Mavzu: Fe’llarning yasalishi. O’qituvchi: Hilola Soibova


-(i,o)t qo’shimchasi sanoqli so’zlardan fe’l yasaydi: yo’qotmoq, to’latmoq,berkitmoq



Yüklə 130,29 Kb.
səhifə4/4
tarix04.01.2022
ölçüsü130,29 Kb.
#82578
1   2   3   4
ona tili Nosirova Madinaxon

-(i,o)t qo’shimchasi sanoqli so’zlardan fe’l yasaydi: yo’qotmoq, to’latmoq,berkitmoq;

-t:to’la-sifat, to’lat (suvni)-fe’l.

-ir qo’shimchasi ot va taqlid so’zardan fe’l yasaydi: gapirmoq;

-si qo’shimchasi omoshdan fe’l yasaydi:

mensimadi;

Quyidagi turkumlarga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shish orqali fe’l yasaladi


Asos

Fe’l yasovchi qo’shimchalar

Misollar

1

Otdan

-la, -lan, -lash, -a,

-sira, -i, -ik, -iq,

-ir, -ay, -lash(tir),-g’i


Joyla, ahdlash, o’yna, ko’zik, yo’liq, gapir, gapir, kuchay, sahnalashtir, izg’i

2

Sifatdan

-la, -lan, -lash, -a,

-a(y),-(a)r, -i, -t



Tozala, shodlan, maydalan,qo’pollash, toray, tinchi, boyi, to’lat

3

Ravishdan

-la, -lash, -(i)k

Teza., yaqinlash, kechik

4

Sondan

-la, -lan, -ik

Yarimla, ikkilan, birik

5

Olmoshdan

-sira, -la, -si

Sensirama, sizla, mensimadi

6

Modal so’zdan

-la, -lan, -ol, -ot

Yo’qla, afsuslan, yo’qol, yo’qot

7

Taqlid so’zdan

-la, -illa, -ira, -a

Gumburla, likkilla, shovvulla, yaltira

8

Undov so’zdan

-la

Dodla, voyla

So’z yasovchi qo’shimchalarni qo’shish orqali fe’llarda yuz beradigan tovush o’zgarishlari

  • Fe’l yasovchi –a qo’shimchasi o’yin, qiyin kabi ikki bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda bu so’zlarning ikkinchi bo’g’inidagi i unlisi talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi: o’yna, qiyna kabi;
  • Fe’l yasovchi –a qo’shimchasi son, ot, yosh so’zlariga qo’shilganida asosdagi o tovushi a tovushiga aylanadi: sana, ata, yasha kabi
  • Fe’l yasovchi –ay qo’shimchasi past, sust so’zlariga qo’shilganida bu so’zlar oxiridagi t talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi: pasay, susay kabi;
  • Fe’l yasovchi –ay qo’shimchasi sariq so’ziga qo’shilganda asosdagi i unlisi tushadi, so’z oxiridagi q undoshi g’ deb talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: sarg’ay;
  • Fe’l yasovchi –ar qo’shimchasi qizil so’ziga qo’shilganda asosning –il qismi tushib qoladi va shunday yoziladi: qizar;
  • -illa qo’shimchasi tarkibida u unlisi yoki v undoshi bo’lgan bir bo’g’inli so’zlarga qo’shilganda –ulla tarzida aytiladi va shu holda yoziladi: shovulla, dukulla;
  • -la fe’l yasovchi qo’shimchasi ong so’ziga qo’shilsa, o a ga o’zgaradi, -la qo’shimchasi yig’i so’ziga qo’shilsa, asosdagi i tushib qoladi.

Fe’l yasovchi –la qo’shimchasining xususiyatlari

Hozirgi o’zbek tilida eng faol fe’l yasovchi qo’shimcha –la qo’shimchasidir. Bu qo’shimcha fe’dan tashqari, barcha so’z turkumlariga qo’shilib fe’l yasay oladi. Masalan, oqla, ishla, tekisla, tezla,dodla, voyvoyla, yarimla kabi.

  • -la qo’shimchasi otlarga qo’shilib fe’l yasaganda, quyidagima’nolarni bildiradi:
  • Yasashga asos qismdan anglashigan narsa-predmet bilan ta’minlash: o’g’itla, moyla;
  • Narsa-qurol bildiruvchi otlarga qo’shilib, shu asbob bilan bajariladiganharakatni bidiradi: qaychila, arrala, egova, ketmonla;
  • Yasashga asos qismdan anglashigan narsani yuzaga keltirish ma’nosini bildiradi: urug’la, bolala kabi.
  • Sifat va ravishlarga –la yasovchi qo’shimchasi qo’shilganda yasashga asos qismdananglashgan tus, hollatga kirish harakatini bildiradi. Masalan, tekisla, silliqla, to’g’rila, tezla, tozala kabi.
  • -la qo’shimchasi undov so’zlargga qo’shilib, yasashga asos qismdan ifodalangan his-hayajon, buyuq-xitoblarningbajarilish harakatini bidiradi: hihila, ufla, dodla kabi.
  • -a qo’shimchasitaqlid so’zlarga qo’shilib, yasashga asos qism ifodalagan tovushning yuz berishini ifodalaydi: gumburla, taraqla kabi.
  • Sifat, ravish, undov, va taqlid so’zlarga –la yasovchi qo’shimchasi qo’shilib fe’l yasalganda, yasovchi qo’shimcha qil, et, de singari ko’makchi fe’llar bilan sinonimik munosabatda bo’ladi va ularniko’pincha biri o’rnida ikkinchisini qo’llash imkoniyati bo’ladi. Masalan, tekisla-tekis qil, silliqla-silliq qil, ufla- uf de, dodla- dod de, gumburla- gubur et, taraqladi- taraq etdi kabi.

    Lekin har doim ham emas. Masalan, tezla ni tez qilga almashtirib bo’lmaydi.

So’z qo’shish bilan fe’l yasash

So’zlarni qo’shish yordamida qo’shma fe’llar yasaladi.

1. Fe’l bo’lmagan so’zlar bilan fe’lning qo’shilishidan qo’shma fe’l yasash. Bunday yo’l bilan ot, sifat, olmosh, ravish, undov so’z, taqlid, modal so’zlarni fe’lga qo’shib qo’shma fe’l yasaladi. Yasashga asos qismga yasovchi vosita sifatida qil, et, bo’l, ol, ber, de, ayla singari so’zlarni qo’shib yangi fe’l yasaladi. Masalan, javob bermoq, olib kelmoq, bayon qilmoq, kasal bo’lmoq, taq etmoq, bunyod qilmoq, tarbiya qilmoq, eski bo’lmoq, bir bo’moq, chirs etmoq, parvarish qilmoq, e’tiroz bildirmoq, ravshan bo’lmoq, tasdiq qimoq, vayron bo’moq, uya solmoq, turmush qilmoq va hokazo.

2. Fe’l+fe’l tuzilishdagi qo’shma fe’llar. Ikki fe’lning o’zaro birikishidan hosi bo’lgan fe’lar fe’l+fe’l tuzilishidagi qo’shma fe’llar sanaladi.

Bunday qo’shma fe’llarning birinchi qismi fe’lning –b (-ib), ba’zan –a ravishdosh shaklida bo’ladi. Shaxs-son, zamon, bo’lishli-bo’lishsizlik singari qo’shimchalar qo’shma fe’ning ikkinchi qismiga qo’shiladi. Masaan, borib kelmoq, kirib chiqmoq, olib kemoq (ola keldi), sotib olmoq kabi.


Savollar

THANK YOU FOR YOUR ATTENTION! E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR! СПАСИБО ЗА ВНИМАНИЯ!


Yüklə 130,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə