Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


- mavzu. Markaziy Osiyo tarixida Xanafiya mazhabining o‘rni



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə54/139
tarix22.03.2024
ölçüsü2,17 Mb.
#183519
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   139
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàììîë 3

8- mavzu. Markaziy Osiyo tarixida Xanafiya mazhabining o‘rni.
REJA:
1. Xanafiyada moʻtadil islom tamoyili va bag‘rikenglik g‘oyalari.
2. Hanafiy mazhabi rivojida Markaziy Osiyo faqihlarining roli va hissasi..
3. Xanafiya mazhabining islom tasavvufi bilan bog‘liqlik asoslari.
4. Tasavvuf tushunchasi va uning mohiyati
Hanafiylik mazhabining asoschisi Abu Hanifa hayoti va ta’limoti. No’mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o’ziga xos tushunchalar, ifoda - til va uslubiyat shakllandi. Fiqh paydo bo’lishining ilk davridayoq, ikki yo’nalish maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi bo’lib, u yana "mustaqil fikr yuritish tarafdorlari" (ashob-ar-ra’y), ikkinchi - Madina maktabi esa "hadis tarafdorlari" (ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq - maktablar o’z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo’lib qolgan huquqiy an’analar bilan belgilanadi.
"Ashob ar-ra’y"ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) hisoblanadi.
Hanafiya Islomdagi eng ko’p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699-767 yillarda yashagan. Ma’lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri bo‘lgan, Payg‘ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas’ud (vaf. 653 y.) u yerga faqih va muallim sifatida Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaho sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738 y.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo‘lgan.
Abu Hanifa kufalik bo‘lib, o‘zining ismi No‘mon ibn Sobit edi. O‘ziga to‘q ipak sotuvchi xonadonida tavallud topgan. A’lo ta’lim olib, yoshligida so‘nggi sahobalarning suhbatini olgan. 22 yoshida mashhur huquqshunos Hammod ibn Abu Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil tahsilda bo‘ladi. Ustoz vafotidan so‘ng 10 yil davomida ushbu to‘garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va Basraning eng obro‘li faqihi hisoblangan. 747-748 yili uni davlat xizmatiga chorlagan Iroq hokimining zulmidan qochib, Makkaga ko‘chib o‘tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqqa qaytadi va boy tojir hamda nufuzli olim sifatida hayot kechiradi. Xalifa Mansur (754-775) Bag‘dodda unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egallashni taklif etganida qat’iyan rad javobini beradi. Xalifa uning irodasini bo‘ysundirish uchun yoshi va obro‘siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto savalashga buyuradi. Oradan ko‘p o‘tmay, Abu Hanifa olamdan o‘tadi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə