistamin, serotonin va 
h.z) hosil bo‘ladi. Ultratovushlarning fiziologik ta'siri mahalliy va umumiy reaksiya-
lardan, gumoral va neyroreflektor ta'sirlaridan kelib chiqadi. Natijada og‘riq 
qoldiruvchi, spazmalitik, yallig‘lanishga qarshi ta'sirlar yuzaga keladi. Shuningdek 
reparativ va regenerativ jarayonlar, nerv-mushak apparatining qo‘zg‘alish darajasi 
ortadi, nerv bo‘yicha impulslarning o‘tishi yaxshilanadi. Ultra tovush bilan davolash 
muolajasi quyidagi apparatlar yordamida o‘tkaziladi : 
-partotiv - UTP-1, LOR-1, LOR-2, LOR-3, UZT-101, UZT-102, UZT-103 
-statsionar - UTS-1, UTS-1M. 
Muolajani qo‘llashda quyidagi usullardan foydalaniladi : 
-labil yoki kontakt usuli; 
-stabil usuli; 
Ultra tovush tarqalib ketmasligi uchun muolajani har doim maz yoki vazelin bilan 
o‘tkazilishi shart. Bu usul yordamida organizmga dori moddalari kirgizilishi 
mumkin, 

Yüklə 135,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə