Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə14/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#148145
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar

To‘pni olib yurish

To‘p olib yurish yordamida o‘yinchi har xil joyga ko‘chib yurishi mumkin. Bunda to‘p doim o‘yinchi nazoratida bo‘ladi. To‘p olib yurishda yugurib (ba’zan yurib), to‘pga turli xil zarba beriladi. Zarba berish ketma-ket va turli maromda, oyoq bilan yoki bosh bilan ijro etiladi.
To‘pni olib yurish tasnifi 4-chizmada berilgan. To‘p olib yurishning ba’zi usullari mustaqil ahamiyat ga ega bo‘lmay, o‘yinda o‘z xolicha kamdan-kam qo‘llaniladi. Ammo ularni to‘p olib yurishning boshqa xillari bilan birga qo‘shib olib borilishi o‘rinli bo‘ladi. Masalan, son yoki bosh bilan (huqqabozlikdagi singari) to‘p olib yurish jihatdan noo‘rin. Lekin o‘yinda ko‘pincha shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, unda to‘pni oldin bir necha marta boshda urib , keyin sonda ozroq o‘ynatib, pirovardida oyoq bilan kerakli usulda olib yurishga o‘tiladi.
Oyoq bilan to‘p olib yurish. To‘p olib yurishning bu asosiy uslubi yugurish (goho yurish) hamda to‘pga oyoq bilan turli usullarda zarba berib borishning birga qo‘shilganidir. Yugurish va to‘pga oyoq bilan zarba berish texnikasining Tahlili alohida-alohida yuqorida berilgan. SHuning uchun to‘p olib yurishning eng muhim detallari va xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz. To‘p olib ketayotganda taktik vazifalarni kelib chiqib to‘pga har xil kuch bilan
zarba beriladi. Kattaroq masofani bosib o‘tish kerak bo‘lsa, to‘pni o‘zidan 10-12 m uzoqlashtirib yugiriladi. Bunda raqib qarshilik ko‘rsatsa, to‘pni olib qo‘yish mumkin. SHuninig uchun to‘pni uzluksiz nazorat qilib borish va 1-2 m dan ortiq uzoqlashtirib yubormaslik kerak. Shuning bilan birga to‘pga tez-tez zarba beraverish ham to‘p olib yurish tezligini kamaytirib yuborishini unutmaslik kerak.
Ko‘rilgan ikkala holda ham zarba berish uchun maxsus silkinch harakatlar qilishning zarurati yo‘q. Orqada oyoqda depsinish zarba berish uchun tayorlov fazasi bo‘ladi. Tayanch oyoq to‘pning yonginasiga qo‘yiladi. Silkinch oyoq to‘p tomon harakat qilib zarba beradi.
To‘p olib yurishning o‘yindan eng ko‘p qo‘llaniladigan bir nechta turi bor. Ular bir-biridanzarba berish usuli bilangina farq qiladi (13-rasm).
Oyoq yuzini o‘rta qismi bilan va oyoq uchi bilan to‘p olib ketilayotganda asosan to‘g‘ri chiqli harakat qilinadi. Oyoq yuzining ichki qismi bilan olib yurishyoy bo‘ylab harakatlanish imkonini beradi. Oyoq kaftini ichki tomonibilanto‘p olib yurish harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga imkon beradi. Oyoq yuzining tashqi qismi bilan to‘p olish yurishni universal usuldeb hisoblasa bo‘ladi. Bu usul to‘g‘richiziq harakatqilish, yoy bo‘ylab harakatlanish va yo‘nalishni o‘zgartirish imkonini beradi







Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə