Mavzu: finlandiya ta’lim tizimi va hamkorlik yo’nalishlari


Finlyandiya muvaffaqiyatining sabablari



Yüklə 5,05 Mb.
səhifə4/5
tarix21.05.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#111757
1   2   3   4   5
MAXMADAMINOVA MADINA

Finlyandiya muvaffaqiyatining sabablari
Finlyandiya taʼlim tizimining muvaffaqiyati bir qancha omillar tizimidan tarkib topgan va bunda oʻqituvchilarning salohiyati ushbu tizimning eng muhim omili hisoblanadi.
Shuningdek, taʼlimda teng sharoitlar, uzoq muddatli taʼlim siyosati, ishonch madaniyati va mustaqil taʼlim olish odatiga urgʻu berish bu muvaffaqiyatning boshqa sabablari hisoblanadi. Oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasidagi yuqori darajadagi hamkorlik taʼlim tizimining uzluksiz ishlashiga yordam beradi.
Finlyandiya qirq yildan ziyod vaqt mobaynida keng qamrovli va uzoq muddatli taʼlim islohotini olib bormoqda. Finlyandiyaning muvaffaqiyati izchil va uzoq muddatli taʼlim islohoti bilan chambarchas bogʻliq. Ikkinchidan, Finlyandiya muvaffaqiyatining sabablarini oʻrganayotgan koʻplab tadqiqotchilar, bir-biriga bogʻliq boʻlgan turli xil omillarga asoslanishini taʼkidlaydilar. Ularni uch guruhga ajratish mumkin: oʻqituvchilar salohiyati, taʼlim siyosati va fin madaniyati bilan bogʻliq omillar.
Oʻqituvchilarning yuqori salohiyati birinchi navbatda oʻqituvchilarni tayyorlash boʻyicha oʻqitish dasturlariga bogʻliqdir. Eng yaxshi oʻrta maktab bitiruvchilari boʻlajak oʻqituvchi sifatida tanlab olinadi. Yuqori malakali oʻqituvchilar Finlyandiya taʼlim tizimi muvaffaqiyatiga taʼsir koʻrsatadigan bosh omil deyish mumkin.
Boʻlajak oʻqituvchilar uchun alohida oʻquv maktablari belgilanadi va ular odatda oʻquv vaqtlarining 10-15 foizini ushbu maktablarda oʻtkazadilar. Oʻquv maktablari talaba-oʻqituvchilarga barcha kerakli oʻquv materiallari bilan taʼminlangan alohida xona ajratib beradilar. Talaba-oʻqituvchilar dars jarayonlarini kuzatish bilan birgalikda taʼlim jarayonida ham faol qatnashib, katta tajriba toʻplashadi hamda maktab jamoasi va oʻquvchilar ham ulardan juda foydali yordam olishadi.
Oʻqituvchilarning taʼlim tizimidagi moslashuvchanligi va mustaqilligi ham taʼlim sifatini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Oʻqituvchilar malaka oshirish kursiga qoʻshilishni xohlasa, maʼmuriyat ularni doimo qoʻllab-quvvatlaydi. Oʻqituvchilardan faqatgina malaka oshirish dasturida oʻrgangan narsalarini maktabdagi boshqa oʻqituvchilar bilan boʻlishishi soʻraladi.
Ikkinchi guruh sifatida qayd etilgan Finlyandiya taʼlim siyosatining toʻrtta muhim jihatiga eʼtibor qaratish lozim. Ularga izchil va uzoq muddatli siyosat, bilimga asoslangan jamiyatga sodiqlik, taʼlim tengligi va mahalliy hokimiyatning taʼlim sohasidagi vakolatlarini kengaytirishlar kiradi. Mazkur toʻrtta jihat 1970-yillardan beri muvaffaqiyatli taʼlim islohoti asoslarini tashkil etdi, natijada kuchli taʼlim tizimi yaratildi.
Taʼlim siyosati bilan bogʻliq yana bir jihat - bu taʼlim muassasalariga nisbatan markaziy va mahalliy boshqaruvning balansidir. Qaror qabul qilish jarayonida mahalliy hokimiyat organlari, maktablar va oʻqituvchilar mustaqillikka ega, bu oʻz navbatida ularga oʻquv jarayonlarini samarali tashkil etish uchun katta masʼuliyat yuklaydi.
Uchinchi omillar guruhi sifatida fin madaniyati bilan bogʻliq omillar qayd etilgan. Bularning birinchisi - ishonch madaniyati, yaʼni taʼlim muassasalariga va xususan, oʻqituvchilarga boʻlgan yuksak ishonch. Ikkinchisi – Finlyandiya jamiyatida va xalq madaniyatida oʻqituvchilik eng obroʻli va yuqori baholanadigan kasblardan biri hisoblanadi.
Taʼlim tizimi tomonidan beriladigan oʻqituvchilarning avtonomligi bu kasbni fin xalqi uchun yanada jozibali qiladi. Oʻqituvchilar yuqori salohiyatga egaligi, shubhasiz, fin oʻquvchilari muvaffaqiyatining eng asosiy elementlaridan biridir.
Maktab maʼmuriyati va ota-onalar oʻqituvchilarning oʻz vazifasiga katta masʼuliyat bilan yondashishlariga qattiq ishonadilar. Shuningdek, Finlyandiya taʼlim tizimida barchaning tenglik tamoyili juda qadrlanadi, alohida ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha kuch va mablagʻ sarflanadi.
Finlyandiyada taʼlim islohotlarining muvaffaqiyatida fin xalqining oʻzaro tenglik va hamkorlik qadriyati, shuningdek, taʼlim tizimi va boshqa ijtimoiy xizmatlar oʻrtasida jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlash boʻyicha yuqori darajadagi hamkorlikning mavjudligi va ularning yagona uygʻunlikda faoliyat koʻrsatishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, Finlyandiya muvaffaqiyatining sabablari haqida gapirar ekanmiz, ushbu yutuqning yana bir tomoni Finlyandiya taʼlimida nimaga urgʻu berilsa PISA dasturidagi baholashlar ham aynan shular bilan chambarchas bogʻliq. Yaʼni oʻquvchilarga faqat bilim berish oʻrniga, savodxonlik qobiliyatlarini rivojlantirish Finlyandiya taʼlimining markazida turadi, bu fin oʻquvchilariga PISA kabi savodxonlikka yoʻnaltirilgan baholash tizimida ustunlik beradi.
Oʻqituvchilarning yuqori salohiyatga ega ekanligi fin taʼlim muassasalarining muvaffaqiyatga erishishidagi navbatdagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Sinf rahbarlari ham, fan oʻqituvchilari ham oʻqitadigan fan mazmunini juda yaxshi bilishadi va oʻquvchilarning sinflarda faol boʻlishlari uchun turli xil oʻqitish metodikalaridan foydalanadilar. Shuningdek, ular bilimlarni tushuntirish uchun koʻplab kundalik hayotiy misollardan foydalanadilar.
Bundan tashqari, fin jamiyatida mavjud yuqori saviyadagi kitobxonlik madaniyati ham oʻquvchilarning muvaffaqiyatiga bevosita taʼsir qiladi. Finlyandiyada kutubxonalar tarmogʻi juda zich joylashgan va ular doimo gavjum.
Xulosa qilib aytganda, Finlyandiya taʼlim tizimining muvaffaqiyati fin xalqining qadriyatlari va madaniyat bilan chambarchas bogʻliq. Finlyandiya muvaffaqiyatidan saboq olish, taʼlim tizimini chuqur oʻrgangan holda undagi muhim jihatlarni oʻzimizga moslashtirgan holda foydalanishimiz zarur.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə