Mavzu: finlandiya ta’lim tizimi va hamkorlik yo’nalishlari



Yüklə 5,05 Mb.
səhifə3/5
tarix21.05.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#111757
1   2   3   4   5
MAXMADAMINOVA MADINA

Fin taʼlim tizimi
Finlyandiyaning asosiy taʼlim toʻgʻrisidagi qonunida (1998-yil) Finlyandiya taʼlimining uchta asosiy maqsadi belgilab berilgan: (1) oʻquvchilarga hayotda zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni berish, (2) jamiyatda rivojlanish va tenglikni targʻib qilish hamda (3) butun mamlakat boʻylab taʼlim sohasida tenglikni taʼminlash.
Finlyandiya aholisi bugungi kunda 5,5 mln. kishini tashkil etadi va mamlakatda mavjud 2341 ta umumtaʼlim maktablarida taxminan 560500 nafar oʻquvchi tahsil oladi. Maktablarda haftasiga 5 kunlik oʻqish joriy etilgan. Barcha maktablar bir xil mavqega ega, bolalar qobiliyatiga koʻra turli sinf yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga ajratib oʻqitilmaydi.
Fin maktablarida boshlangʻich taʼlim 6 yil davom etadi va 3-sinfgacha bolalarga baho qoʻyilmaydi, oʻqituvchilar tomonidan uyga vazifa deyarli berilmaydi, 2017-yildan aksariyat maktablar dars vaqtida “ruchkadan voz kechishgan” va dars jarayonida toʻliq kompyuter va planshetlardan foydalaniladi.

Finlyandiya taʼlim tizimi ikki bosqichli maʼmuriy tuzilishga ega: Taʼlim va madaniyat vazirligi (Ministry of Education and Culture) hamda vazirlik huzurida faoliyat yuritadigan, lekin oʻz faoliyatida mustaqil Milliy taʼlim agentligi (Finnish National Agency for Education).
Agentlik maktabgacha va maktab taʼlimini, vazirlik esa oliy taʼlim tizimini boshqaradi.
Finlyandiya taʼlim siyosatida uchta muhim tamoyil mavjudligini taʼkidlash mumkin: bilimga asoslangan jamiyat haqidagi qarashlarni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim tengligini taʼminlash va mahalliy hokimiyat vakolatlarini kuchaytirish. Mahalliy hokimiyat vakolatlarini kuchaytirish jarayonini oʻtgan asrning 70 yillaridan 2000-yillarga qadar Finlyandiya taʼlim tizimidagi eng muhim oʻzgarishlardan biri sifatida taʼkidlash mumkin.
Taʼlim muassasalarini boshqarish asosan mahalliy hokimiyatlar tomonidan amalga oshiriladi. Taʼlim muassasasi faoliyatiga deyarli hech kim aralashmaydi. Finlyandiya taʼlim tizimining yana bir tamoyili boʻlgan ishonch madaniyati tufayli maktablarga tekshiruv tashriflari yoʻq.
Finlyandiya taʼlim tizimining asosini quyidagi 7 ta tamoyil tashkil etadi deyish mumkin:

1. Tenglik
2. Bepul taʼlim
3. Individuallik
4. Amaliylik

5. Ishonch va oʻqituvchilar salohiyati
6. Ixtiyoriylik
7. Mustaqillik

1. Tenglik - Finlyandiyadagi barcha maktablar oʻquvchilarga bir xil sharoit va bir xil taʼlim tizimini taqdim etadi.
2. Bepul taʼlim - bepul taʼlim berish bilan birgalikda oʻquvchilarga barcha oʻquv jihozlari va tushlik ham bepul taqdim etiladi.
3. Individuallik – darslarni oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilar bilan oʻqituvchilar yoki yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchilar alohida shugʻullanishadi. Finlyandiyada oʻquvchilar qoʻshimcha darslarga qoldirilmaydi.
4. Amaliylik – oʻquvchilarni imtihonga emas balki hayotga tayyorlash. Darslarda oʻquvchilar, masalan, viza kartadan qanday foydalanish, shartnomalar tuzish, saytlar yaratish, tikish, ovqat pishirish, marketing va sotuv ishlari bilan shugʻullanish kabi amaliy ishlar bilan shugʻullanadilar.
5. Ishonch va oʻqituvchilar salohiyati – barcha maktablardagi oʻqituvchilar magistratura darajasiga ega boʻlishlari shart. Oʻquvchilarga uy vazifasi deyarli berilmaydi, ota-onalar farzandlari bilan uyda shugʻullanmaydi va oʻqituvchilarning oʻquvchilarni hayotga tayyorlashiga toʻliq ishonishadi.
6. Ixtiyoriylik – dars jarayonida qay darajada ishtirok etish oʻquvchilar ixtiyorida. Oʻqituvchilar oʻquvchilarni darsga qiziqtira olmasalar oʻquvchilar sinfni tark etishi yoki oʻzlari yoqtirgan boshqa biror mashgʻulot bilan shugʻullanishlari mumkin.
7. Mustaqillik – fin taʼlim tizimida oʻqituvchilar oʻquvchilarni imkon qadar oʻzlari bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishlari kerakligiga yoʻnaltiradi. Bilimlarni hayotda qanday tatbiq etish koʻnikmalari amaliy mashgʻulotlar yordamida shakllantiriladi. Oʻquvchilarning har qanday fikrlari inobatga olinadi va qoʻllab quvvatlanadi.
Finlyandiya taʼlimining muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, u barcha darajalarda, yaʼni maktabgacha taʼlimdan oliy taʼlimga qadar toʻliq bepul taʼlim olishni taʼminlaydi. Shuningdek, barcha oʻquv materiallari, darsliklar, sogʻliqni saqlash xizmatlari va maktabga qatnash transport xizmatlari ham bepul amalga oshiriladi hamda boshlangʻich va oʻrta taʼlimda barcha oʻquvchilarga maktablarda bepul tushlik beriladi.
Finlyandiyada oʻn yillik majburiy taʼlim davomida milliy imtihon yoʻq. Barcha maktablarda bir xil taʼlim beriladi, oʻquvchilar muvaffaqiyatiga qarab turli maktablarga birlashtirilmaydi va deyarli barcha oʻquvchilar uylari yaqinidagi maktabga borishadi.

Finlyandiya taʼlim tizimi va jamiyati oʻqituvchilarning malakasiga tayanadi. Finlyandiya taʼlimini baholash markazi taʼlimdagi baholashni butun mamlakat boʻylab olib boradi. Baholashlarning asosiy maqsadi taʼlim sohasidagi manfaatdor tomonlarni tegishli fikr-mulohazalar bilan taʼminlashdir va ular oʻqituvchilarga tekshiruv tashriflarini oʻz ichiga olmaydi.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə