Mavzu: Emotsionallikning inson hayotiga ta`siri Reja


Psixodiagnostikaning turlari va bosqichlari



Yüklə 32,78 Kb.
səhifə4/7
tarix08.06.2023
ölçüsü32,78 Kb.
#116150
1   2   3   4   5   6   7
Emotsionallikning inson hayotiga ta`siri

Psixodiagnostikaning turlari va bosqichlari
L.S.Vigotskiy bo'yicha psixologik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‘yishning 3 bosqichi farqlanadi: Simptomatik diagnoz empirik diagnoz deb ham ataladi. Bunda tashxis qo‘yish muayyan belgi yoki xususiyatlarni ta’kidlash bilan cheklanadi va uning asosida amaliy xulosalar chiqariladi. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, bunday tashxis ilmiy hisoblanmaydi, chunki belgilarni aniqlash avtomatik tarzda bevosita tashxis qo'yishga olib kelmaydi.
Psixologik tashxis rivojlanishining ukkinchi bosqichi etiologik tashxis qo'yish bo‘lib, bunda shaxsning muayyan xususiyatlari va belgilarning mavjudligi hisobga olinib qolmay, balki ularni keltirib chiqaruvchi sabablar ham inobatga olinadi.
Eng yuqori bosqich - tipologik bosqich hisoblanadi. Bunda qo'lga kiritilgan ma’lumotlarning shaxs tuzilishidagi o‘rni va ahaniyati belgilanadi.
Masalan, 1 .Simptomatik diagnoz: “Diqqat yetishmovchiligi lindromi va giperaktivlik”
2.Etiologik diagnoz: “Genetik hamda ijtimoiy-psixologik omillar (prenatal, postnatal rivojlanishda - bolaning muddatdan oldin tug‘ilishi; toksikoz va infeksiyalar ta’siri; toksik, zaharli moddalar ta’siri; MNT ining buzilishi; gipoksiya va anoksiya, y’ani vaznning haddan ortiq yoki каш bo‘lishi; ota-onalar o‘rtasidagi emotsional murakkabliklar; moddiy sharoitlaming og'irligi; psixik deprivatsiya; o‘zlashtirmaslik va hokazolar) ta’sirida kelib chiqqan diqqat yetishmovchiligi sindromi va giperaktivlik”.
Psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari
Tamoyil - ma'lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir.
Determinizm tamoyiliga ko’ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o’zgarishi bilan o’zgaradi. hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi.
Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko’ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o’rganish orqali xatti-harakatlardan ko’zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta'minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya'ni psixikani ob'ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.

Yüklə 32,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə