Mavzu: finlandiya ta’lim tizimi va hamkorlik yo’nalishlari


Finlyandiya taʼlim siyosatining muhim tamoyili yoxud Fin maktablarining muvaffaqiyati nimada?



Yüklə 5,05 Mb.
səhifə2/5
tarix21.05.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#111757
1   2   3   4   5
MAXMADAMINOVA MADINA

Finlyandiya taʼlim siyosatining muhim tamoyili yoxud Fin maktablarining muvaffaqiyati nimada?


16 Noyabr 2020

Joriy yilning 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Farmonda maktab taʼlimi boʻyicha ilgʻor davlatlar tajribasini, xususan Finlyandiya taʼlim tizimining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish vazifasi yuklatildi. 
Davlatimiz rahbari tomonidan aynan Finlyandiya misol qilib koʻrsatilgani bejizga emas. Ushbu mamlakat taʼlim sifatini baholash boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tadqiqotlardagi oʻz muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi. Fin oʻquvchilari PISA tadqiqotidagi barcha yoʻnalishlarda savodxonlik va taʼlim tengligi koʻrsatkichlari boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan.
Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi (PISA - The Programme for International Student Assessment) shunday tadqiqot dasturlarining eng keng tarqalgani hisoblanadi.

PISA tadqiqotlarida 2015-yilda 72 ta mamlakatdan 500000 nafardan ortiq va 2018-yilda 79 ta davlatdan 600000 nafardan koʻproq 15 yoshli yigit-qizlar ishtirok etishgan.
PISAning oʻziga xos xususiyati shundaki, u sof bilimni emas, balki turli sohalarda savodxonlikni baholaydi. Savodxonlik - “oʻquvchilarning asosiy mavzular boʻyicha bilim va koʻnikmalarni qoʻllash qobiliyati, turli vaziyatlarda muammolarni aniqlash, talqin qilish va hal qilishda samarali tahlil qilish, mulohaza yuritish va muloqot qilish qobiliyati” sifatida izohlanadi. PISA dasturi doirasida har 3 yilda takrorlanuvchi sikllarda oʻquvchilarning matematik, tabiiy fanlar va oʻqish fanlari savodxonligi baholanadi.
PISA tadqiqotida Finlyandiya
PISA dasturi 2000-yilda tashkil etilgandan buyon Finlyandiya unda muntazam qatnashib kelmoqda va erishgan natijalari bilan fin taʼlim tizimi dunyodagi koʻplab mamlakatlarining eʼtiborini oʻziga jalb qilmoqda. Oʻtkazilgan yettita PISA siklining natijalarida ozgina tebranishlar va soʻnggi ikki siklda biroz pasayish kuzatilsada, Finlyandiya taʼlim tizimi PISA tadqiqotlari natijalari boʻyicha uzoq davrda eng yaxshi natijalarga erishgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, keyingi muhim jihat shundaki, Finlyandiya PISA tadqiqotlarida ishtirok etuvchi mamlakatlar orasida oʻquvchilarning haftalik oʻquv yuklamasi eng qisqa davlat hisoblanadi. Fin oʻquvchilari haftada barcha fanlarni oʻrganish uchun oʻrtacha jami 36,1 soat sarflaydilar, ushbu koʻrsatkich maktab va maktabdan tashqari oʻquv jarayonini oʻz ichiga oladi. Eng qisqa oʻqish vaqti va yuqori ballar Finlyandiya taʼlim tizimining jozibadorligini orttirdi.
Fin oʻquvchilarining PISA dagi natijalari

Savodxonlik turi

2000

2003

2006

2009

2012

2015

2018

Oʻqish

546 (1)*

543 (1)

547 (2)

536 (2)

524 (3)

526 (2)

520 (5)

Matematika

536 (4)

544 (1)

548 (1)

541 (2)

519 (6)

511 (7)

507 (12)

Tabiiy fanlar

538 (3)

548 (1)

563 (1)

554 (1)

545 (2)

531 (3)

522 (9)

*Qavs ichida Finlyandiyaning PISA tadqiqotidagi reytingi koʻrsatilgan.
Maʼlumot uchun: Finlyandiya Respublikasi PIRLS (The Progress in International Reading Literacy Study – boshlangʻich 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholash) tadqiqotida 2011 (568 ball) va 2016 (566 ball) yillarda ishtirok etgan va mos ravishda 3 va 5-oʻrinlarni egallagan.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə