Mavzu: faoliyat va mativatsiya



Yüklə 3,4 Mb.
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#142222
1   2   3   4
New Презентация Microsoft PowerPoint (2)

O’yin faoliyati

  • Faoliyatning oddiy shakllaridan biri o’yin hisoblanadi, lekin u tobora takomillashib, sodda harakatlardan keyinchalik syujetli, roli o’yinlarga, hatto sportgacha murakkablashib boradi, atrof-muhitni aks ettirishida ishtirok eta boshlaydi. Insonning borliqni in’ikos etishidagi dastlabki urinishni harakat orqali namoyon etadi. Harakatlar bolaning tabiatga, uni qurshab turgan kishilik dunyosiga nisbatan munosabatini, ular to’g’risidagi ilk taassurotlar, sodda tasavvurlar, bilimlarni o’zlashtirishni anglatib keladi. Keyinchalik oddiy harakatlar muayyan ma’no kasb etib, syujetli va rolli o’yinlarga aylanadi. O’yinlar milliy (etnik) va umumbashariy turkumlardan tarkib topgan bo’lib, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini o’zida aks ettiradi. O’yinlar takomillashib borib sport turlariga, sport faoliyatiga o’sib o’tadi, jumladan, shaxmat, damino, futbol, shashka va hokazo. Sport o’yin faoliyati sifatida barcha yoshdagi insonlarga xos bo’lib hisoblanadi.

Ta’lim

  • Ta’lim ham jarayon, ham faoliyat sifatida insonning hayotida muhim rolь o’ynaydi va muayyan davr uchun yetakchi faoliyat sifatida gavdalanishi mumkin. Ta’lim boshqacha so’z bilan aytganda, o’qituvchi bilan o’quvchining sub’ekt-sub’ekt munosabatidagi hamkorlik faoliyati hisoblanadi. Aksariyat hollarda o’qituvchi axborot uzatuvchi (kommunikator) o’quvchi esa uni qabul qiluvchi(kommunikat) ob’ekt sifatida talqin etiladi, lekin ikkiyoqlama harakat tufayli ma’lumot insonga anglashiniladi, o’zaro ta’sir, o’zaro anglashuv, tushunuv, o’zaro sub’ektlarning bir- birga zaruriyligi, taqozochanligi hamkorlikning muvaffaqiyati kafolatli sanaladi. Ta’lim o’quv faoliyati, aqliy faoliyat, bilish faoliyati turtkisi vazifasini o’taydi, chunki har qaysi faoliyatning shakli aqliy mehnat tufayli amalga oshadi. Ta’limning boshqa faoliyat turlaridan farqi uning mahsulining o’ziga xosligi, barcha bosqichlariga ongli yondashuvda va munosabatda bo’lishdir. Ta’lim o’quv faoliyati yoki jarayon sifatida mustaqil izlanishni, ijodiy munosabatni, turli vaziyat (auditoriya va undan tashqarida)ni, har xil bosqichni (boshlang’ich, o’rta, maxsus, oliy ta’lim) o’zida mujassamlashtiradi. Mustaqil bilim olish va mutolaa qilish ham o’quv faoliyatining muayyan ko’rinishlari bo’lib, shaxsiy ilmiy, ijodiy izlanishning mahsuli hisoblanadi.

Mehnat faoliyati

  • Insoniyat o’zining mehnati tufayli ongli mavjudodga aylangan, jamiyatda mo’l-ko’lchilikni yaratgan, tabiatda esa ayrim o’zgartirishlarni amalga oshirgan, borliq to’g’risidagi ma’lumotlarni egallashga musharraf bo’lgan. Mehnat faoliyatining tarkibida mehnat, ish-harakat yotadi. Ularning har qaysisi muayyan ulushni amalga oshirish tufayli faoliyat mahsuli vujudga keladi, u moddiy yoki ma’naviy ko’rinishda bo’lishi mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə