Мавзу: Электр ўзаро таъсир. Электр заряди ва унинг дискретлилиги. Кулон қонуни. Электр майдон кучланганлиги. Суперпозиция принципи


– Laboratoriya ishi Nuqtaviy zaryadlarning elektr maydoni



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə8/9
tarix29.01.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#99661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ìàâçó Ýëåêòð ¢çàðî òàúñèð. Ýëåêòð çàðÿäè âà óíèíã äèñêðåòëèëèãè

9 – Laboratoriya ishi

Nuqtaviy zaryadlarning elektr maydoni.

Ma’ruzalar matni va o‘quv qo‘llanmasi bilan tanishing (Savelyev, t.2 §5-10).


Ishning maqsadi

  • Nuqtaviy manbalarning elektr maydonini modellashtirish bilan tanishish.

  • Nuqtaviy zaryad va elektr dipoli(ED)ning elektr maydonlari qonuniyatlarining tajribada tasdiqlanishi.

  • Elektr doimiysining qiymatini tajribada aniqlash.

Qisqacha nazariya

Qo‘zg‘almas zaryadlarning elektr maydoni elektrostatik maydon deyiladi. U vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. Elektrostatik maydon faqat elektr zaryadlari tomonidan hosil qilinadi. U zaryadlar atrofini o‘rab turuvchi fazoda hosil bo‘ladi va ular bilan chambarchas bog‘langan. "Zaryad" deb zaryadlangan zarrachaga, "nuqtaviy zaryad" deb esa elektr zaryadiga ega bo‘lgan moddiy nuqtaga aytiladi.


Elektr zaryadining asosiy xossalari:
1. Eng asosiy xususiyati – 2 turda, ya’ni, "musbat" va "manfiy" turlarda mavjud bo‘lishidir. Bir xil ishorali zaryadlar itarishadi, har xil ishorali zaryadlar tortishadi.
2. Zaryad diskret bo‘lib, har bir jismning zarydi miqdor jihatdan elektron zaryadiga ( ) karralidir.
3. Zaryad invariantdir, ya’ni uning qiymati ixtiyoriy inersial sanoq tizimida bir xil.
4. Zaryad additivdir, ya’ni, jismlar tizimining zaryadi alohida olingan jismlar zaryadlarning yig‘indisiga teng.
5. Zaryad saqlanadi – izolatsiyalangan (yopiq) jismlar tizimining to‘la elektr zaryadi bu tizimda sodir bo‘ladigan jarayonlarda o‘zgarmaydi.
Nuqtaviy zaryadlar Kulon qonuni bo‘yicha o‘zaro ta’sirlashadi

bu yerda – birlik radius vektor bo‘lib, zaryadlarni tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan.
Elektr maydon kuchlanganligi nuqtaviy zaryadga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchning shu zaryad miqdoriga nisbatiga teng.

Nuqtaviy zaryadning maydon kuchlanganligi:

EM grafik ko‘rinishda kuchlanganlik chiziqlari yoki kuch chiziqlari orqali ta’svirlanadi. Kuch chiziqlari deb, shunday chiziqlarga aytiladiki, ularning har bir nuqtasiga o‘tkazilgan urinma vektorning yo‘nalishi bilan mos tushadi.
EM uchun superpozitsiya prinsipi bajariladi: bir necha manba hosil qilgan EM kuchlanganligi, har bir manba hosil qilgan maydon kuchlanganligi vektorlarining geometrik yig‘indisiga teng.

EM kuchlanganlik vektori oqimi deb, EM kuchlanganligi bilan sirt elementining skalyar ko‘paytmasidan biror S sirt bo‘ylab olingan integralga aytiladi:

bunda vektor sirtga tushirilgan normal bo‘ylab yo‘nalgan.
EM uchun Ostrogradskiy - Gauss teoremasi:
Yopiq S sirt orqali kuchlanganlik vektori oqimi, shu sirt ichidagi zaryad yig‘indisiga proporsionaldir

Berilgan nuqtada EM potensiali deb, birlik musbat zaryadni berilgan nuqtadan cheksizlikka ko‘chirishda bajarilgan ishga miqdor jihatdan teng bo‘lgan skalyar kattalikka aytiladi:
yoki
Kuchlanganlik va potensial o‘rtasidagi bog‘lanish:

bu yerda gradiyent operatori

Dipol turli ishorali, modul jihatdan teng 2 ta zaryaddan iborat bo‘lgan, bir – biridan masofada joylashgan va o‘zaro bog‘langan tizimdir ( - dipol yelkasi bo‘lib, manfiy zaryaddan musbat zaryad tomon yo‘nalgan).
Dipol momenti quyidagicha aniqlanadi:

vektor manfiy zaryaddan musbat zaryad tomon yo‘nalgan.
Dipolning EM kuchlanganligi maydonlar superpozitsiya prinsipini qo‘llash orqali topiladi:
1. Umumiy holda,
,
bunda r –dipol markazidan maydon kuchlanganligi aniqlanayotgan nuqtaga o‘tkazilgan radius vektor qiymati, - r va dipol yelkasi orasidagi burchak.
2. Xususiy hollarda:
a)dipol o‘qida yotgan nuqtada ( )

b)dipol yelkasining o‘rtasiga tushirilgan perpendikularda yotgan nuqtada( )





Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə