Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Qur’on, sunna, ijmo va qiyos, masolihul-mursala, istihson va urf



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə56/139
tarix22.03.2024
ölçüsü2,17 Mb.
#183519
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   139
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàììîë 3

Qur’on, sunna, ijmo va qiyos, masolihul-mursala, istihson va urf.
Bugungi dunyo musulmonlarining qariyb 50%ini hanafiylar tashkil qiladi. Habafiy mazhabi to‘rt ahli sunna mazhablarining eng avvalgisi hisoblanadi. Bu mazhabning ahamiyatli tomonlaridan biri shundaki, bu mazhab faqatgina Abu Hanifa rohmatullohi alayhning fikrlari bilan emas, balki shogirdlarining qavllari bilan ham mustahkamlangan. Imom Abu Hanifaning o‘ziga xos dars o‘tish usuli muallim va mutaallimni birdek ilmiy saviyasini oshirishga qaratilgan edi. U zot o‘rtaga bir fikrni tashlab, uni shogirdlari bilan birga muhokama qilar, har kim bu masala ustida o‘z fikrini erkin bayon qilgach, barchaning fikridan hosil bo‘lgan xulosani yasab, barcha atrofida jamlangan olimlar u kishini tasdiqlagach yozdirar edilar. Mana shuning o‘zi ham Abu Hanifa rohmatullohi alayhning ilmi muttasil o‘sib, fikri to‘lishib borishida muhim ahamiyat kasb qildi. Shu bilan birga Abu Hanifa rohmatullohi alayh fiqh fanini alohida fan sifatida tartiblagan zotdirlar. Imom Shofi’iyning mashhur so‘zlarida u kishi: “Fiqhda barcha olimlar Abu Hanifaning oila ahlidir. U zotga teng kelib masala ayta oladigan kishi yo‘q”, deydilar.
Hanafiy mazhabi ulamolari fiqhning 4 asosiy manbaini e’tirof etish bilan birga boshqa mazhablar vakillariga nisbatan fiqh talablariga rioya etishning qiyos va ijtihod usullaridan kengroq foydalanadi. Bu mazhabning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: Qur’oni karimdan hukm olishda oyatlarning nosix va mansuxlarini obdon aniqlab olish; hadisi shariflardan huquqqa doirlarini shar’iy hukmlarga asos qilib olishda har bir hadisning sahihligiga katta e’tibor berish va ularning nosix, mansuxligini chuqur aniqlash; sahobalarning ittifoq ila chiqargan qarorlari (ijmo’) hamda qiyos va ijtihod usullariga binoan huquqiy xulosa chiqarishdan tashqari istihson deb ataluvchi qo‘shimcha manbadan ham foydalanish.
Hanafiy mazhabi oddiy huquq(urf-odat)dan ham huquqning keng mustaqil yordamchi manbai sifatida foydalanadi, bu hol hayotiy ehtiyojlarni va mahalliy odatlarni hisobga olib huquqiy qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bu mazhab qoidalari mo‘tadilligi, birmuncha yumshoqligi, qulayligi, xalqlarning mahalliy an’analarini e’tiborga olganligi sababli XI-asrdan boshlab shimol va sharqqa keng yoyilgan. Kichik Osiyo, Bolqon, Shimoliy Kavkaz, Qora dengiz, Volga bo‘ylari, O‘rta Osiyo mamlakatlari, Afg‘oniston, Hindiston va Xitoyning olis hududlariga tarqalgan. Hozirgi davrda dunyo musulmonlarining qariyb yarmi, shu jumladan, yurtimiz musulmonlari hanafiy mazhabiga amal qilgan holda musulmonchilik qonun-qoidalarini bajarib kelmoqda. Mazhabimizning dalillari bayon qilinganda har bir hukm quyidagi dalillarning biri bilan hujjatlangan bo‘lmog‘i lozimligi ta’kidlanadi.
Quroni karim
Sunnati nabaviy
Ijmo
Qiyos
Istehson
Al — masolih al- mursal
Urf va taomul
Shar’u man qablana
Sahobalar va tobeinlar mazhabi
Sadduz zaroye’
Istishob
Ushbu qismlardan avvalgi beshtasi hanafiy mazhabida doimiy qo‘llanib keladi.
Ijmo (arab. — yakdillik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror; ijmo al-umma — diniy jamoaning yagona fikri) — Qur’on va hadislarda aniq ko‘rsatma berilmagan huquqiy masalani hal qilishda faqih va mujtahidlarning to‘planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi). Shariat dasturlariga keyinchalik kiritilgan 3manba. Shariatda shunday yo‘l bilan chiqarilgan hukm shar’iy (qonuniy) deb qabul qilingan.
Qiyos (arab. — taqqoslash) — shariat manbalaridan biri (Qur’on, sunna, ijmo bilan birga). Qiyosda dastlabki 2 manba — Qur’on va sunnatda berilmagan biror huquqiy masala ulardagi shunga o‘xshash masala bo‘yicha berilgan ko‘rsatmaga taqqoslash yo‘li bilan sharh etilgan. Mas: aroqning shayton ishi ekanligi, urush — janjal, adovat chiqarishi sababidan u Qur’oni karimda man etilgan. Aroqdan boshqa mast qiluvchi ichimliklar haqida biror narsa aytilmagan. Lekin mujtahid ulamolar mast qiluvchi ichimliklarning hammasida ham aroq kabi salbiy natijalar bo‘lishini hisobga olib, unga Qiyos qilganlar va harom deb hukm chiqarganlar. Qiyos faqihlar huquqini kengaytirib, shariatni turmushning turli tomonlariga tatbiq etishga imkoniyat bergan. Shu bilan birga Qiyos islom dinini zamon va taraqqiyot ila yonmayon yurishida asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Istehson lug‘atda “bir narsani yaxshi deb hisoblash” ma’nosida bo‘lib, istilohda esa mujtahidning ochiq ravshan qiyosdan maxfiy qiyosga, kulliy hukmdan juz’iy hukga o‘tishligidir. Demak, istehson aslida qiyos uslubi bo‘lib qiyosni rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan. Maslahatul mursal lug‘atda “bosh qo‘yilgan erkin manfaatlar” ma’nosida bo‘lib, biror ishni qilish yoki qilmaslik borasida tayin dalil bo‘lmagan lekin shariatning umumiy qonun qoidalariga zid kelmaydigan shariat maqsadiga muvofiq keluvchi umummanfaatga xizmat qiladigan narsadir.
Urfi taomil — Urf lug‘atda “tanilgan narsa” ma’nosini anglatib, istilohda esa odamlar, umuman jamiyat o‘rganib hammaga tanish bo‘lib qolgan sog‘lom tabiat qabul qiladigan ish yoki sozdir. Sahobaning gapi hujjat ekani — sahobalar Payg‘ambarimiz solallaohu alayhi vasallam bilan ko‘rishib, U Zotga iymon keltirgan kishilar. Ilmda kamolga yetganligi; arab tilini mukammal bilishlari, taqvodorligi va adolatli ekanligi: hadislarni vorid bo‘lish sababini hammadan yaxshi bilishlari, shariatning maqsadlarini chuqur anglashlari tufayli ularning gaplari diniy ijtihodlari hanafiy, molikiy hamda hanbaliy mazhablarida hujjat bo‘la oladi. Sadduz zaraye’ lug‘atda “vositalarni to‘sish” ma’nosida. Istilohda esa shariatda man qilingan narsani qilishga olib boradigan vositalarni to‘sish, man etishdir. Istishob lug‘atda “suhbatni talab qilish, do‘st qilib olmoq” ma’nolarida. Fiqhiy istilohda esa avval mavjud bo‘lgan bois bir narsani o‘zgartiruvchi bo‘lmasa, uni keyin ham bor deb hukm chiqarishdir.
Mazhabboshimiz haqlarida yetuk olimlardan biri Hafs ibn Fayyoz diqqatga sazovor bunday fikrni aytadi: “Abu Hanifaning fiqh haqidagi gapi she’rdan nozikroq”. Bir qarashda oddiy tuyulgan bu so‘zlarni biz bejizga diqqatga sazovor demadik. Nazm juda nozik so‘zlar bilan ifoda etilishi va shu tarzdagi go‘zal iboralar to‘plamidan she’r tug‘ilishi ma’lum. Abu Hanifa rohmatullohi alayh fiqh – masala haqida gapirar ekanlar, huddi ilhom bilan she’r o‘qib kelganidek, balki undan ham nozikroq, undan ham chiroyliroq qilib yetkazardilar. Shuning uchun Abu Hanifani faqat johil odamgina ayblaydi, aqli bor odam u kishini taniydi va albatta e’tirof etadi. Zamondoshlari va ulardan keyin kelgan ulamolar, dunyo tan olgan shaxslar Imomi A’zam rohmatullohi alayhni mana shu darajada ta’riflaydilar.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə