Mavzu: Emotsionallikning inson hayotiga ta`siri Reja


Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning vazifalari



Yüklə 32,78 Kb.
səhifə3/7
tarix08.06.2023
ölçüsü32,78 Kb.
#116150
1   2   3   4   5   6   7
Emotsionallikning inson hayotiga ta`siri

Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning vazifalari
Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi bo‘lib, individ guruhning psixologik taraqqiyot ko‘rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodikalar majmuini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Psixologiya fani o‘rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash ob'ekti bo‘lishi mumkin. Masalan: o‘zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlari va muloqotida Yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayongacha.
Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat:
psixik ko‘rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan printsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish;
hozirgi paytda psixologik ko‘rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini o‘rganish;
psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablari nimalardan iborat;
psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan;
test va psixodiagnostik metodlarning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat.
Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli bo‘lib, amaliy psixologik tashxis qo‘yish bilan bog‘liqdir. Bunda masala nafaqat nazariy, balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va o‘tkazishning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda quyidagi vazifalardan iboratdir:
psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo‘yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish;
psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida;
psixodiagnostika sohasida o‘z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o‘zida mujassamlashtirishi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar;
psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqish.
Psixodiagnostika xususiy jihatdan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
bola tug‘ilgandan boshlab maktab ta'lim jarayoniga tayyorgarligi, yosh davrlarining psixologik taraqqiyot dinamikasini o‘rganadi (bilish jarayonlari, intellektual qobiliyatlari, shaxs sifatlari hamda shaxslararo munosabatlarini). Bunda har bir bolaga maxsus psixodiagnostik kartochka to‘ldiriladi va uning rivojlanish ko‘rsatkichlari har oyda yoki yilda qayd qilinib boriladi;
har bir bolaning psixik va xulqiy rivojlanishidagi individual qobiliyatlarini tekshirish, uning o‘rtacha standart me'yorlardan chetlashishlari, ya'ni ijobiy (rivojlanishda oldindami), salbiy (rivojlanishdagi qoloqligi) tomonlarini aniqlash;
bolaning ta'lim va tarbiya jarayonidagi Yutuqlarini aniqlash maqsadida psixologik xizmat ko‘rsatish va uning natijasida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
bolani yanada rivojlantirish maqsadida uning iqtidori, layoqati va individual qobiliyatlarini hamda qiziqishlarini tashxislash hamda ilmiy asoslangan psixologik maslahat va kasbga yo‘naltirilish ishlarini olib borish;
bolaning psixologik holati haqida ota-onalarga, o‘qituvchilarga zarur bo‘lgan har tomonlama ma'lumotlar to‘planib, bolaga mos ravishda ta'lim va tarbiya metodlarini tanlash.

Yüklə 32,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə