Mavzu: elektr toki va ultratovush bilan davolash


bu usul fonoforez yoki ultrafonoforez



Yüklə 135,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix11.12.2023
ölçüsü135,78 Kb.
#145147
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
bu usul fonoforez yoki ultrafonoforez
deb ataladi. Masalan : butadion, 
gidrokartizon, dolgit va boshqa dorili mazlar. Bu muolaja davolash amaliyotida juda 
keng qo‘llaniladi, ayniqsa hozirda keng tarqalgan bo‘g‘im kasalliklarida. 
Ko‘rsatmalar : tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, poliartrit, podagra, 
osteoxondroz), nerv sistemasining kasalliklari va jarohatlari, LOR kasalliklari 
(tonzilit, vazamator renit), ko‘z kasalliklari (kon'yuktivit, keratit), ginekologik va 


Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies 
Hosted online from Paris, France. 
Date: 
19
th
June, 2023 
ISSN: 2835-3730
Website:
econferenceseries.com
112 | 
P a g e
 
urologik kasalliklari (salpingoofarit, prostatit), nafas olish organlari kasalliklari 
(bronxial astma, bronxit), stomatologik kasalliklar va h.z. Lekin shu bilan bir atorda 
tromboflebit, kaxeksiya, gipotoniya, qon ketishga moyillik holatlarida muolajani 
qo‘llash mumkin emas.
Induktotermiya
Bu yuqori chastotali magnit maydoni bilan davolashdir. Indukta – to‘plash, termo – 
issiqlik,ya'ni issiqlikni to‘plash ma'nosini bildiradi. 
Apparatga ulangan yuqori voltli kabel o‘ramlari atrofida yuzaga keladigan magnit 
maydoni bemor tanasida induksion toklar – Fuko toklari paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Bu toklarning hosil bo‘lishi to‘qimalarning qizishiga olib keladi. Issiqlik 
asosan elektrni yaxshi o‘tkazuvchi to‘qimalarda, ya'ni qon, limfa, parenxematoz 
organlar to‘qimasi, mushaklarda hosil bo‘ladi. Issiqlik to‘qima ichkarisida (6-8 sm) 
hosil bo‘ladi, teri va teri osti kletchatkasida kamroq. Induktotermiya o‘rta hisobda 
mahalliy haroratni 3-4 gradusga oshiradi, kamida esa 1-1,5 gradusga. Haroratning 
ko‘tarilishi to‘qimalarning periferik va chuqur qismida qon aylanishni kuchaytiradi, 
fermentlar almashinuvi jarayonlarini tezlashtiradi. Induktotermiya ta'sir qilgan joyda 
suyak to‘qimalarida kalsiyning yig‘ilishi ortadi. To‘qimalarning bitishi va 
regeneratsiyasining tezlashishi kuzatiladi. Buyrak usti bezi po‘stlog‘ining 
glyukokortikoid funksiyasini stimullaydi, katexolaminlarning sekretsiyasi oshadi. 
So‘rilish jarayonlari tezlashadi, organizmning immunologik xususiyati 
yaxshilanadi, fagotsitozning faolligi ortadi, tomir, ichak, bronxlar, sfinkterlarga 
antispazmatik ta'sir ko‘rsatadi. Muolaja IKV-4, DKV-2 apparatlari yordamida 
o‘tkaziladi. Bunda elektrod vazifasini bajaruvchi induktor disk va induktor kabel 
qo‘llaniladi. 
Ko‘rsatma : tayanch-harakat apparatining, kichik tos organlarining, siy-dik 
qopining, nafas organlarining, hazm organlarining, LOR organlarining o‘tkir osti va 
surunkali kasalliklari, o‘tkir va surunkali nefrit, nevrit, radikulit, artrit va artroz. 
Qarshi ko‘rsatma : terining og‘riq va harorat sezuvchanligining buzilishi, 
seringomieliya, o‘tkir yiringli jarayonlar, yomon sifatli o‘smalar, qon ketishga 
moyillik, silning faol shakli, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti. 



Yüklə 135,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə